23:40 / 10.03.2018
10 127

Munajjimlar bashorati: 11 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ertalabdan amalga oshiradigan har qanday ko‘rinishdagi ishlar sizga faqat mo‘may daromad olib kelishi kutilmoqda. Hatto kiprik qoqishga ulgurmaysiz. Katmoningiz pulga to‘ladi. Shaxsiy hayotda so‘nggi so‘zni o‘zingiz aytishga sira urinmang. Hayot qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldira turing. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz hayotida azaliy orzularidan biri haqiqatga aylanishiga guvoh bo‘lishlari mumkin. Kechqurun oila qurishga ulgurmagan ukalarimizni yorqin uchrashuv kutib turadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 martda shaxsiy hayotingiz va tashqi ko‘rinishingizda jiddiy o‘zgarish yasash fikridan yiroq bo‘ling. Har bir voqea-hodisaga juda ehtiyotkorlik bilan yaqinlasha keling. Aks holda kayfiyatingiz va energetikangizga putur yetishi turgan gap. Agar yordam so‘rasangiz, qarindoshlar, yaqinlaringiz sizni har jihatdan albatta qo‘llab-quvvatlashadi. Muhabbatda o‘ta mag‘rurlik ham juftingiz va bo‘lg‘usi juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga nuqta qo‘yishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Yolg‘onlardan jabr ko‘rish xavfi yaqinlashganini sezsangiz, ura solib qoching. Haqiqiy mard insonlar xuddi shunday yo‘l tutishadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 mart kuni vaqtingiz mehmon kutish va mehmonga borish bilan o‘tishi kutilmoqda. Shuning uchun uyda ham bu hodisaga tayyorgarlik ko‘rib qo‘yavering. Tadbirkorlarga raqobatchilar bilan suhbatni juda qisqa tashkil etish tavsiya qilinadi. Juftingizni bilib-bilmay, nohaq tanqid qilib qo‘yishdan saqlaning. Bu xonadoningizga sovuqchilik tushirishi mumkin. Salomatlik masalasida ham sergaklikni qo‘ldan bermang. Shamollash alomatlari sezildimi, darhol chorasini ko‘ring.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ertalabdan kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Ishxonangizda bajaradigan yumushlaringiz o‘z mevasini bermay qolmaydi. Bundan tashqari, tushga qadar sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi qiziqarli ishlarni taklif etishlari ehtimoldan xoli emas. Agar maqsadga yetishda mo‘ljalni aniq ola bilsangiz, marra sizniki. Muhabbatda oilasi yo‘qlarga yaqin do‘stlardan biri foydali maslahat beradi. Bu maslahatni quloqqa olsangiz, kam bo‘lmaysiz. Baxt albatta sizni qidirib kelishi tayin, ishoning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 martda katta masshtabli ishlarning mazasini qochirish uchun kuch ham, imkoniyat ham sizda yetarli bo‘ladi. Faqat xohish bo‘lsa bas. To‘g‘ri, kun davomida ba’zi orzular orzuligicha qolib ketishi ham mumkin. Lekin bu ham sizni olg‘a qadam tashlashdan voz kechtira olmaydi. Martabani oshirish masalasida chuqurroq o‘ylab, mulohaza qilgandan keyingina harakatlar sodir etishni boshlang. Kechqurun qo‘lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi kutiladi. Xudo beraridan qismasin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oilangiz davrasida shaxsiy fikrlaringiz to‘g‘riligi, siz haqligingizni isbotlashga to‘g‘ri kelsa, bu ishni haqiqiy diplomatlarcha amalga oshiring. Aks holda yoshi ulug‘ qondoshlar sizni noto‘g‘ri tushunib qo‘yishlari va oqibatda janjallar yuzaga kelishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlardan birining sotqinligiga guvoh bo‘lasiz. Shubhasiz, bu sizga og‘ir zarba bo‘ladi. Na iloj, hozirgi kunda o‘ng ko‘z chap ko‘zga oshno tutinmasligi to‘g‘riga o‘xshaydi. Bu ham sizga kelgusida maktab vazifasini o‘tasa ajabmas. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligi haqida qattiqroq qayg‘urishlari lozim.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 mart kuni sizni nafaqat safarlar va muhim uchrashuvlar, balki romantika ham intiq kutadi. Lekin oilasi borlar bu romantikadan umid qilmasinlar. Chunki romantika faqat oilasizlarga yarashadi. Oilalilar uchun ham mashg‘ulot yo‘q emas. Salomatliklarini mustahkamlash payida bo‘lsinlar. Ovqatlanishda me’yorni biling, rejimga amal qiling, sport bilan shug‘ullaning, toza havoda ko‘proq sayr qiling. Ertaroq uxlashga yotishga harakat qiling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Oramizda qolsin-u, birovga churq etmang. Xullas, bugun ishxonangizdagi rahbar nimanidir va’da qilsa, ishonmang, va’dasida turmaydi. Shaxsiy hayotda arazlashishlar, xafagarchiliklarni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Hayot shunaqa notekis-da, ranjimang, muhabbatda xursand qiladigan voqealar sodir bo‘ladi. Barcha xafaqonliklarni unutasiz. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun to‘y kunini belgilash pallasini ham boshdan kechirishingiz afsona emas. Baxtingizni bersin! Yoshi ulug‘ qondoshlar holidan xabar olishni ham unutmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 mart kuni olis safarga otlanishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, boshqa kunga qoldiring. Bugun bu safar sizga ko‘ngilsizlikdan boshqa narsani hadya etmaydi. Oiladagi mayda-chuyda muammolarni bugundan qoldirmay bartaraf etishingiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi qarindoshlar bilan o‘rtadagi mehr-oqibat uzoq-uzoqlarga ketib qolganga o‘xshaydi. Shuni joyiga keltirib qo‘ying, afsuslanmaysiz. Kechqurun juftingiz bilan toza havoda sayr qiling. Har taraflama zavq olasiz.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Anchadan beri mehnat ta’tiliga chiqmagan bo‘lsangiz, bugunoq ariza yozing. Bahor havosi olis mamlakatlarga sayohat qilishingizda ishonchli hamroh vazifasini o‘tay oladi. Moliyaviy masalada oldin qarzdorliklardan qutulishga harakat qiling. Shundan keyingina mo‘may daromad haqida o‘ylasangiz yarashadi. Kechqurun yangi va serdaromad ishlarni taklif etishlari kutiladi. Ajablanarlisi, shularning dastidan bugun kechqurun uyqusizlikka duch kelishingiz mumkin. Salomatligingizni, asablarni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
11 martda ishda astoydil yeng shimarib zimmangizdagi vazifalarni uddalashga kirishing. Agar dam olish kuningiz bo‘lsa, unda ham bekor o‘tirishingiz yaxshi emas. Shaxsiy muammolarni ijobiy hal etish bilan shug‘ullansangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Ularning birontasini ham boshqa kunga qoldira ko‘rmang. Moliyaviy jihatdan ahvolingiz quvonsa arzirli holatda. Demak, do‘kon aylanib zarur xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun baliq burjida tavallud topganlar ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lishadi. Uyda ta’mir ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin. Muhabbatda esa barcha narsalarni boricha qoldiring. Ayrimlar varikoz, bosh og‘rig‘idan aziyat chekishlari kutiladi. Dushanbada vrach ko‘rigiga bormasangiz bo‘lmaydi shekilli. Sog‘liqni asramasangiz, orzu ham, ezgu niyatlar ham shundayligicha qolib ketaveradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?