09:38 / 12.03.2018
9 927

Haqiqiy sariyog‘ qanday bo‘lishi kerak?

Haqiqiy sariyog‘ qanday bo‘lishi kerak?
Ba’zilar sariyog‘ni tarkibida xolesterin borligi uchun zararli mahsulot deb hisoblab, iste’mol qilishni cheklashadi. Ammo xolesterinni me’yorida qabul qilish organizm uchun foydali hisoblanadi, shu bois ham me’yorida iste’mol qilingan sariyog‘ salomatlik uchun zarur bo‘lgan ozuqalardan biri hisoblanadi. U ayniqsa oshqozon uchun juda muhim. Sariyog‘ oshqozon devorlarini moylab, gastrit yoki me’da-ichak yo‘llarining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga yaraning tezroq tuzalishida yordam beradi. Bu uning tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini borligi tufayli yuz beradi. Shuningdek, sariyog‘ tarkibida katta miqdorda A, B, C, D, E vitaminlari mavjud. Ular bizning teri va sochlarimiz go‘zalligiga javobgardirlar. Bu vitaminlarning yetishmasligi esa salbiy oqibatlarga olib keladi.

Oltin me’yor!

Bu mahsulotni bir kunda 30 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini unutmang.

Hozirgi kunda qadog‘ida “sariyog‘” deb yozilgan hamma mahsulotni ham sariyog‘ deyolmaymiz, to‘g‘rimi? Biz bekalar biror turdagi shu mahsulotdan xarid qilamiz-u somsa yoki biror shirinlik tayyorlamoqchi bo‘lib, uni eritganimizda, sariyog‘dan ko‘ra ko‘proq suv ajraladi. Demak, haqiqiy sariyog‘ tanlashda adashmaslik va unga sarflanayotgan pulimizni havoga uchirmaslik uchun qanday yo‘l tutmoq kerak? Menimcha, quyidagi maslahatlarga amal qilsak, ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz va bizni aldamoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga qarshi tura olamiz, deb o‘ylayman.

Tarkibi nimalardan iborat?
Sariyog‘ tarkibi pasterizatsiyalangan sut/qaymoqdan iborat bo‘ladi. Tamom! Ba’zan esa qo‘shimcha tariqasida shakar yoki tuz aralashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Bilib qo‘ying — sariyog‘ shirin qaymoqli yoki nordon qaymoqli bo‘lishi mumkin (ya’ni uning turlari). Bu o‘z navbatida shirin va nordon ta’mli sariyog‘ ekanligini anglatadi.

Aksincha, sariyog‘ bo‘lmagan, ya’ni margarin tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘simlik yog‘i, yog‘siz yoki quritilgan sut, shakar, tuz, konservant, aromatizator, iste’mol bo‘yoqlari.

Bilib qo‘ying!
Bir bo‘lak sariyog‘ni issiq suv quyilgan chuqurroq idish ichiga soling. Agar mahsulot bir tekis bo‘lib erisa — demak, qarshingizda haqiqiy sariyog‘!

Ammo mahsulot bo‘laklarga bo‘linib, parchalanib ketsa — demak, o‘simlik yog‘idan tayyorlangan va u sariyog‘ emas.

Haqiqiy sariyog‘:
Yorqin sarg‘ish va to‘q sarg‘ish rangda bo‘ladi, ammo rangi bir tekis bo‘ladi.

Yana bir tajriba
Sariyog‘ni xona haroratida stol ustida qoldiring. Agar mahsulot yuzasida yirik suv tomchilari hosil bo‘lsa, demak, qarshingizda qalbaki sariyog‘ turibdi.

Unutmang!
Aksariyat sariyog‘larda hid bo‘lmaydi. Agar sariyog‘dan judayam kuchli hid kelayotgan bo‘lsa(yoqimli ifor bo‘lsa-da) demak, unga aromatizatorlar qo‘shilgan.

Shuningdek, asl sariyog‘ni bo‘lganingizda yoki nonga surtganingizda, tabiiy sutdan tayyorlangan sariyog‘ uvalanmaydi.

Manba: Tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haqiqiy sariyog‘ qanday bo‘lishi kerak?