22:02 / 04.03.2018
9 991

Munajjimlar bashorati: 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda yangiliklar yaratish payti yetdi. Anchadan beri miyangizda aylanayotgan g‘oyalarni hayotga tadbiq eting. Martaba, lavozimingiz oshishi uchun faqat oldinga intiling. Jismoniy zo‘riqishlardan qoching. Ayniqsa bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onangizda muammo bo‘lsa, jismoniy zo‘riqish holdan toydirishi tayin. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing. Toza havodan nafas olib qaytishni unutmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
5 mart kuni juftingizga nisbatan dimog‘dorlarcha munosabat yuritishdan saqlaning. Rashkni bir chetga suring. U hech qachon yaxshilikka olib bormaydi. Moliyaviy muammolar bugun yuz foiz hal bo‘lmasligi kutilmoqda. Shuning uchun yirik xaridlar qilish fikridan qayting. Undan ko‘ra, sevimli xobbingizni daromad manbaiga aylantirish masalasida bosh qotiring. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar xizmat safariga jo‘nab ketishlari mumkin. Bugungi kun zararli odatlardan voz kechish uchun qulay kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 martda negadir saxiyligingiz tutishi, qo‘lingizdagi bor pullarni hali do‘stlar, hali qarindoshlarga hadya qila boshlashingiz mumkin. Bu yaxshi odat. Ammo sizning hozirgi holatingiz saxovatni qabul qila olmaydi. O‘zingiz kun davomida moddiy jihatdan to‘kinlikka erisha olmay halak bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan biri haqida ajoyib yangilik eshitishingiz mumkin. Kechqurun o‘zgalar muammolarini hal etish bilan band bo‘lasiz.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Muhabbatda ham, ishda ham yangi sarguzashtlar izlashdan tiyiling. Xudo ko‘rsatmasin, buning oqibatida kechirilmas xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz turgan gap. Hamkasblardan biri siz tez orada ishdan haydalishingiz mumkinligi haqida shipshitadi. Lekin ishonmang. Bu xabarni amalda tekshirib ko‘rmaguncha ishonmang. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish, salomatlikni nazoratda ushlash xayrli kechadi. Bu xususda ham vaziyatni keskinlashtirmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 mart kuni kuningiz ajoyib tarzda boshlanadi. Quvonchli lahzalar, ishda muvaffaqiyatlar, juftingiz tarafidan kutilmaganda muhabbat izhorlari eshitish kabilar sizni go‘yo yettinchi osmonga olib chiqib qo‘yishi mumkin. Kunning ikkinchi qismida olis safarga otlanishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, nimadir sabab bilan bu safar ortga surilish ehtimoli bor. Kechqurun xonadoningizga olisdan mehmon kelishi kutiladi. Bugun ertaroq uxlashga yoting. Ertangi kun uchun yetarlicha kuch yig‘ib olishingizda asqotadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Omadga erishish yo‘lida bironta ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Agar bir daqiqa bo‘shashsangiz ham, omadingizni birovlar ilib ketishi hech gap emas. Shaxsiy hayotda bardoshli bo‘lishingiz va yon berishni bilishingiz lozim. Shunda juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringizga putur yetmaydi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar atmosferadagi magnit bo‘ronlarini hisobga olgan holda ish tutishlari tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 martda ishga astoydil kirishmasangiz bo‘lmaydi. Ulgura olmasdan, rahbarlarning tanqidiga uchrashingiz mumkin. Shu sababli tezkor rejimga o‘ting. Boshqa narsalar bilan chalg‘imang. Kun davomida salomatligingiz masalasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ammo o‘zingizga o‘zingiz tabiblik qilishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Jismoniy zo‘riqishlarga erk bermang. Sportzalga borish, suzish kabilar ham sizga begona bo‘lishi lozim. Moddiy ahvolingiz bugun havas qilsa arziydigan holatda bo‘ladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun ertalabdanoq suhbatdoshlaringiz bir talay bo‘lishini bashorat qilgan. Demak, zerikiщga vaqtingiz bo‘lmaydi. Baribir ba’zi qaysar, sergaplardan qochishga urinasiz. Bu to‘g‘ri yo‘l. Bahor ta’sir qilmoqdami, ichki dunyongizda go‘yo quyosh hukm surayotgandek o‘zingizni yengil his etasiz. Ishxonada ishlar biroz ko‘ngildagidek yakun topmasligi ehtimolga yaqin. Siz allaqachon malaka oshirish bilan shug‘ullanishingiz lozim edi. Hali ham kech emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 mart kuni shu qadar mehnatsevarga aylanasizki, chanqaganda, suv ichishga ham vaqtingizni qizg‘ona boshlaysiz. Shunga yarasha barcha yumushlarni a’lo darajada uddalaysiz va rahbarlarning maqtoviga sazovor bo‘lasiz. Sport, biznes sohasidagi barcha harakatlar bugun omadli kechadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda jiddiy to‘siqlarga duch kelishingiz kutilmoqda. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan saqlaning.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Shaxsiy hayotdagi rejalar, orzular haqiqatga aylanmasligi mumkin, lekin ishxonadagi barcha istaklaringiz sizga so‘zsiz bo‘ysunishi kutiladi. Salomatlik bilan bog‘liq muammolarga barmoq orasidan qaramang. Uni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Moliyaviy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechadi. Basharti do‘konga borib xaridlarni amalga oshirishga tushib ketsangiz, bir tiyinsiz qolib ketishingiz ham ehtimoldan xoli emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 martda yaqin o‘tmishingiz bilan bog‘liq bir odamni uchratib qolishingiz mumkin. Orangizda u qadar yoqimli kechmaydigan suhbat bo‘lib o‘tadi. Ehtiyot bo‘ling, bu suhbat juftingiz va sizning munosabatlaringizga taalluqli bo‘lishi hech gap emas. Agar shunday bo‘lib chiqsa, suhbatga imi-jimida yakun yasashingiz kerak bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ishingiz bilan bog‘liq yangi tanishuvni boshdan o‘tkazasiz. Bu kelgusida ishlaringiz baroridan kelishida zamin vazifasini o‘taydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ertalabdanoq kayfiyatingiz u qadar yaxshi bo‘lmasligi tufayli juftingiz bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Bugun rahbarlaringiz ham negadir jahldor. Ular ko‘ziga ko‘rinmaslikka harakat qiling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat o‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyaning. Birovdan qarz olish, bankdan kredit olishga urinish kabilarni chetga surib qo‘ying.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?