22:55 / 21.03.2018
9 491

Munajjimlar bashorati: 22 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun oila qurmaganlarning hayotida favqulodda hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Kimnidir sevib qolishingiz kutilmoqda. Haqiqiy iste’dodingizni nafaqat shaxsiy hayotda, balki ish joyingizda ham barchaga dadil namoyish eting. Bunga haqqingiz bor. Qaysar bo‘ling, bu odat ko‘pincha omadga olib boradi. Do‘stlar bilan muloqot qilish, ko‘ngil yozish va ish yuzasidan yangi hamkorlar topish xayrli kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, umuman ortga burilib qaramang. Faqat oldinga intiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 martda nimaiki ishga qo‘l urmang, baroridan kela boshlaydi. Odamlar to‘g‘risida yomon xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Aksincha atrofdagilarning yaxshi xislatlarini qidirib toping. Qidirsangiz albatta topasiz. Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qaratib qo‘yish ham yodingizdan ko‘tarilmasin. Sira qo‘rqmasdan, buyuk rejalarni tuzavering. Ularni amalga oshirish masalasini ham o‘ylab ko‘ring. Salomatlikni asrang. U pulga sotilmaydi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
22 mart kuni mabodo yangi ish boshlasangiz, ancha-muncha mushkulotlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Sizni bu harakatlaringiz falokatga yo‘liqtirishi, jar yoqasiga yetaklab borishi hech gap emas. Ayniqsa, mushkulotlar tufayli ruhiy sinish sizga sirayam kerak emas. Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh. Qarzlaringizni albatta to‘lab qo‘ying. Bugundan qoldirmang. Yelkangizdan tog‘ ag‘darilgan kabi yengil tortasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ish boshlashdan oldin rejani puxtalab oling. Mayda-chuyda jihatlarini ham nazardan qochirmang. Tadbirkorlar uchun moliyaviy inqirozdan sug‘urtalashga yo‘naltirilgan yangi shartnomalar tuzish bugun xayrli kechadi. Oila qurishga ulgurmaganlar bugungi ajoyib bahor kunida bo‘lg‘usi juftini albatta uchratadi. Oilalilar esa jufti bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib olishlari zarur. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Iloj topa olsangiz, bugun zararli odatlardan albatta voz keching.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
22 martda professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda o‘zingiz orzulagan natijalarga erishishingiz mumkin. Mavqeingiz sizning qarshiligingiz yo ikkilanishingizga qarab o‘tirmasdan yuqori cho‘qqilarni zabt eta boshlaydi. Xastalikka chalingan do‘stlarimiz xalqona usulda yoki o‘z bilganlaricha davolanmasinlar. Albatta vrachga borsinlar. Organizmni jismonan zo‘riqtirmang. Immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling. Ovqatlanishda faqat rejimga amal qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kuningiz bir dunyo quvonchlar va baxtga to‘lib-toshadi inshoolloh. Shaxsiy hayotingiz optimizmga to‘la bo‘ladi. Atrofdagilar, tanishlar, do‘stlar xatoga yo‘l qo‘ysa, tanqid ostiga olmang. Ijodkorlar ham bu ezguliklardan bebahra qolishmaydi. Olis safar bo‘ladimi, yangi shartnomalarni imzolash, muhim hujjatlarni rasmiylashtirish kabi amallar ko‘ngildagidek kechadi. Kechqurun yolg‘iz qoling. Ertangi kun uchun rejalar tuzing. Hasadgo‘ylardan nariroq bo‘ling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
22 mart kuni ish yuzasidan raqobatchilar, sizga hasad qiladiganlardan qo‘rqmasdan harakatlar sodir eting. Ishni shunday chiroyli tashkil etingki, nafaqat rahbarlaringiz, balki o‘sha hasadgo‘ylar ham og‘zini lang ochib qolsin. Kun bo‘yi sizga qo‘shimcha daromad beruvchi ish taklif etishlari mumkin. Oldin har taraflama o‘ylab keyin rozilik bildirsangiz yomon bo‘lmasdi. Olis safardan faqat kasal bo‘lib qolgan taqdiringizdagina voz keching.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz muhabbat, mehr va yorqin lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Demak, kayfiyatingiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi. To‘g‘ri, bunga qadar jiddiy to‘siqlarga duch kelishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ro‘zg‘orda elektr asboblaridan foydalanishda, serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergaklikni qo‘ldan bermang. Ayrimlar shaxsiy masalada safarga otlanishlari kutiladi. Salomatligingizni asrang. Asablarni qaqshashdan ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
22 martda omadga, muvaffaqiyat yoki tasodifga emas, faqat o‘zingiz, o‘z kuch va imkoniyatlaringizga ishoning. Bahorning quyoshli kunlari kimki qora terga botib ishlasagina kutilgan natijani beradi. Shaxsiy hayotingizda hammasi siz o‘ylagancha bo‘ladi. Yaqinlaringiz bilan o‘zaro munosabatlarda tanaffuslar yuzaga kelishidan saqlaning. Kimnidir ranjitib qo‘yishga ehtiyot bo‘ling. Kechqurun sizni qarindoshlar yoki do‘stlardan biri mehmonga taklif etishi ehtimolga yaqin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Hadeganda yo‘q joydan xayolot bilan bog‘liq g‘alabalarni o‘ylab topavergandan ko‘ra hayotga, dunyoga real ko‘z bilan boqqan holda harakatlar sodir eting. Emotsiyani o‘z vaqtida jilovlashga harakat qiling, asabiylashmang. Oiladagi bajarilajak ishlarning barchasini juftingiz bilan maslahatlashgan holda amalga oshiring. Yo‘qsa, o‘rtada katta janjal chiqishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Yolg‘onni ko‘p gapiradigan, yuzsiz va iymonsizlardan o‘zingizni olib qoching.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
22 mart kuni qalbingiz, hayotingiz romantikaga to‘lib- toshadi. Bundan tashqari, bilib-bilmay yolg‘on gapirib qo‘yishingiz mumkin. Ehtiyot bo‘ling. Ishlaringiz baroridan kelishi sizni shu qadar quvontiradiki, yaqinlaringizni ham unutib, go‘yo yettinchi osmonda parvoz qila boshlaysiz. Biroq sal pastroqqa tushish lozim. Yerda ham hayot qaynamoqda. Qolaversa, shodlanishga sal ertaroq. Kechqurun ba’zilarga xorijdan yaqindagina kelgan do‘sti kutilmagan sovg‘a hadya etishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Xohishlar ko‘p, orzular bir dunyo. Ammo ularning haqiqatga aylanish-aylanmasligi o‘zingizga bog‘liq. Yo‘lingizda ro‘baro‘ bo‘ladigan to‘siqlar, qiyinchiliklarning asl sababini aniqlasangizgina masala siz istagandek yechim topadi. Omadga erishish, mo‘may daromadga ega bo‘lish uchun eski yo‘ldan bormang, yangi yo‘llarni kashf eting. Kechqurun juftingiz bilan birga vaqt o‘tkazing.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?