QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugungi kunni dam olishga bag‘ishlashingizni maslahat berishmoqda. Basharti juda zarur ish uchrasa, u kutilgan daromadni bera oladigan bo‘lsagina, dam olishdan voz kechib harakatlarni boshlayverishingiz mumkin ekan. Yangi tanishuvlarga bugun umuman o‘rin qoldirmang. Agar shaxsiy hayotda garmoniya bo‘lishini xohlasangiz, juftingiz va oila a’zolaringizning ko‘nglini oling. Hech birining ko‘ngliga bilib-bilmay ozor bermang. Kechqurun ijod kishilariga favqulodda ilhom kelib, ajoyib bir asar yaratish sharafiga muyassar bo‘lishlari mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 martda ertalabdan miyangizni yaxshi-yomon xotiralar egallashi kutiladi. Ammo buning shaxsiy hayotingizga umuman aloqasi yo‘q. Asosan ishingiz bilan bog‘liq. Hatto, o‘zingizni o‘zingiz ham aldashga urinmang. Shunda kechirilmas xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda tafakkur kuchiga suyangan holda harakatlar sodir eting. Shamollashdan va surunkali xastaliklar qo‘zg‘olon qilishidan ehtiyot bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun chalkashliklarga erk berishingiz umuman tavsiya qilinmaydi. Chunki oldingizda dolzarb masalalar o‘z yechimini kutib turibdi. Ishxonangizdagi rahbarlar anchadan beri yuqori lavozimga tayinlash haqida o‘ylab yurishibdi. Shunday ekan, harakatingizni qiling, ishdan zinhor bo‘yin tovlay ko‘rmang. Muammolarni hadeganda ko‘ndalang qilavermasangiz, qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Kun davomida kam gapirib, ko‘p ishlang.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
10 mart kuni yangi kasbda faoliyat yuritishni boshlaganlar bilim va malakalarini oshirish payida bo‘lishlari lozim. Internet orqali tanishlar, do‘stlar bilan muloqotlar siz kutgan natijani beradi. Ayniqsa, moliyaviy barqarorlikka ham aynan shu muloqotlar davomida erishishingiz mumkin. Muhabbatda esa juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarning qadriga yeting. Juftingizni ilgarigi muhabbatingiz bilan aslo taqqoslamang. Salomatlikni ehtiyot qiling. Allergik xastaliklarga chalinishdan saqlaning.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kunning birinchi yarmida yo‘lingizda yorqin hodisalar ko‘zga tashlanadi. Faqat ularni xayolparastlikka mukkangizdan ketmasangizgina ko‘ra olasiz. Kun davomida azaldan sizni ko‘ra olmaydigan bir kimsa ishingizga xalal berish, yo‘lingizga to‘siqlar tashlash payida bo‘ladi. Bu ham yetmagandek, kunning ikkinchi yarmida juftingiz ham asabingizga o‘ynay boshlashi ehtimoldan xoli emas. Lekin vaziyatni janjalgacha olib bormang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
10 martda ancha vaqt o‘z olamingizda qolib ketishingiz kutilmoqda. Sizni ish ham, yaqin insonlar ham qiziqtirmaydi. Biroq bu olamdan o‘z vaqtida chiqib, hayotga yana real nazar bilan boqa boshlamasangiz, ahvolingiz ayanchli tus olishi hech gap emas. Oila qurmaganlar bugun romantikaning eng totli lahzalariga oshno tutinishadi. Surunkali xastalikka chalinganlar profilaktik amallarni boshlamasalar bo‘lmaydi. Xudo ko‘rsatmasin, xastalik qo‘zg‘alsa, ahvol jiddiylashib ketishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tadbirkorlar biznesiga ilgarigidan-da jiddiyroq munosabatda bo‘lishlari kerak. Asosan pul tikilgan vaziyatlarni qayta nazardan o‘tkazing. Qay ishga pul tikkan bo‘lsangiz, doimiy ravishda nazoratda ushlang. Hamkorlarga o‘zingizga ishongandek ishonib yubormang. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nab ketishlari mumkin. Xuddi shu safar davomida moliyaviy muvaffaqiyatsizlik sizni ta’qib qila boshlashi kutiladi. Bu qafasdan chiqish uchun puldor tanishlarga qo‘ng‘iroq qilishingizga to‘g‘ri keladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
10 martda ish joyingizdagi rahbar va yana bir hamkasb bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Ular birgalikda sizni tanqid qila boshlashadi, siz esa inkor etasiz. Muhabbatda me’yorga amal qilishingiz zarur bo‘ladi. Mabodo kechqurun sizga yangi ish taklif qilsalar, rozilik bildirishdan oldin internetga kiring-da, bu ishning tag-tugini surishtiring. Shundan keyin bir qarorga keling. Uxlashga yotishdan avval toza havoda sayr qilishni unutmang. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Siz hozircha moddiy to‘kinlik va martaba ortishi sari yetaklovchi omillardan ancha uzoqsiz. Ularga yetguncha hali ko‘p harakatlarni sodir etishingiz, intilishingiz kerak. Muhabbatda, shaxsiy hayotda yetakchi bo‘lishga urinmang. Yetakchilik sizga faqat ko‘ngilsiz vaziyatlarnigina taqdim etadi.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
10 mart kuni qarindoshlarning moliyaviy muammolarini bartaraf etishingiz, shu yo‘l bilan ularning og‘irini yengil qilishingizga to‘g‘ri keladi. Agar bu muammolarni tushga qadar hal etsangiz, tushdan keyin o‘z ishlaringizni ado eta boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Ish bajarishda reja tuzishga e’tibor qarating. Rejasiz ishlar sizga moddiy manfaatdorlik hadya etmaydi. Favqulodda mazangiz qochishini istamasangiz, organizmni jismoniy zo‘riqishga majbur qilmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Atrofdagilar, qarindoshlar, juftingiz va hamkasblar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Yaqinlaringizga nisbatan muloyim munosabatda bo‘ling. O‘zingizdan yoshi ulug‘larni boshqalar qarshisida behurmat qilmang, xudoning g‘azabiga uchraysiz. Hatto ular nohaq bo‘lsalar ham tilingizni tiying. Oila qurmaganlar bugun yoqimli lahzalardan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Muhabbatda siz uchun vaqtinchalik tanaffuslar hukm suradigan bo‘lib turibdi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 mart kuni xudoyimning o‘zi sizni qo‘llaydi inshoolloh. Kunning birinchi yarmidayoq ham sovg‘alar, ham mo‘may daromad egasi bo‘lishingiz kutilmoqda. Juftingizning sadoqatiga yana bir karra amin bo‘lasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, ba’zi katta-kichik muammolaringizni obro‘li, yuqori lavozimli tanishingiz hal qilib beradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi