QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar sizga yoqimsiz kunni va’da qilishmaydi. Ammo kuningiz o‘ta yoqimli ham kechmaydi. Muammolar qalashib yotibdi. Ularni faqat o‘z kuchingiz va imkoniyatingizga suyangan holda bartaraf etishga majbursiz. Muhabbatda tuyg‘ulardan ham baland kelishga urinmang. Yaqin kishingizni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Esda tuting, juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingiz sizdan aniq va dangal qarorlarni kutmoqda. Buni uddalashga majbursiz. Salomatlikka alohida e’tibor bering.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 martda maqsadga, ezgu niyatlarga yetishning yangicha usullaridan foydalanib ko‘ring. Basharti o‘zingiz uddalay olmasangiz, do‘stlarga murojaat eting. O‘z ustingizda ishlash va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qaratish bugun xayrli va omadli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish masalasida sergak turing. Muhabbatda qasam va yolg‘on va’dalar tufayli chuv tushib qolishdan saqlaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
O‘zingiz va o‘z kuchingizga ishongan holda harakatlar sodir eting. Birovlarga umuman ishonib qolmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Mushkul vaziyatlarda rahbarlar yordam qo‘lini cho‘zishini bayon etadi. Bu, shubhasiz, yoqimli. Muhabbatda qayg‘uga botadigan lahzalar ko‘zga tashlanmaydi. Yostiqdoshingizning injiqliklarini hisobga olmasa, vaqtingiz romantikaga boy o‘tishi kutilmoqda. Lekin salomatligingiz bugun pand berishi haqiqatga yaqin. Jisman noxushlik sezilishi bilan darhol chorasini topishingizga to‘g‘ri keladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
14 mart kuni o‘zingizga yoqmaydigan, ko‘ngli qora odamlar bilan uchrashib muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Iloj qancha, har doim ham bandasining aytgani bo‘lavermaydi. Asosiysi, undaylar bilan muloqotda atayin jilmayib, yoqimli so‘zlardan so‘zlashga harakat qiling. Moliyaviy masalada pullarni tejang, saqlab qo‘ying. Yaxshi kunlarga sarflashni niyat qiling. Ezgu niyatlar albatta ro‘yobga chiqadi. Kechqurun toza havo sayrini, ovqatlanish rejimiga amal qilishni unutmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Moliyaviy muammolar bugun sizni holdan toydirishi mumkin. Asabbuzarliklar, xafaqonliklar xuddi shu sababli ko‘nglingizga mehmon bo‘lib o‘tishi ehtimoldan xoli emas. Ba’zilar farzand tashvishlarini boshdan kechirishi kutiladi. Og‘ir lahzalarda bo‘shashmang, kurashing, mardonalik bilan oldinga intiling. Maqsadga albatta yetasiz. Xush lahzalar albatta sizni siylaydi. Mabodo biznes bilan shug‘ullanishga ahd qilgan bo‘lsangiz, bugun muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
14 martda ishxonangizda hamkasblar bilan turli mavzularda bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Ayniqsa, fikrlar qarama-qarshiligi ko‘nglingizga og‘ir botishi mumkin. Ammo depressiyaga erk bermang. Xafagarchiliklar o‘tkinchi. Tadbirkorlarning kuni tug‘adi. Daromadning kutilganidan ham ko‘pligi sizni mamnun etadi. Biroq pul masalasida tavakkal qilmang. Kechqurun xonadoningizga uzoq yurtdan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Afsus, bugun ba’zilar moliyaviy jabhada omadsizlikka, yo‘qotishlarga yuz tutishi, allakimlar suyukli insoni bilan munosabatlarga nuqta qo‘yishi mumkin. Aksariyat do‘stlar esa tushdan keyin xizmat safariga jo‘nashi kutiladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugungi rejadagi ishlarni tez fursatda tamomlab, hamkorlar bilan hisob-kitob qilib olishingiz kerak bo‘ladi. Basharti bo‘shashsangiz, hatto, hamkorlar ham chuv tushirib ketishi hech gap emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
14 mart kuni nimaiki ishga qo‘l ursangiz, mustaqillikka intilmang. Tajribali insonlardan maslahatlar oling, uddalashingizga ko‘zingiz yetmagan ishlarga tanish-bilishlarni jalb eting. Muhabbatda sizga birinchi navbatda bardosh kerak. Qolaversa, juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga ishonishingiz zarur. Rashk qilmang. Bu oqibatda ajrashishgacha olib borishi turgan gap. Kunning ikkinchi yarmida ro‘zg‘or uchun kerakli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishda ham, uyda ham qalbingizdagi bezovtalikni birovga bildirmang. Shunday yo‘l tutingki, ichingizdan ich qirindi o‘tayotgan bo‘lsa ham, yuz-ko‘zlaringizda tabassum hukm sursin. Boshqalar sizdan o‘rnak olishni niyat qilsin. Muhim ishlarni bajarishda aniq reja asosida harakatlar sodir eting. Shunda omad sizniki bo‘ladi. Muhabbatda sovuqqonlikning yaqiniga ham bormang. Har bir inson baribir muloyimlik, qaynoq mehr tarafdori bo‘lishi yillar davomida o‘z isbotini topgan. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan himoya qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
14 martda boshingizga mushkul ishlar tushishi, dardingizni kimga aytishni bilmay xunob bo‘lishingiz mumkin. Esda tuting, bunday vaziyatlarda o‘zingiz eng yaqin do‘st deb bilgan odamga qalbingizni oching. U sizni nafaqat o‘z maslahatlari bilan siylaydi, balki har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi ham. Shaxsiy hayotda qalbingizga quloq tuting, qalbingizdan maslahat so‘rashga erinmang. U aldamaydi. Juftingiz bilan qo‘sha-qarishingiz uchun qalbingiz har baloga tayyor turadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun ertalabdanoq salomatlikni tiklash, mustahkamlash bilan band bo‘lishingizni maslahat berishadi. Aks holda borib-borib so‘nggi manzil kasalxona bo‘lib chiqishi mumkin. Iloji bo‘lsa, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘ting. Ishxonadagi yumushlarni bajarishda qiyinchilik va to‘siqlarga duch kelmaysiz. Hamkasblar bilan munosabatlarda ham sokinlik hukm suradi. Oilada kechqurun farzandlar tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratib qo‘yishingiz so‘raladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
14 mart kuni ro‘zg‘or buyumlari, aloqa vositalari, aniqrog‘i, telefon va mebel sotib olmang. Sarflagan pullaringiz havoga uchishi mumkin. Bu buyumlarni sotganlar sizni boplab chuv tushirishlari kutiladi. Ishxonangizda hamkasblardan biriga haqiqatni aytib baloga qolishingiz kutilmoqda. Xizmat safari bilan boshqa shaharga borishdan ham bosh torting, ko‘ngilsizlikka ro‘baro‘ bo‘lishingiz xavfi bor.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»