15 557
Munajjimlar bashorati: Jadiy (22 dekabr-20 yanvar) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?
Umumiy bashorat
“It” yili “Jadiy”lar uchun kutilganidek omadli, samarali yil bo‘ladi. Ko‘zlagan natijalarga erishish uchun albatta biroz ter to‘kishga ham to‘g‘ri keladi. “Jadiy”lar mehnatdan qochmaydigan burj vakillari bo‘lganliklari uchun ham mazkur masala ularga muammo tug‘dirmaydi. Mablag‘ topishning yangi yo‘llarini izlash “Jadiy”lar uchun mushkul kechmaydi. Fikru xayoli shu masalaga yo‘naltirilgani bois doim ham yaqinlariga yetarlicha e’tiborli bo‘lisholmaydi. Ular ishning ko‘zini bilganliklari bois yuqori natija hamroh bo‘ladi. Biroq ishga mukkangizdan ketganingiz natijasida kuchli charchoq, asabiylik, ishtahasizlik, uyqusizlikka duch kelishingiz mumkin. To‘g‘ri shifoxonaga yo‘l olmaslik uchun ishda ham, munosabatlarda ham me’yorni unutmang. Zero, barcha mablag‘ni yig‘ib, sog‘liqni esa sotib ololmaysiz. Uyqu va dam olish vaqtini aniq belgilab oling. Yo‘l-yo‘lakay tartibsiz ovqatlanishga ham chek qo‘ying. Yo‘qsa, oshqozon-ichak yo‘llari xastaligiga chalinib, ortiqcha vazn muammosiga duch kelasiz. Vaziyatni o‘nglash esa qiyin kechadi. Natijada kimdir qat’iy parhez, boshqalar trenajyor zaliga bog‘lanib qoladi.
Kuzda “Jadiy”larda qo‘shimcha ta’lim olish istagi tug‘iladi. Natijada mo‘may daromad bilan karyera “zinapoya”laridan shaxtamlik bilan yuqorilashadi. Hatto qo‘shimcha ish ham topib, moddiy ahvolini yaxshilay olishning uddasidan chiqishadi. “Jadiy”lar xuddi o‘ziga bo‘lgani singari qo‘l ostidagi ishchilarga ham talabchan. Doim olg‘a intilishni xush ko‘ruvchi “Jadiy”larning qattiqqo‘lligini atrofdagilarning bari ham qabul qila olmaydi. Natijada ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishi ham hech gapmas. Biroq bu tushunmovchilikni dasturxon atrofidagi bayramona muhit izga soladi.
Yolg‘iz “Jadiy”lar uchun ham “It” yili talaygina quvonchli onlarni taqdim etadi. Demak, tashvishga hojat yo‘q, barcha rejalaringiz rejaligicha qolib ketmaydi. Qishga yaqin eng muhim istagingizni amaldagi natijasi sizni o‘ylantira boshlaydi. Aniqrog‘i, orzuingizdagidek insonni izlashga kirishasiz va yilni o‘zingiz istaganingizdek romantik onlar bilan yakunlaysiz.
Oilali “Jadiy”lar esa samarali mehnatdan so‘ng haqli ravishda ta’tilga chiqib, oilaviy dam olishga yo‘l olishadi. Oila davrasida o‘tgan damlaringiz 2018 yildagi eng unutilmas onlar sifatida xotira “kitob”ingizdan alohida o‘rin egallaydi.
SHAXSIY HAYOT
Yolg‘iz “Jadiy”lar o‘z juftini izlashga shu qadar kirishib ketishadiki, har uchrashuvda “shu taqdirimmi?” degan savolga javob topish qiyin kechadi. Izlanishlari besamar ketganidan ranjishadi.
Yilning ikkinchi yarmida esa oila qurish masalasiga qat’iyat bilan yondashishadi. Biroq avval munosabatlarda xushmuomala bo‘lish kerakligi haqida jiddiy fikr yuriting. Yo‘qsa manmanlik bilan ko‘zlagan natijangizga erisha olmaysiz. Fe’l-atvoringizni yaxshi tomonga o‘zgartira olsangiz, yozda orzuingizdagi insonni uchrata olasiz. Baxtingiz uchun odatlaringizni o‘zgartirish qiyin kechmasa kerak?!
Oilali “Jadiy”lar juftidan ko‘ra ko‘proq farzandlariga e’tiborli bo‘lishadi. Biroq yaxshi-yomon kuningizda sizga tirgak bo‘ladigan qadrli insoningizni ham unutmang! Shaxsiy hayotdagi romantikani saqlab qolish uchun sizdan ko‘p narsa talab etilmaydi. Ayolga ham, erkakka ham birgina e’tiborning o‘zi kifoya. Shuningdek, o‘zingizga bo‘lgan e’tibor haqida ham unutmang! Kiyimga qarab kutib olib, aqlga qarab kuzatishlari yodingizdadir. Ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lish uchun sport zallari, go‘zallik salonlariga tez-tez borib turishni kanda qilmasangiz, natija siz kutgandan-da tezroq bo‘y ko‘rsatadi.
2018 yilda turli bayram va yaqinlar davrasi ham sizsiz o‘tmaydi.
SALOMATLIK
“Jadiy”lar jismoniy holatiga jiddiy qaraydigan burj vakillaridan biri. Kasallikning ilk alomatlarini sezishlari bilan darhol davolanishga kirishadi. Sog‘ligi yomonlashganda qanchalik e’tiborli bo‘lishmasin, xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Aniqrog‘i, yog‘li, uglevodlarga boy taomlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishadi. Natijada ortiqcha vazn va hazm qilish muammolariga duch kelishadi. Shifokor nazoratidan tashqari qat’iy parhez tutib, taomnomangizni ko‘rib chiqishingiz lozim.
Noyabr va dekabrda teri xastaliklari, allergiya bilan bog‘liq xastaliklar bezovta qilishi mumkin. Bunday holatda shifokorga uchrashingiz shart! 2018 yilda asabiylashish, hamma narsaga kuyunaverish odatingizni tashlashni tavsiya qilamiz. Yo‘qsa, bu holatdan chiqib ketishingiz qiyin kechadi. Immunitetingizni mustahkamlash uchun sportning suzish turi bilan shug‘ullanish, tog‘ yon-bag‘irlarida hordiq chiqarish ham yaxshi natija beradi. Shunda sog‘ligingizda ham, kayfiyatingizda ham muammo bo‘lmaydi. Doim yuzingizda tabassum bo‘lsin, muhimi, yurakdan kulish. Unutmang, yaxshi kayfiyat yuqumli bo‘ladi, atrofdagilarga ham quvonch ulashing!
KARYERA
Karyera borasida 2018 yil u qadar omadli bo‘lmaydi. Gap ularning moddiy holatida emas. “Jadiy”lar maqsadiga erishish yo‘lida istalgan to‘siqni bosib o‘tishadi. Natijada hamkasblarini ranjitib qo‘yishlari hech gapmas. Oxir-oqibat tanlashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Yo hamkasblar bilan munosabatlarni izga solasiz va ish joyingizda qolasiz yoki boshqa ish izlaysiz.
Fevral va mart oylarida moliyaviy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechmaydi. Shu bois oilaviy xarajatlaringizni aniq rejalab oling va undan bir qadam ham og‘ishmang.
AYOL “JADIY”LAR UCHUN
Nozik xilqat vakillari ham ishda yuqori natijaga erishish istagida harakat qilishadi. Ular tengsiz mehnatsevarlar. Ayol “Jadiy”lar tartibli bo‘lganliklari bois ularga mas’uliyatli va rahbarlik ishlarini ishonib topshirishadi. Ayol “Jadiy”larning bu xislatlariga hatto qarshi jins vakillari ham hasad bilan qarashadi.
Muhabbat bobida ayol “Jadiy”lar xuddi erkaklar singari o‘zlariga kerakli e’tibornigina qabul qilishadi. Ayol “Jadiy”lar yil davomida asosiy e’tiborini oila, ayniqsa farzandlariga qaratishlari lozim. Yil o‘rtalariga borib, uy, sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq yirik xarajatlar kutilmoqda. Mablag‘ borasida qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun tinimsiz ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi.
Bahor kelishi bilan issiq o‘lkalarga sayohat uyushtirishadi. Yaxshi dam, mehnatga hamdam bo‘ladi. Istaklari yo‘lida sezilarli xarajatni ham pisand qilishmaydi.
ERKAK “JADIY”LAR UCHUN
2018 yilda erkak “Jadiy”lar maksimal darajada uddaburon bo‘lishadi. Ularning bu olg‘irliklari yilning ikkinchi yarmida o‘z natijasini berib, moddiy holati barqarorlashadi. Tez-tez ishdan bosh ko‘tarib, oila-a’zolaringiz, yaqinlar, do‘stlar bilan bir dasturxon atrofida yig‘ilib, ko‘tarinki kayfiyatni ta’minlashni ham unutmang.
Oila qurmagan “Jadiy”lar uchun “It” yili sevgi borasida ham omadli bo‘ladi. Yillar davomida xayolingizda shakllangan idealingiz qarshingizdan chiqadi. Iliq munosabatlar shubhasiz mustahkam rishtalarni bog‘lanishiga zamin bo‘ladi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin