19:35 / 19.03.2018
10 600

Munajjimlar bashorati: 20 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 20 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Hayotingizning turli jabhalarida bugun tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Ishlaringiz o‘ngidan kelishi kayfiyatingizni ko‘tarib, o‘zingizni juda baxtiyor his eta boshlashingiz ehtimoldan xoli emas. Qarindoshlardan biri nimadandir qattiq xavotirga tushib sizni yordamga chaqirishi kutilmoqda. Bunday ishlarni bosiqlik bilan amalga oshirish lozimligini unutmang. Pul masalasida juda ehtiyot bo‘lmasangiz, u keraksiz yo‘nalishga qarab yo‘rg‘alay boshlashi mumkin. Kechqurun uyingizga olisdan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 mart kunning birinchi yarmida professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz doirasida yorqin hodisalar ko‘zga tashlanishi mumkin. Oilasizlarning romantik lahzalarni boshdan kechirishi ham ehtimolga yaqin. Ayrimlar ish bilan boshqa shaharga jo‘nab ketishi kutiladi. Agar kuch va imkoniyatlaringiz ishlarning hammasiga yetarli emasligini his etsangiz, eng muhimlariga qo‘l uring. Kechqurun ro‘zg‘ordagi yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish bilan band bo‘lasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Atrofdagilar qanday ish yuzasidan yordam so‘ramasin, faqat o‘z yumushlaringiz bilan band bo‘ling. Shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolarni katta tezlikda bartaraf etmasangiz, ular yig‘ilib boraveradi. Kechqurun sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Shu bahona vaqtingiz ajoyib tarzda o‘tadi. Toza havoda sayr qilishni ham unutmang. Ovqatlanishda ham me’yorni biling. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda har doimgiga nisbatan muloyimroq va qat’iyatliroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 mart kuni barchaga qanday ishlarga qodir ekaningizni ko‘rsatib qo‘ying. Bu sizga juda yaqin kelajakda qo‘shimcha daromadlar oqib kelishini ta’minlaydi. Bu yo‘lda to‘siqlar va noqulayliklardan cho‘chimasangiz bas. Faqat o‘z fikringizni barchaga singdirish fikridan yiroq bo‘ling. Salomatligingizni asrang, asabni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar sizga kuningiz juda yorqin kechishini bashorat qilishgan. Hatto, manaman degan mutaxassislar ham sizdan maslahat so‘ray boshlashadi. Bugun jufti bilan jiqillashib qolganlar uchun yarashish imkoni tug‘iladi. Undan foydalanib qoling. Tadbirkorlar har bir ishni tartibdan chalg‘imagan holda olib borishlari tavsiya etiladi. Shunda hamkorlar qarshisida hurmatingiz yuksak bo‘ladi. Basharti o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, vrach ko‘rigiga borib keling. Ikkiyuzlamachilarga yaqinlashmay qo‘ya qolganingiz ma’qul.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 martda birinchi qiladigan ishingiz shaxsiy hayotdagi ba’zi tartiblarga o‘zgartish kiritishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu yaqinlaringiz bilan bog‘liq. Kun davomida allakimlarning bema’ni savollari, tanqidlaridan charchaysiz. Iloj qancha. Hayotda har xil odam bor-da. Kunning ikkinchi yarmida yangi xobbi o‘ylab topishingiz mumkin. Bu xobbi kelgusida daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvdan voz kechsinlar. Bugungi uchrashuv sizga faqat ko‘ngilsizliklar olib keladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz ehtimoli bor. Bu odamlar keyinchalik sizga har jihatdan yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin. Agar hayotda nimadandir xalos bo‘lishni xohlay boshlasangiz, xohishingiz amrini ado eting, yengil tortasiz. Kunning ikkinchi yarmida telefon orqali kim bilandir qizg‘in suhbatga kirishishingiz kutiladi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
20 mart kuni diplomat niqobini kiyishingiz zarurati tug‘iladi. Shu niqob ko‘magida judayam kerakli odamlarni o‘z tomoningizga og‘dirishingiz kerak bo‘ladi. Bu sohada qiyinchilik tug‘ilmaydi. Sababi shuki, sizda diplomatlikka ham ajoyib iste’dod bor. Uni boshqalarga ham ko‘rsatib qo‘ying-da! Kechqurun kissangiz favqulodda pulga to‘lishi mumkin. Sizni oldinda yirik xaridlar kutib qoladi. Pullar o‘sha yoqqa sarflansa kerak. Asabni asrang. Qaqshamasin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Zimmangizdagi vazifalarni ko‘ngildagidek ado etish uchun do‘stlarni, tanishlarni jalb eting. O‘zingiz kechga qadar bu ishlarni yakunlashga ulgurmaysiz. Oila qurmaganlar romantik uchrashuvlardan bugun umid qilmasinlar. Yaxshisi, uydagi muammolarni bartaraf etish bilan shug‘ullaning. Uy va mashina ta’miri, boshqa uyga ko‘chish hamda salomatlikni mustahkamlash yo‘lida profilaktik ishlarni tashkil etish bugun xayrli kechadi. Oilalilar kechqurun farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishlari, shuning dastidan anchagina asabiylashib olishlari ham mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 mart kuni qarindosh-urug‘larga alohida e’tibor bering, ular orasida yoshi ulug‘ yo xastalari bo‘lsa, bayram oldidan xabar oling, tabriklang. Savobi tegadi. Juftingizning o‘zini tutishida shubhali harakatlar yuzaga kelganini payqab qolgan bo‘lsangiz, ochiqchasiga gaplashib olishdan tiyilmang. Kechqurun ro‘zg‘or uchun asqotadigan buyumlar xarid qilishingiz kutilmoqda. Lekin xariddan oldin byudjet masalasini ko‘zdan o‘tkazib oling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun atrofdagilar bilan munosabatda, muloqotda tilingizga erk berib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun kunni deyarli uyda o‘tkazing. Tushdan so‘ng yoningizga o‘zingiz uchun juda kerakli bir odam tashrif buyurishi kutiladi. Bu qarz olgan-u, anchadan beri qorasini ko‘rsatmay qo‘ygan tanish bo‘lishi ham mumkin. Kechqurun surunkali xastaliklarni xalqona usullar yordamida davolash muvaffaqiyatli kechadi. Hasadgo‘ylardan ehtiyot bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 martda ertalab uyg‘ongandan hech qayerga borishni, hatto, ko‘chaga chiqishni ham istamaydigan kayfiyatda bo‘lishingiz kutiladi. Go‘yo uydan nari ketsangiz, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadigan kabi qo‘rqa boshlaysiz. U holda uydagilar bilan birga vaqt o‘tkazganingiz eng ma’qul ish. Yoki yolg‘iz qolib o‘zingiz yoqtirgan filmni tomosha qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 20 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?