QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun zerikarli ishlarni bir chetga suring-da, qandaydir original, qiziq va nafi ko‘proq tegadigan ish toping. Agar shu ishga ijodiy yondasha olsangiz, moliyaviy ahvolingiz ham kechga qadar ko‘ngildagidek yaxshilangan bo‘lardi. 19 mart kuni biznesmenlar, siyosatchilar va huquqshunoslarning kuni tug‘adi. Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning. Kechqurun yaqin do‘stingiz telefon orqali yoqimli xabar yetkazishi kutiladi. Sog‘lig‘ingizni yoddan chiqarmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 martda kuningiz ancha og‘ir kechadi. Professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etish jarayonida qarama-qarshiliklar, turli to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin. Hamkasblar orasida obro‘ni saqlash uchun ularga nisbatan muloyim munosabat yuritishingiz talab etiladi. Muhabbatda xuddi shaxmatdagi kabi original usullardan foydalaning. Yangi tanishuvlar bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Lekin yuz ko‘rmas bo‘lib ketgan eski qadrdonlar bilan qayta topishishning xislati ko‘p va xo‘b bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Egizaklar burji ostida tavallud topganlar uchun 19 mart omadli kun bo‘ladi. Kissa pulga to‘la, do‘konmi, bozormi, ishqilib qayerda bo‘lmasin, istagan buyumlaringizni xarid qilishingiz mumkin, o‘zingizni ham, yaqinlaringizni ham mamnun etish imkoniyati bisyor. Salomatlikni mustahkamlash va zararli odatlardan voz kechish bugun omadli kechadi. Kechqurun obro‘li va badavlat bir odam bilan uchrashib gaplashishingiz kutilmoqda.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 mart kuni tushga qadar yaxshilab dam olishingiz tavsiya qilinadi. Ishni ham, tashvishlarni ham bir chetga suring. Muhabbatda tanaffuslar yuzaga kelishini xohlayotgandingiz. Afsuski, bu tanaffuslar 19 martda kutilmaydi. Ovqatlanishda rejimni buzmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ba’zilar kechqurun o‘zga shaharga jo‘nab ketishlari yoki mehmonga borishlari ehtimoli bor.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kun muvaffaqiyatli va unumli o‘tishi uchun oldingizga aniq bir maqsadni qo‘ygan holda harakatlar sodir etishingiz kerak. Hatto, ijodkor bo‘lsangiz ham, 19 mart kuni xayolparastlikka berilmang. Har bir ishga tafakkurni ishga solgan holda munosabat yuriting. Shunda rejalaringiz barbod bo‘lmaydi. Kutilgan natijaga va daromadga erishasiz. Kechqurun sog‘lig‘ingiz biroz pand bera boshlashi mumkin. Bee’tibor bo‘lmang. Vrach ko‘rigiga boring. Sport bilan shug‘ullanish sizga bugun foyda keltirmaydi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 martda faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish tutishga harakat qiling. Xudo ko‘rsatmasin, qalbingizga qarshi borib qo‘ysangiz, muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lishingiz tayin. Bir jamoada anchadan beri birga ishlaydigan hamkasblarga va do‘stlarga ishonch bajo aylang. Juftingiz kun davomida sizga o‘z injiqliklarini ko‘rsata boshlashi mumkin. Bardoshli bo‘ling. Ovqatlanishda rejimga amal qilmasangiz, gastrit orttirib olishingiz hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin. Barakasini bersin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunni yaqin o‘tmishni esga olishdan, bolalikni sog‘inishdan, eng yaqin insonlarni qo‘msab zorlanishdan boshlaysiz. Lekin bu taxlit o‘tiraversangiz, daromadni kim o‘ylaydi? Bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlar qalashib yotibdi. Demak, ham ishlab, ham sog‘insangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Dangasalikka yo‘l qo‘ysangiz, daromaddan aniq quruq qolasiz. Kunni iloji boricha ruhan tetiklikda kechirishga harakat qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
19 mart kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq ish doirasida miyangizga ajoyib g‘oya quyilib kelishi kutilmoqda. Bu g‘oyadan rahbarlar xabar topsa, lavozimingiz oshib, hamkasblar orasida hurmatingiz bir necha o‘n pog‘ona yuqorilashi ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada omadli kun deb bo‘lmaydi. Daromad olasiz, ammo qarzlarni qaytarish, yaqin kelajakda sarflanadigan pullar hisobini olishingizga to‘g‘ri keladi. Biroq qora qozon albatta qaynaydi inshoolloh. Ba’zilar juftining qondoshlari bilan sen-menga borib qolishi mumkin. Bosiqroq bo‘ling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Pul masalasida tavakkalchilikdan saqlaning. Birovlarni aldashni ham xayolingizga keltira ko‘rmang. Bularning ajri yomon bo‘ladi. Aqlni ishlatgan holda yo‘l tutsangiz, moddiy ahvolingizni qiynalmasdan yaxshilab olishingizga kafolat bor. Yangi ishga o‘tish, sog‘liqni mustahkamlash va ish yuzasidan yangi hamkorlar topish bugun xayrli kechadi. Rejalashtirilgan jarrohlik amaliyoti bugun yaxshilik keltirmaydi. Bu amalni boshqa kunga qoldiring.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 mart kuni rejalaringiz bir dunyo bo‘ladi. Baxtga qarshi ularning yarmisini ham ijobiy hal etishga ulgurmaysiz. Hisobotlar tayyorlashda, tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarni imzolashda sergak bo‘ling. Aldanib qolishingiz xavfi bor. Hasadgo‘y va sizni ko‘ra olmaydigan ichi qoralar tish qayrab yurgan bo‘lishi mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlarning omadi chopadi. Idealingizdagi inson favqulodda qarshingizdan chiqib qoladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Birinchi navbatda ertalabdayoq salomatlikni mustahkamlash rejasini tuzing. Vitaminlar qabul qilishni, sport bilan shug‘ullanishni boshlang. Aks holda jiddiy xastalikka chalinishingiz turgan gap. Ko‘ngli qoralardan biri shaxsiy hayotingizga ochiqchasiga aralashishga, juftingiz bilan orangizni buzishga bel bog‘lagan. Doimo hushyor turing. G‘iybatlarga sukut saqlagan holda javob qaytaring. Lekin xayolan bo‘lsa-da, undaylarni xudoga solishni unutmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. G‘uborlaringiz tarqaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 martda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni, sirli qirralaringizni namoyish etish uchun imkoniyatlar bir talay bo‘ladi. Foydalanib qoling. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda badavlat tanishlardan biri yordam qo‘lini cho‘zishi kutiladi. Tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash niyatida o‘tkazadigan barcha eksperimentlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib vaqt o‘tkazishingiz mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi