Avvallari bu savol o‘rtaga tashlanmagan, chunki nikoh to‘yi kimning zimmasida ekanligini hamma yaxshi bilgan va unga amal qilgan. Hozir ham ko‘pchilik jamiyatlarda, hatto musulmon bo‘lmagan xalqlarda ham to‘yni er taraf qiladi. Agar “Nikoh to‘yini kelin taraf qilishi kerak” degan gap aytilsa, ularning hushi boshidan uchib ketishi turgan gap. Ayniqsa, “Osh qiz tarafda bo‘ladi. Kuyov taraf, holiga qarab, kelin taraf qilgan to‘y oshiga ikki yuz elliktagacha, ba’zida undan ham ko‘proq odam olib keladi. Agar kelin taraf ularni yaxshiroq kutib olmasa, baloga qoladi”, deyilsa, mutlaqo ishonishmaydi. Ha, shariat ko‘rsatmasiga amal qilmaslik oqibatda inson tabiatiga to‘g‘ri kelmaydigan ana shunday narsalarni qilishgacha olib boradi.
Aslida, nikoh to‘yini qilish er tarafning vazifasi. Bunga hujjat ham bor, dalil ham bor.
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onalarimizga uylanganlarida barcha holatlarda, o‘sha vaqtning imkoniyatidan kelib chiqib, o‘zlari nikoh to‘yi qilganlar. Birorta onamizga: “Otangga ayt, to‘y qilib bersin”, demaganlar. Zotan, o‘zini er bilgan odamga bu gapni aytish ordir.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylangan erkak sahobalarga nikoh to‘yi qilishni buyurganlar. Bunga yuqorida o‘tgan Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhu xususidagi hadis misol bo‘ladi.
3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nikoh to‘yi qilishni, kambag‘al bo‘lsa ham, o‘z kuyovlari Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga topshirganlar.
“…Ertasiga Aliy ibn Abu Tolib kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinroq joyga turdi va u zot eshitadigan qilib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlariga sovchilik qilmoqchi bo‘luvdim. O‘zimning biror narsam ham yo‘q edi. Ammo yaqinlik va mehrlaridan umidvor bo‘lib so‘ragan edim”, – dedi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dar¬hol buni mulohaza qildilar va u kishiga og‘ir botmaydigan qilib: “(Mahrga) biror narsang bormi?” – dedilar.
“Yo‘q, yo Rasulalloh”, – deb javob berdi Aliy.
“Hutamiyya sovuting qani?” – dedilar.
“O‘zimda, yo Rasulalloh”, – dedi.
“Bo‘lmasa o‘shani ber”, – dedilar.
Aliy ibn Abu Tolib sovutni olib keldi.
To‘y kechasi bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuyov bo‘lmish Aliy ibn Abu Tolibga: “Ey Aliy, kelinga bir to‘y ham qilmoq kerak”, – dedilar.
Shunda Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhu: “Menda bir qo‘chqor bor!” – dedi.
Ansoriylardan bir guruhi bir necha so’ jo‘xori jamlab kelishdi. Ana o‘sha narsalardan to‘y ziyofati uyushtirildi...».
4. Islom ummati va ulamolar jumhurining ijmo’i.
Nima uchun nikoh to‘yi qilish erkakka yuklatilgan?
Avvalo, erkakka erkak bo‘lganligi uchun nikoh to‘yi qilish yuklatilgan. Zotan, yangi qurilgan oila uning nomidagi oila bo‘ladi. Mazkur oilaning boshlig‘i aynan erkak bo‘ladi. Xotini qilib bergan to‘y erkakka sharaf emas, or-nomus bo‘ladi.
Ikkinchidan, bir qiz ota-onadan tug‘ilib, ularning tarbiyasini ko‘rib, endi voyaga yetganda ularni va boshqa oila a’zolarini tashlab, boshqa tarafga yolg‘iz o‘zi borib, yangi oilaga a’zo bo‘lishga rozi bo‘lishining o‘zi kuyov va uning oilasi uchun sharafdir. Bu bilan, kuyov va uning oilasining jamiyatdagi obro‘si oshadi. Bunga esa, aynan kelin sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham, kuyov taraf kelinning sharafiga to‘y beradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Manba: Muslima.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»