22:43 / 27.03.2018
4 937

Qaysi odatlarimiz baxtni to‘liq his etishimizga xalaqit beradi?

Qaysi odatlarimiz baxtni to‘liq his etishimizga xalaqit beradi?
Shunday odatlarimiz ham borki, ular asabiylik, serzardalik va janjallarni keltirib chiqaradi. Natijada siqilish, yaxshi uxlay olmaslik kelib chiqadi va biz o‘zimizni baxtsiz his eta boshlaymiz. Bizga bir marta berilgan hayotdan to‘liq bahra olib yashashimizga qaysi odatlarimiz xalaqit beradi?

Hayotdan va taqdirdan nolishni to‘xtating
Nega odamlarga biror hodisa yoki vaziyatdan shikoyat qilganingizda o‘zingizni yengil his qilasiz? Sizga boshqalarning rahmi kelsa, bundan ahvolingiz yengillashadimi? Aksincha, odamlarning rahmini keltirish bu o‘z-o‘zingizni kamsitish emasmi?

Deylik, ishxonada boshlig‘ingizdan yaxshigina dakki eshitdingiz…Buning nimasi qo‘rqinchli? Balki haqiqatan ham ishga chin dildan kirishmagandirsiz… Topshiriqni bajarish davomida sizni ijtimoiy tarmoqlar, telefon yoki hamxonangiz bilan qahva ustidagi suhbat chalg‘itgandir… Bular ish sifatiga salbiy ta’sir qilib, unda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygandirsiz.

Agar bunday holatlar muntazam ravishda sodir bo‘lsa va ishingiz siz uchun zerikarli bo‘lsa, unda faoliyat turingizni boshqa sohaga almashtiring. O‘z vaqtingizni ham, boshlig‘ingiz vaqtini ham behudaga sarflamang.

Boshqalarni tanqid qilishni bas qiling!
Tanqidni boshqalarga nisbatan emas, o‘zingizga qo‘llab ko‘ring. Boshqalarni tanqid qilish bu bema’nilik, u salbiy hissiyotlarni keltirib chiqaradi va munosabatlarga rahna soladi.

Boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish uchun harakat qilishni to‘xtating
Sizni yaxshi ko‘rishlari, qadrlab, hurmat qilishlarini xohlaysizmi? Unda yuzingizdagi niqobni olib tashlang, asl qiyofangizni namoyon qiling. O‘zingizni va o‘z o‘rningizni topsangizgina, do‘stlar, sevimli inson va yaxshi ishga ham ega bo‘lasiz. Kimlargadir o‘xshashga harakat qilishdan, boshqalar ko‘z oldida va qolaversa, o‘z-o‘zingizga mug‘ombirlik qilishdan xalos bo‘lasiz. O‘zingizni qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha yaxshi ko‘rishga harakat qiling, shunda atrofingizdagi odamlar ham sizga maftun bo‘ladi.

O‘z imkoniyatlaringizga to‘g‘ri baho berib, ularni rivojlantirib boring. Kimnidir kiyinish uslubini o‘zingizga qo‘llamasdan, o‘ziga xos va siz uchun qulay bo‘lgan uslubni yarating!

Bahonalar topish odatini tashlang
Hisobot tayyorlashingiz, uyni ta’mirlash yoki o‘rtog‘ingiznikiga hasharga borishingiz kerakmi? Lekin qaysidir sabablarga ko‘ra, ularni bajarishni istamayapsizmi? Ularni bajarmaslik uchun turli bahonalarni o‘ylab topdingiz, shundaymi? Lekin yana bir kun o‘tib, yana o‘sha bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlar sizni qiynay boshlaydi, kayfiyatingiz tushadi. Yaxshisi ertami-kechmi baribir bajarishingiz kerak bo‘lgan ishni orqaga surmasdan, o‘z vaqtida bajaring. Bu bilan siz ortiqcha bosh og‘riqdan qutulasiz. Bajarilgan ishdan mamnun bo‘lib, kayfiyatingiz ham ko‘tariladi.

Ichki ovozingizga quloq tuting
Ko‘pchilikning hayot tarzi o‘zi istagandek emas, balki undan yon-atrofdagilar, ota-onasi, eri yoki turmush o‘rtog‘i kutgandek kechadi. Agar siz ularning ba’zi fikrlariga qo‘shilmasangiz, o‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan tarzda hayot kechirishga haqlisiz.

Inkor etuvchi qo‘shimchadan foydalanmaslikka intiling
«Qilolmayman», «xohlamayman», «bilmayman» yoki «qo‘limdan kelmaydi» kabi so‘zlarni unuting. Urinib ko‘ring, o‘rganing, harakat qiling va intiling!

Mazkur tavsiyalarni eslab qolishga harakat qiling! Ularga amal qila boshlasangiz, yelkangizdagi og‘ir yukdan qutulgandek bo‘lasiz!

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi odatlarimiz baxtni to‘liq his etishimizga xalaqit beradi?