22:35 / 01.03.2018
9 269

Munajjimlar bashorati: 2 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Qarang, bugun istaklaringiz atrofda sodir bo‘ladigan hodisalarga qarama-qarshi holatda bo‘lishi kutiladi. Bundan hasadgo‘y, ko‘ngli qoralar unumli foydalanib qolishga harakat qiladi shubhasiz. Shaxsiy hayotda sizga do‘stlaringizdan biri juda foydali maslahat beradi, albatta maslahatni qabul qiling. Salomatligingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang. Tez-tez qon bosimingizni o‘lchatib turing. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
2 mart kuni ishxonangizdagi hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlaringiz yanada iliq tus oladi. Lekin oilangizdagilarning kayfiyati sizga qarshi bo‘lishi mumkin. Ular iloji boricha sizni qilmagan noo‘rin ishlarda ayblashga urinib ko‘rishadi. Oilalilar birinchi muhabbatini tasodifan uchratib qolishi kutiladi. Bu uchrashuv uning juftiga nisbatan munosabatlarini salbiy tarafga o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Samolyotda parvoz qilishdan bosh torting.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
2 martda hayotga, yorug‘ dunyoga, atrofdagilarga tiyrak nigoh bilan boqing. Obro‘li, hurmat-e’tiborga ega insonlarni ranjitib qo‘yishdan saqlaning. Bugun muolajalar olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish muvaffaqiyatli kechadi. Orzularingiz bilan imkoniyatlaringiz uyg‘unlashuviga guvoh bo‘lasiz. Kun mobaynida o‘zingizni bo‘sh qo‘ymang. Doimo hushyor va jangovar holatda bo‘ling. Aks holda eng ezgu niyatlarga yetishingiz mushkul bo‘ladi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Barcha istaklaringiz bugun sizning ziyoningizga ishlashi mumkin. Bunga ish joyingizdagi rahbariyat bilan favqulodda janjallashib qolishingiz sabab bo‘lishi ehtimolga yaqin. Uzr so‘ramasangiz, pastroq tushmasangiz bo‘lmaydi. Xaridlarni amalga oshirishda nihoyatda sergak turing. Bilib-bilmay sifatsiz mahsulot qo‘lingizga tushib qolishi hech gap emas. Sifatsiz mahsulotni esa do‘konga qaytarib berish juda mushkul. Kechqurun toza havo sayrini amalga oshiring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
2 mart kuni ishda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan g‘alabalarga, muvaffaqiyatlarga erishasiz. Biroq bu muvaffaqiyatlar sizni mamnun eta olmaydi. Negaki, shaxsiy hayotingizdagi jiddiy muammolar sizga tinchlik bermaydi. Qarindoshlarning maslahatlariga quloq tuting. Kissangizni pulga to‘ldirish payida bo‘ling. Buning uchun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar shundoq ro‘parangizdan chiqadi. Ularni qo‘ldan chiqarib yubormang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun ro‘zg‘oringizni butlash, oilaviy munosabatlarni yaxshilash, mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga yanada jiddiyroq yondashishingiz tavsiya etiladi. Qolgan masalalarni vaqtincha chetga sura turing. Ular sizni asosiy yumushdan chalg‘itishi mumkin. Ko‘pchilik orzular ummoni tubigacha yetishni xohlab qoladilar. Lekin bunday yo‘l tutish xatoliklardan bo‘lak narsa emas. Hech qachon ideal sari talpinmang. U sizni jarga qulatadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
2 martda ish yuzasidan yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Bu safar omadli kechadi. Ma’naviy jihatdan tayyor bo‘lmasangiz, yuksak cho‘qqilarni ko‘zlamang. Imkon topsangiz, biror yangi, qiziqarli kasbni egallash doirasida bilim oling. Yo‘qsa, sizni kelgusida pul yetishmasligi, buning natijasida kelib chiqadigan asabbuzarliklar tang ahvolga keltirib qo‘yishi hech gap emas. Esda tuting, har qanday og‘ir vaziyatdan chiqish eshigining kaliti qalbingizda yashirin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Ajoyib, bir-biridan odamoxun, suhbatlari qiziqarli insonlar bilan uchrashishingiz kutiladi. Muloqotlarda juda muloyim bo‘ling. Ayniqsa, maqsadlar boshida pul va martaba tursa, har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Tilga erk berib qo‘ymang. Kechqurun do‘stlaringiz o‘zaro kelishib sizni mehmonga chorlashlari mumkin. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling. Shayton yo‘ldan urib zararli odatlarni eslab qolmang. Yaqinlaringizni yomonlar nazaridan ehtiyotlang. Baraka toping!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
2 martda qancha urinmang, bir daqiqa ham vaqtingiz behuda ketmaydi. Ish ko‘p. Tadbirkor bo‘lsangiz, oldinda sizni o‘ta foydali shartnomalarni imzolash amallari kutib turibdi. Unutmang, bu shartnomalar uncha-muncha emas, uzoq muddatga mo‘ljallangan-a! Kunning ikkinchi yarmida salomatligingizni bir ko‘zdan o‘tkazib olishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida oshqozoningizda muammo tug‘ilishi kutilmoqda.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalab ishxonangizda rahbar bilan aytishib qolishingiz xavfi bor. Shu narsa ruhiy holatingizni izdan chiqarishi turgan gap. Ammo bu tortishuv yuzaga kelishiga aslida o‘zingiz sababchi bo‘lib chiqasiz. Shunday ekan, tez o‘zingizni qo‘lga oling. Kerak bo‘lsa uzr so‘rang. Kunning ikkinchi yarmida miyangizni ishingiz bilan bog‘liq bir-biridan ajoyib g‘oyalar chulg‘aydi inshoolloh. Mabodo xizmat safariga jo‘natishsa, bosh tortmang. Bu safar sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
2 mart kuni tinimsiz ta’qib etayotgan muammolardan qochish ilinjida do‘kon aylanishingiz mumkin. Agar o‘zingizga bo‘lgan ishonchni boy berib qo‘ymasangiz, oldinda sizni omad deganlari qatorlashib kutadi. Oilada juftingiz va qarindoshlarning bosim o‘tkaza boshlashiga guvoh bo‘lasiz. Tinch yashash uchun xalal beradigan barcha to‘siqlarni yo‘q qilishdan tiyilmang. Xudo yor bo‘lsin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar buguningiz garmoniya qurshovida kechishini va’da qilishgan. Faqat o‘zingiz kun tartibini qaysarlik bilan buzib qo‘ymasangiz, omad siz tomonda bo‘ladi. Bugun zudlik bilan moddiy ahvolingizni yaxshilash payida bo‘ling. Lekin taqdirda boriga shukr qiling. Ortiqchasini hazm qilishingiz qiyin bo‘ladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?