QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yoshlar bilan o‘z malaka va tajribangizni baham ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Ishxonangizda rahbariyat sizni sinchkovlik bilan kuzatishi kutiladi. Shunday ekan, ayyorona yo‘llar bilan o‘zingizni uyoqdan buyoqqa urib ovora bo‘lmang. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan o‘zaro kelishgan holda harakatlar sodir eting. Kechqurun ba’zilar u qadar uzoq bo‘lmagan manzilga safar qilishlari mumkin. Ammo bu safar sizga muvaffaqiyat keltirmaydi. Imkoni bo‘lsa safarni ortga sura qoling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 martda ham ishxona, ham uydagi muammolar juda oson va tez bartaraf etilishi kutilmoqda. Tijoratchilar raqobatchilarning turli xurmacha qiliqlariga bardosh bilan samimiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Bu sizning zafar quchishingizda muhim ahamiyatga ega. Oila qurmaganlarni bugun yangi tanishuvlar kutadi. Lekin tanishuvlarning bittasigina sizga baxt keltira oladi. Agar romantik vaziyatlar boshlanayotganini vaqtida ilg‘ay olsangiz, darhol harakatingizni qiling. Baxtingizni bersin!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 mart kuni ishlaysiz, ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Biroq ularning natijasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Faqat oldindan “fol” ochmang, ko‘z tegishi, ishlaringiz chappasiga ketishi hech gap emas. Huquqshunos, advokat va soliqchilarga yordam so‘rab murojaat etish muvaffaqiyatli kechadi. Har qanday turdagi muammolaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson bitadi. Oila qurishga ulgurmaganlar bugun kechqurun romantik lahzalarni boshdan kechirishi mumkin edi. Lekin qaysidir favqulodda ish chiqadi-yu, uchrashuv boshqa kunga qoldiriladi. Sizni yomon ko‘zlardan xudoning o‘zi asrasin!
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Muhabbatda boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz, sizni ahmoqqa chiqarib qo‘yishlari mumkin. Ammo qattiq qayg‘uga tushmang. Bu kabi lahzalar har qanday odamning boshiga tushib turadi va ularni aqlni ishlatgan holda daf qilsa bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish jarayoniga faylasuflarcha munosabatda bo‘ling. Mo‘may daromad olsangiz, oilaning yaxshi kunlariga deb asrab qo‘ying. Omadingizni bersin!
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 martda kayfiyatingiz mehnatkashlikka xos ko‘rinishda bo‘ladi. O‘zingizga bo‘lgan ishonch shu qadar yuqori darajaga chiqadiki, ishxonada hamkasblarning barchasi sizga faqat havas bilan boqa boshlashadi. Ijodkor do‘stlarimiz ham bugunning ne’mati bo‘lmish, qaynoq ilhom parisi hamrohligida ajoyib g‘oyalarni xotiralariga joylab qo‘yishadi inshoolloh. Oila qurishga ulgurmadingizmi? Kechqurun tasodifan sizni hayratga sola oluvchi inson bilan uchrashishingiz mumkin. Agar u sizga rostdan ham yoqqan bo‘lsa, albatta belgi bering! Muvaffaqiyatlaringiz abadiy bo‘lsin!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun yulduzlar sizga taqdirning haqiqiy sovg‘alari nasib etishini bashorat qilgan. Bu sovg‘ani qabul qilib olgach, bir umr Yaratganga hamdu sanolar aytsangiz yarashadi. Albatta, bu sovg‘alarni olishda o‘zingizning ham peshona teringiz bor. Moliyaviy masalada biroz mushkulotlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Bardosh bilan ish tutsangiz ezgu niyatlarga albatta yetasiz. Emotsiyani jilovlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Sayringiz totli o‘tsin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 mart kuni shaxsiy hayotdagi ba’zi o‘zgarishlar, jarayonlarni hazm qila olmay halak bo‘lishingiz mumkin. Tasavvuringizda omad sizdan yuz o‘girgandek tuyilaveradi. Aslida bunday emas. Ayrim masalalarda sizni xudoning o‘zi jiddiy sinovdan o‘tkazishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqmaslik uchun kun davomida salomatligingizni nazoratda ushlashingiz zarur. Ovqatlanishda me’yor hamda rejimga amal qiling. Iloji boricha to‘yib uxlashga harakat qiling. Miriqib dam oling!
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
O‘zingiz ancha yillardan beri birga ishlab kelgan hamkasblar bilan bugungi muloqotingiz juda jiddiy va keskin kechishi mumkin. Qayg‘uga botmang. Imkon doirasida samimiy bo‘lishga urining. Yon berishni ham o‘rganing. Tadbirkorlar bugun olis safarga otlanishi, xorij davlatlaridan yangi hamkorlar topishi kutiladi. Qandaydir yirik loyihaga tikkan pullaringiz bugun o‘zingizga qaytadi. Ammo foizi ko‘zga tashlanmaydi. Shunisiga ham shukr qiling. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 martda negadir boshingiz qattiq og‘rib uyqudan uyg‘onishingiz mumkin. Lekin buni magnit bo‘ronlari yo havo aynishidan ko‘rmang. Ishxonadagi ishlaringiz hadeganda o‘ngidan kelmayotgani keyingi paytda sizni qattiq tashvishga solgan bo‘lib chiqadi. Shaxsiy muammolarni bartaraf etishda yaqin do‘stingiz yordam qo‘lini cho‘zmoqchi. Kechqurun juftingizning hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan ko‘ngil sirlaridan voqif bo‘lishingiz ehtimoli bor. Baxtli bo‘ling!
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz har taraflama yengil kechadi. Kunning birinchi yarmida ishxonangizdagi yumushlarni bajarib rohatlansangiz, kechki paytga borib shaxsiy hayotdagi muammolarni hal etishga mukkangizdan ketishingiz mumkin. Sport bilan shug‘ullanish sizga muvaffaqiyat keltirmaydi. Ammo saunaga borib kelish aksincha foyda beradi. Ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlarni xayoldan chiqaring-da, hech narsani o‘ylamasdan kunni kech qilishga intiling. Shunda yengil tortasiz. Kuningiz xayrli o‘tsin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 mart kuni ertalaboq ro‘parangizda bir kimsa paydo bo‘lishi, qandaydir xunuk xabarni aytib ko‘nglingizni og‘ritishi kutiladi. Iltimos, tanimagan odamlar bilan buguncha muloqot qilmang. Muhabbatda faqat qalbingiz amriga bo‘ysuning. Boshqalarning maslahatlari sizni yo‘ldan ozdiradi xolos. Kechqurun uyingizda oilaviy bayram tashkil etilishi, shuning natijasida yengil tortishingiz mumkin. Xudoning o‘zi mushkullaringizni oson qilsin!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Omad, zafar bugun sizniki. Lekin muvaffaqiyatlardan to‘lqinlanib ketib duch kelganga maqtanaverishdan tiyiling. Shaxsiy hayotda qat’iy qarorlar chiqarish uchun 7 mart juda qulay kechadi. Bahor munosabati bilan tashqi ko‘rinishingiz va garderobingizga o‘zgartish kiritsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi