12:40 / 01.03.2018
15 422

Munajjimlar bashorati: Qavs (23 noyabr – 21 dekabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?

Munajjimlar bashorati: Qavs (23 noyabr – 21 dekabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?
Umumiy bashorat
“It” yili Qavs burji sohiblariga ajoyib natijalar keltiradi. Atrofdagi har bir holatdan ilhomlanish, ishning samaradorligiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Cayohatchi va sarguzasht izlovchilar ham bu — “Qavs”lar. 2018 yil kelishi bilan oldingizga 2 ta: yo mashhurlik “nur”laridan bahramand bo‘lish yoki osuda oila­viy hayot qurshovi tanlovi qo‘yiladi. Mazkur burj sohiblari olomondan ajralib turishga odatlanishgan. His-hayajonlarga boy jo‘shqin hayot ular uchun oddiy holdek. 2018 yil kelishi bilan o‘zlarini nimalarga qodirliklarini butun olamga ko‘rsatib qo‘yishni istashadi.

Yil boshida ko‘pchilik “Qavs”lar rashk qi­lish “xas­ta”ligiga chalinishadi. Oiladagi tinch­lik va o‘r­ta­dagi ishonch darz ketmasligi­ uchun “fan­ta­ziya”laringizni ishga solmay, his­siyot­la­rin­gizni ji­lovlay biling.

Yilning ikkinchi yarmi bahorga nisbatan ancha omadli keladi. “Qavs”lar mo‘may maoshga ega yangi ish topish, ko‘nglidagidek uy olish va eng muhimi, oila qurmagan “Qavs”lar juftini topishga, umuman hamma istaklari ro‘yobiga ulguradilar.

Dam olishni yaxshisi avgustga qoldirganingiz ma’qul. Boisi profilaktika uchun sanatoriyada davolanasiz. Noyabr va dekabrda keng tarqaladigan migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan bosh og‘rig‘i), asab tizimi xastaliklarini chetlab o‘tgan bo‘lasiz.

Kuz bahor singari biroz yoqimsiz “sovg‘a”larni tayyorlab qo‘ygan. Yaqinlaringizga ko‘mak zarurati tug‘ilishi sabab, sevimli ishingizni tashlab, qadrli insoningiz yonida bo‘lish ehtimolingiz yuqori. “Qavs”lar ruhan ziflashganlarida esa bu borada ularni qo‘llab-quvvatlay oladigan “ustoz” uchrab, mushkullarini yengillashtiradi.

Yil yakuni omadli kechadi va nihoyat o‘ylagan rejalaringizni amalga oshirishga imkon tug‘iladi va albatta iste’dodingizning muxlislari topiladi. Aynan qish mavsumida “Qavs”lar juftlari bilan romantik onlarga oshno bo‘lishadi.

SHAXSIY XAYOT
Shaxsiy hayotda ham “Qavs”lar yoqimli onlar qurshovidan sarmast bo‘lishadi. Yolg‘iz “Qavs”lar o‘z juftini topadi. Oilalilari xonadoniga chaqaloqning kelishi quvonch bag‘ishlaydi. Biroq yil boshida “Qavs”lar juftlarining ko‘magiga kuchli ehtiyoj sezishadi. Goho kamgap, o‘ychan bo‘lib qolishingiz ham mumkin.

Bahorda “Qavs”lar shu qadar jozibador bo‘li­sha­diki, qarshi jins vakillari befarq o‘tolmaydi. Bu muddatdagi munosabatlarda “Qavs”lar e’tibordan tashqari o‘zaro hurmat, umumiy qiziqishlar ham muhimligini anglaydi. Yilning birinchi yarmida juftingizni topish uchun qilgan harakatlaringiz besamar ketadi.

Yoz sokin hayotni va’da qilmoqda. Bu muddatdagi e’tiboringiz ish va oilaga qaratilgan bo‘ladi. Qolaversa, aynan shu mavsumda ko‘nglingizdagidek juftni topishga erishasiz. Bu istagingiz ro‘yobi sizni yangi maqsad va marralar sari yetaklaydi.

Sentyabrga yaqin sevimli insoningizning g‘am­xo‘r­li­gi, e’tibori, e’zozi qurshovida bo‘lasiz. Siz ham shu munosabatga yarasha javob qaytarishni unutmang!

SALOMATLIK
2018 yil “Salomatlik – tuman boylik” naqli doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Aniqrog‘i, yil boshidanoq sog‘ligingizga judayam e’tiborli bo‘ling. Bo‘­g‘im­lar, umurtqa va harakatlanuvchi organlardagi og‘riq bezovta qilishi mumkin. Shifokor huzuriga bormay, o‘zingizcha davolanishdan faqatgina zarar qilasiz. Xastaligingiz bois ishingizning ham unumi bo‘lmasligi tabiiy.

