23:10 / 17.03.2018
10 078

Munajjimlar bashorati: 18 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 18 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Barcha ishlaringiz baroridan keladi. Lekin mayda-chuyda yumushlarga ham e’tibor qaratib qo‘yishingiz shart. Taqdir kutilmaganda sizga g‘oyibdan yetkazadigan sovg‘alarni qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiling. Bo‘lar-bo‘lmas suhbatlarga aralashib qolishdan saqlaning. Bu shaxsiy hayotingizda ko‘ngilsizlik keltirib chiqarishi mumkin. Agar juftingiz bilan bog‘liq suhbatga aralashsangiz, bir kun kelib oradagi munosabatlaringizga putur yetishi ham hech gap emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 mart kuni pul masalasida xasislik qilmang. Yaqinlaringiz yordam so‘rasa, bering, harqalay ular jigaringiz. Mabodo yaqin insoningizga kutilmagan sovg‘a hozirlamoqchi bo‘lsangiz, ish orasida vaqt topib o‘sha xaridni amalga oshiring. Moliyaviy muammolar bugun sizga cho‘t bo‘lmaydi. Biroq salomatlikka alohida e’tibor zarur. Agar bo‘g‘imlar qaqshab og‘risa, bel qismingiz azob bera boshlasa, albatta vrach ko‘rigidan o‘tishingiz lozim bo‘ladi. Bugun saunada cho‘milish va sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish omadli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
18 martda bajarajak ishingiz doirasida shubhaga yo‘l bermang. Qanday ish bo‘lishidan qat’i nazar astoydil yeng shimargan holda harakatni boshlang. Agar miyangizda ishingiz bilan bog‘liq ajoyib g‘oyalar paydo bo‘lsa, ularni o‘zingiz mustaqil ravishda haqiqatga aylantiring. Muhabbatda qasam va va’dalarga ishonib qolmang. Hamkasblar qarshisidagi hurmatingizni yanada oshirish payida bo‘ling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Moliyaviy masalada ba’zi to‘siqlar, tushunmovchiliklarga duch kelsangiz, darrov asabiylashishga tushib ketmang. Ular o‘z maromida ijobiy hal bo‘ladi. Siz, yaxshisi, global ishlarga asosiy e’tiborni qarating. O‘shalar sizga o‘zingiz kutgan daromadni hadya eta oladi. Oila a’zolaringiz, juftingiz bilan munosabatlarda keskinlikka erk berib qo‘ymang. Internet orqali ba’zilarga qo‘shimcha daromadli ish taklif etishlari mumkin. Rozi bo‘lavering.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
18 mart kuni ertalab kimdir sizga qo‘ng‘iroq qiladi-da, ish yuzasidan jiddiy gaplashib olishni taklif etadi. Shu narsa sizni sergak torttiradi. Shaxsiy biznesi bor do‘stlarimiz birovlarning ishiga aralashmay qo‘ya qolganlari ma’qul. Mehnat ta’tiliga chiqish, sayohat va tabiat qo‘ynida dam olib qaytish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kimdir anchadan beri sport bilan shug‘ullana boshlashni va zararli odatlardan voz kechishni istagan bo‘lsa, o‘sha fursat yetdi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Atrofdagilar bilan muloqotda juda ehtiyot bo‘ling. Ularga ishonib qolmang. Eski qadrdonlar bilan ham hushyorlikda munosabat yuritishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki ularning qaysidir biri sizga qarshi ish tutishni mo‘ljallab yurgan bo‘lishi mumkin. Mayli, agar yomonlik qilsa ham siz qasd olish fikridan yiroq bo‘ling. Xudoga soling, xudoning o‘zi hisob-kitobini qiladi. Muhabbatda juftingiz yo tanlaganingiz sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Tanqid eshitmaslik uchun zararli odatlardan voz kechishingiz zarur bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
18 martda tadbirkorlar yangi hamkorlar bilan uchrashuvga otlanishlari kutiladi. Ehtiyot bo‘ling. «Sinalmagan otning sirtidan o‘tma» deb bekorga aytishmagan. Muhabbat bobida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishni xohlamasangiz, faqat qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish tuting. Atrofdagilarning maslahatlarini inobatga olmang. Bu suyukligingiz bilan o‘zaro munosabatlarga putur yetkazadi. Salomatlikni ehtiyotlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Xayolparastlik, bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarni orzulab yotishni to‘xtating-da, hayotga real nazar bilan boqing. Mavqeni oshirish payida bo‘ling. O‘tmishdagi xatolarni unuting. Bugungi kun bilan yashang. Buning uchun sizda tafakkur ham, matonat-u bardosh ham yetib ortadi. Kechqurun do‘stlardan biri haqida yoqimsiz xabar eshitishingiz mumkin. Ayrimlar esa yaqin manzilga safarga chiqishi kutilmoqda. Salomatlikni asrang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
18 mart kuni ishingiz bilan bog‘liq eng zarur axborotlarni to‘plang. Ana shundan keyin ishga kirishing. Bu amal sizga faqat foyda keltiradi. Basharti yangi ish topmagan bo‘lsangiz, eskisidan aslo voz kecha ko‘rmang. Kimlardir istasangiz-istamasangiz, maslahat berishni boshlasa, tinglash bilan cheklaning. Asabiylashmang. Serqatnov yo‘llarda, ayniqsa, kechqurun ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermang. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar mehmondorchilikka yo‘l olishlari ham ehtimoldan xoli emas.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdan to kechga qadar hayotingizda bir olam yorqin va quvonchli hodisalar yuz berishi kutilmoqda. Ular orasida qarindoshlardan birining nikoh to‘yi ham bo‘lishi mumkin. Kutilmaganda qo‘lingizga kelib tushadigan dasta-dasta pullar qalbingizda rosmana bayram boshlanishiga sabab bo‘ladi. Tejamkor bo‘lavering. Pul qo‘lning kiri. Pullarni eng zarur narsalarga ishlatsangiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Kun davomida hazil-mutoyibani hamrohingizga aylantiring.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
18 mart kuni qovg‘a burji ostida tavallud topganlardan ayrimlari yaqin insonidan ajoyib sovg‘ani qabul qilib olishi kutilmoqda. Bu sovg‘a ko‘nglingizni tog‘dek ko‘tarib, munosabatlaringizni yanada yaxshilash xususida o‘ylay boshlasangiz ajab emas. Ijodkorlar kun davomida ilhom kelmasligi oqibatida yaxshigina asabiylashib olishlari mumkin. Moddiy ahvolingiz a’lo darajada bo‘lmasa-da, pulsiz qolmaysiz. Inshoolloh, qora qozon albatta qaynaydi. Xotirjam bo‘ling!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Erta uyg‘oning, kerakli odamlarga qo‘ng‘iroq qiling, shaxsiy va moliyaviy muammolarni tanish-bilishlar ko‘magida hal qilish harakatiga tushing. Bardoshli va matonatli bo‘la olsangiz, ishlaringiz albatta unumdor kechadi. Ayollar va qizlar uchun bugun go‘zallik saloniga borish, yoqimli xaridlarni amalga oshirish va vrach ko‘rigidan o‘tish yoqimli kechadi. Zinhor oqimga qarshi suzmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?