QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz kamtarona tarzda o‘tishi kutilmoqda. Buni kun davomida mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lishingizda ham kuzatish mumkin. Moliyaviy muammolar sizni kun davomida ovora qilishi kutiladi. Salomatligingiz sal qalqishi kuzatiladi. Vrachga murojaat etganingiz durust. Jismoniy zo‘riqishlardan qoching. Buning o‘rniga romantik lahzalarni ixtiyor eting, yoki kitob mutolaa qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 martda siz kutgan olamshumul hodisalar sodir bo‘lmaydi. Shunday ekan, omadning kattasini ham kutib ovora bo‘lmang. Atrofdagilar bilan munosabatlarda muammo tug‘ilmaydi. Faqat o‘zingiz taniganlarning ayrimlari asabingizni buzishga urinib ko‘rishi mumkin. Lekin niyatiga yeta olmaydi. Yaqindagina bo‘lg‘usi juftini topganlarni bugun kechqurun romantik lahzalar kutib qoladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin, bugun ehtirosli, yorqin lahzalar kuzatilmasligi mumkin. Ammo stress holatlarini ham boshdan kechirmaysiz. Yangi tanishuvlardan nariroq bo‘ling. Bu sizni depressiyagacha olib borishi ehtimoldan xoli emas. Xayolga erk bermang. Juda iloj topa olmasangiz, qandaydir qiziqarli mashg‘ulotlarga murojaat etib, chalg‘ishga harakat qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
8 mart kuni kayfiyatingiz siz istagandek zo‘r bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli global ahamiyatga ega ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Aks holda turli darajadagi ko‘ngilsizliklarga duch kelishingiz hech gap emas. Ertaklardagi kabi ajoyib holatlar haqida o‘ylang, orzulang, yoki tabiat qo‘yniga chiqib dam oling. Shundagina kayfiyatingizda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi, ishlaringiz ham shunga qarab oldinga siljiydi inshoolloh.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertalabdan ruhiy olamingizga alohida e’tibor qaratishingiz tavsiya etiladi. Katta pul ketidan quvish fikrini nari haydang. Bu sizga faqat noxush holatlarnigina hadya etadi. Chekish, spirtli ichimlik iste’moli, yog‘li taomlardan voz keching. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun sport bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida dam olish va sevimli insoningiz bilan suhbatlashish yoqimli kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
8 martda ertalab ancha burun xotirangizga joylab qo‘ygan yangi g‘oyalar haqiqatga aylanish pallasiga kiradi. Moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechadi. Ortiqcha muammolar tug‘ilib tinchingizni buzmaydi. Oila qurmaganlar kechqurun romantika dengiziga sho‘ng‘ib, hayotidagi eng yorqin lahzalardan birini boshdan o‘tkazishadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalabdanoq emotsiyangiz junbushga kelishi kutiladi. Bu yaxshi ma’nodagi tuyg‘ular bo‘lgani sababli kayfiyatingizda ko‘tarinkilik ko‘zga tashlanadi. Kun davomida ham moliyaviy, ham ro‘zg‘ordagi muammolar o‘z yechimini topib sizni yana mamnun etadi. Agar olis safarga otlansangiz, yoningizga sherik olishni unutmang. Yo‘l azobini bir o‘zingiz yolg‘izlikda bartaraf eta olmaysiz.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
8 mart kuni birinchi qiladigan ishingiz ovqatlanish tartibiga amal qilishdan iborat bo‘lishi lozim. Aks holda oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi, kasalxonaga tushib qolishingiz mumkin. Atrofdagilar bilan muloqotda prinsiplardan voz keching. Muhabbatda rosmana dramatik holatni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Oila qurmaganlarning ayrimlari yaqindagina tanishgan inson bilan hozirdanoq janjallasha boshlashlari kuzatiladi. Muloyimroq bo‘ling!
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ilgari asabingizga tegadigan ishlarga yana bir bor qaytishingizga to‘g‘ri kelyapti. Ammo bu gal asabni jilovda ushlang. Minusga tushib qolmaslik uchun har qanday yumushni jamoaviy tarzda amalga oshiring. Kiyimlar va tashqi ko‘rinishiga jiddiy o‘zgartirish kiritish istagida bo‘lgan qiz-juvonlar muvaffaqiyatga erishishadi. Bu masalada sizga yetuk mutaxassislar yordamga shoshilishadi.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
8 martda shaxsiy hayotingizda sodir bo‘ladigan hodisalarni sun’iy ravishda boshqaruvingiz ostiga oling. Barchasi yaxshilik uchun xizmat qilishiga erishish harakatida bo‘ling. Munosabatlarda qat’iylikdan nariroq bo‘ling. Muhabbatda esa juftingizga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishingiz kerak. Buning uchun o‘ylab topiladigan bahonalar to‘lib yotibdi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun sizga pul keladigan yangi manbani va’da qilishgan. Bu sizga ertakdek tuyulishi mumkin, biroq haqiqatligini keyin bilib olasiz. To‘g‘ri, siz ham yeng shimarib astoydil mehnat qilishingiz zarur. Mehnat sizga omad va muvaffaqiyat, shohona hayot hadya etadi. Shaxsiy hayotingizdan ko‘nglingiz to‘q bo‘lishi uchun tez-tez juftingiz bilan qo‘ng‘iroqlashib turishingiz lozim bo‘ladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
8 mart kuni shaxsiy hayotingizda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ayrimlar yaqin do‘sti bilan birga biznes qilishni xohlab qolishi mumkin. Bu fikrdan qayting, oqibatda katta pul yo‘qotishlari sizni ta’qib eta boshlashi ehtimolga yaqin. Kun davomida yo‘l-yo‘lakay ro‘zg‘or ikir-chikirlarini ham bitirib borishingiz talab etiladi. Kechqurun boshqa uyga ko‘chish yoki uy ta’mirini boshlash omadli kechadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»