Kuzning boshida shamollash bezovta qilishi ehtimoli bor. O‘z vaqtida shifokorga uchramasangiz, oqibati buyrak xastaligi va sog‘ligingizdagi jiddiy zaiflik bilan tugashi mumkin.

KARYERA
Ishdagi raqobat qanday bo‘lishini to‘la anglaysiz, his qilasiz. Bu masalada omad siz tomonda bo‘ladi. Biroq oyog‘ingizdan “chaluvchi”lar doim topiladi. Lekin yordam qo‘lini cho‘zadiganlar ham yoningizda shay turadi. “Qavs”lar orasida yangi ishda o‘zlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar ham topiladi. Muvaffaqiyatga erishishga esa yetarlicha vaqt, asab va albatta mehnat talab etiladi. Lekin natijasi shunga arziydi. Qo‘ygan yangi qadamingiz omadli natija bilan yakunlanganidan mamnun bo‘lasiz.

AYOL “QAVS”LAR UCHUN
Oila qurmagan nozik xil­qat­ vakillari o‘z juftlari­ni topishni istashadi. Bi­roq talablari yuqoriligi bois bu jarayon natijasi o‘zini uzoqroq kuttiradi. Nomzodlar soni ko‘p bo‘lgani bois tanlov qiyin kechadi. Baxtingizni olisdan emas, atrofingizdan izlashni maslahat beramiz. Munosib juft topilishi masalasi rejalaringizning ikkinchi darajasidan o‘rin olganda esa istagingiz ro‘yobi kutilmaganda bo‘y ko‘rsatadi. Aniqrog‘i, bu hodisa butunlay boshqa ishlarga sho‘ng‘igan paytingiz — yoz mavsumiga to‘g‘ri keladi.

2018 yilning ikkinchi yarmi yorqin va xur­sand­chiliklarga boy bo‘ladi. Kuz mavsumining o‘rtalariga kelib, kattagina sovg‘a bilan siylashadi. Ushbu hadya ayol “Qavs”larning yuragini olov misol “yonishiga” sabab bo‘ladi. Garderobingizni yangilashni maslahat beramiz. Bu o‘zgarish ayollik nafosati, nazokatingizni yanada oshirib, kayfiyatingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yil yakunida bor diqqat-e’tiboringizni yaqinlaringizga bag‘ishlaysiz. Ular ha­qi­da qayg‘urishingiz oila-a’zolaringizni ham xushnud etadi.

ERKAK “QAVS”LAR UCHUN
Hissiyotlarni chetlab o‘tib, aql bilan ish tutadigan erkak “Qavs”lar xizmat joyida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli holatlarni qanday chetlab o‘tishni juda yaxshi bilishadi va bu boradagi shaxsiy qoidalarini chetlab o‘tmasliklari doim ularga qo‘l keladi. Yil boshidan moddiy ahvolingizni yaxshilab, to‘kin hayot kechirish uchun harakatda bo‘lasiz. Qiyinchiliklar va mas’uliyatdan cho‘chimaydigan “Qavs”larga albatta omad yor bo‘ladi. Aniq rejalaringiz moliyaviy ahvolingizni barqarorlashtiradi. Ushbu daromadga o‘zingiz uchun katta xarajatli xarid qilasiz. Biroq bu ruhingizni cho‘ktirmaydi, boisi 2018 yil quvonchli keladi. Biroq bu yilda sog‘ligingizga xavf solishi mumkin bo‘lgan xastaliklar haqida ham aslo unutmang. Konsultatsiya uchun shifokorga uchrashni maslahat beramiz.

2018 yilning qay darajada samarali bo‘lishi yangi marralar sari qadam qo‘yishda ikkilanmasligingiz, cho‘chimasligingizga bog‘liq. Betoqatligingiz sababmi, tashkilotchilik qobiliyatingizni doim ham yuzaga chiqaravermaysiz. Aksincha yo‘l tutsangiz, “oshig‘ingiz olchi” bo‘ladi. Shuningdek, ko‘proq vaqtingizni karyera, undan ortganinigina dam olishga ajratsangiz, ayni muddao bo‘ladi. Biroq unutmangki, yuqoriga ko‘tarilish yo‘lida uchratayotgan odamlar bilan muloyim bo‘ling. Negaki vaqti kelib pastga tushayotganingizda ular bilan yana uchrashasiz. Dam olishni mazmunli o‘tkazish uchun esa mutolaaga e’tibor qaratganingiz maqul. Zero, kitob o‘qishdan ko‘ra, arzonroq vaqti chog‘lik va davomiyroq rohat bo‘lmasa kerak. Shuningdek, kundalik yozish ham chetdan o‘zingizga nazar tashlashga beminnat ko‘makchi bo‘ladi. Unutmang, insonning xatti-harakatlari — fikrlarining eng yaxshi tarjimonidir.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: Qavs (23 noyabr – 21 dekabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?