QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun dam olish kuni. Ammo bilib-bilmay, ikkiyuzlamachilar bilan muloqot qilib yurmasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda bu dam olish kuni sizga tatimasligi mumkin. Agar unaqangi odamlar asabingizga tegsa, g‘ururingizni ochiqchasiga namoyish etingki, ikkiyuzlamachilar tegishli xulosa chiqarib olsin. Ishni tanlamasdan bajaring. Shunda ko‘zlangan daromadga egalik qila olasiz. Ammo salomatligingizni baribir birinchi o‘ringa qo‘ying. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 martda qalbingizni sog‘inch hissi chulg‘ab olishi kutiladi. O‘zingiz sezmagan holda muhabbat, kimgadir erkalanish va kimningdir ishonchiga sazovor bo‘lish kabilarni xohlay boshlaysiz. Mabodo ruhan tushkun holatga kira boshlasangiz, qalbingizga quloq tuting. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbat, haqiqiy mehr ortidan quvishni to‘xtatmang. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling. Tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qarating.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Atrofdagilar diqqat-e’tiborida bo‘lishga harakat qiling. To‘g‘ri, hozirgilarni uncha-muncha harakat bilan hayratga solish mushkul. Baribir harakat qiling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatning erkasiga aylanishingiz tayin. U sizga unutilmas lahzalarni hadya etishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida istirohat bog‘lariga oilaviy tashrif buyurish totli kechadi. Moliyaviy masalada ham qayg‘u chekmasangiz bo‘ladi. Bu muammo siz xohlagandek ijobiy hal bo‘ladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 mart kuni aldanib qolishdan saqlaning. Shu narsa dam olish kuningizni zaharga aylantirishini xohlamasangiz, yolg‘onni ko‘p ishlatadiganlar bilan tillashmang. Samolyotda parvoz qilish, shaxsiy mashinangizda olis safarga borish, ommaviy tadbirlarda ishtirok etish xayrli kechadi. Agar shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, foydali va yirik loyihaga katta pul tikavering. Bu ishingiz sizga faqat foyda olib keladi. Moliyaviy muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bitishi kutilmoqda.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun omadga erishishni istasangiz, yaqin o‘tmishdagi omadsizliklarni yodga oling. Shunda ishlaringiz ham baroridan kela boshlaydi. Kissangizga pul kelib tushishdan tiyilmaydi. Moliyaviy masalada tejamkorlik juda zarur. Shuning uchun pul sarflashda me’yorni biling. Iloj topsangiz, nochorlarning qaysidir biriga moddiy ko‘mak bering. Xudodan albatta qaytadi. Kechqurun ro‘zg‘ordagi ba’zi muammolar tufayli asabiylashishingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 martda tashqi ko‘rinishingizdan tortib xarakteringizgacha o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Bu professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda asqotadi. Qilayotgan mehnatingiz ijobiy natija berishini istasangiz, tajribaga emas, tafakkurga suyaning. Oilasizlar kechqurun bo‘lg‘usi juftini uchratib tanishishi mumkin. Bugun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatligingizni ehtiyot qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun ko‘plab mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishingiz kutiladi. Yo‘lingizda shunday ishlar ko‘ndalang bo‘ladiki, ularni zudlik bilan, sanoqli soatlarda bajarishingiz kerak bo‘ladi. Kimdir o‘zining bo‘lar-bo‘lmas gap-so‘zlari, harakatlari bilan g‘ashingizga tega boshlasa, u kimsa bilan muloqotni darhol to‘xtating. Bugun tomorqada ishlash, qurilish bilan band bo‘lish va boshqa uyga ko‘chib o‘tish muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
25 mart kunning birinchi yarmida ba’zilar shaxsiy avtomobilida safarga otlanishi kutiladi. Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Asosiysi, salomatligingizni nazoratda ushlang. Salomatligingiz yo‘lda pand bermasligiga ko‘zingiz yetmasa, o‘zingiz bilan dori-darmonlarni albatta ola keting. Havoning avzoyiga qarab kiyining. Ko‘cha taomini qayta-qayta ko‘zdan o‘tkazgachgina iste’mol qiling. Tadbirkorlar uchun 25 mart foydali shartnomalarni imzolash va kelishuvlarga erishishda omadli kechadi. Hasadgo‘ylar nazariga tushishdan saqlaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun har galgidek qalbingizga quloq tutishni bas qilishingiz kerak. Aks holda omadsizlikka uchrashingiz turgan gap. Kutilganidek daromad keltirishiga ko‘zingiz yetmasa, bu ishdan yuz buring. Sportchilarning kuni tug‘adi. Sportning qay turi bilan shug‘ullanmang, har bir harakatingiz muvaffaqiyat keltiraveradi. Kechqurun sportzalga bir o‘zingiz borgingiz kelmasa, yaqin do‘stlardan birini sherik qilib oling. Kechqurun ovqatlanishda me’yorlarga albatta amal qiling.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
25 mart kuni yechimini topish juda mushkul bo‘lgan masalalarni hal etishingizga to‘g‘ri keladi. Bu amalni ado etishda tajribangizga suyansangiz bas. Omad sizniki bo‘ladi. Kechki payt oilasi yo‘qlarga anchadan beri kutilayotgan baxt nihoyat nasib etadi. Siz idealingizdagi inson bilan uchrashuvga chiqasiz. Bugun zararli odatlardan bir umrga voz kechish totli va xayrli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Shu qadar ishingiz ko‘p bo‘ladiki, bir burda non yeb olishga-da, vaqt ajrata olmay xunob bo‘lishingiz mumkin. Biroq rahbarlar sizdan mamnun bo‘lishadi. Mavqeingiz ortishi ham ehtimoldan xoli emas. Bundan-da muhimrog‘i shuki, sizga navbatdan tashqari mukofot e’lon qilishadi. Oilada juftingiz tarafdan injiqliklar, asabiyliklar sodir etilishi kutilmoqda. Bosiqroq bo‘lasiz-da! Murosai madora. Hayotda ana shunaqangi notekisliklar uchrab turadi. Salomatligingizni asrang, kun davomida qon bosimingizni o‘lchatib turishga erinmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 martda haqiqat qidirish bilan band bo‘lasiz. Har bir burchakdan uni topishga oshifta bo‘lasiz. Haqiqat esa bajaradigan ishlaringiz sifatida ekanini keyinroq bilib olasiz. Tushdan keyin o‘ta ayyor va yuzsiz kimsa sizdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida unumli foydalanishga harakat qilib ko‘radi. Sergaklikni qo‘ldan bermang. Ba’zilar kechqurun bosh va oyoq og‘rig‘ini boshdan o‘tkazishlari kutiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi