16—22 aprel, 2018 yil.
Hamal
Asosiy vaqtingizni oila va bolalarga ajratsangiz, bundan barcha xursand bo‘ladi. Biznesda yangi bosqich boshlanadi. Natijada, mo‘maygina daromadga ega bo‘lishingiz mumkin. Ish bilan bo‘lib sog‘ligingizga e’tiborsiz qaramang.
Dam olish kunlarini sevimli mashg‘ulotingizga, farzandlaringizga ajrating.
Savr
Bu hafta «savr»larning sayohatga chiqishi kutilmoqda. Bir olam taassurotlar bilan qaytasiz. Biroq ortiqcha xarajatlar qilmaganingiz ma’qul. Aks holda moddiy tomondan qiynalib qolasiz.
Hafta o‘rtasida qo‘shimcha daromad qilish imkoni tug‘iladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Shanba va yakshanba kunlarini oila davrasida o‘tkazishingizni tavsiya etamiz.
Javzo
Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi mumkin. Qo‘shimcha bonus yoki «syurpriz»larga ega bo‘lasiz. Haftaning ikkinchi yarmida hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolaysiz. Bu biroz murakkabdek tuyulsa-da, oson hal bo‘ladi. Juma ro‘zg‘or uchun muhim xaridlar kuni.
Hafta so‘ngida olis safarga chiqmaganingiz ma’qul. Dam olish kunlari ham jamoat tadbirlarida ishtirok etishingiz kutilmoqda.
Saraton
Har bir ishda muvaffaqiyat qozonasiz. Bunga tinib-tinchimasligingiz sabab, albatta. Rahbariyat ham sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Hafta o‘rtasida ba’zi tartibsizliklar sabab, ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Hushyorroq bo‘lsangiz buning oldini olasiz.
Sog‘lik hammasidan muhim. Shuning uchun ish bilan birga o‘z vaqtida dam olishni ham unutmang.
Asad
Bu hafta ko‘pdan beri rejalashtirib qo‘ygan ishlaringizni amalga oshirasiz. Natijada, mo‘maygina daromadga ega bo‘lishingiz kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘oyalaringizni amaliyotga tadbiq etasiz. Bunda hamkasblaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yulduzlar salomatligingiz borasida ham jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya etyapti. Dam olish kunlari mehmonga borishingiz mumkin.
Sunbula
Asosan, tashkiliy ishlar bilan band bo‘lasiz. Ko‘proq vaqtingizni hujjatlarga ajratasiz. Ishdagi muammolarni hal etasiz. Karerada muvaffaqiyatlar kutmoqda! Faqat shoshib, qaror qabul qilmang. Do‘stlaringiz ham yutuqlaringizdan xursand bo‘lishadi.
Haftaning ikkinchi yarmida ijodiy safarga chiqasiz. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazganingiz ma’qul.
Mezon
Hamkorlar bilan muhim masalalarni hal etasiz. Bunda ba’zi muammolarga duch kelishingiz mumkin. Xavotir olmang, ularni bartaraf etishda ortiqcha qiyinchilik bo‘lmaydi. Kutilmaganda ishingizda yangi o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor.
Bo‘ydoq «mezon»lar muhabbatini uchratib, bundan boshlari ko‘kka yetadi. Hafta oxirida oilaviy muammolaringizga yechim topasiz.
Aqrab
Maqsadga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Muammolardan cho‘chimang. Aql bilan ish tutsangiz barchasini yengib o‘tasiz. Buning uchun sizda iste’dod ham, iqtidor ham yetarli.
Ish bilan bo‘lib shaxsiy hayotni ham unutib qo‘ymang. Chunki oila ishdan ko‘ra muhim. Farzandlaringizga ko‘pdan beri va’da qilgan sovg‘alarni taqdim etasiz. Kutilmagan «syurpriz»lardan xursand bo‘lishadi.
Qavs
Hafta boshida biznes hamkorlardan ko‘plab foydali takliflar tushadi. Natijada, ko‘pdan beri rejalashtirgan maqsadingizga erishasiz. Faqat shoshilmay, vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlasangiz barcha yumushlarni amalga oshirasiz.
Juma kuni ajoyib xaridlar qilasiz. Bundan oila a’zolaringiz xursand bo‘lishadi. Dam olish kunlari ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz tashrifidan xursand bo‘lishingiz kutilyapti.
Jadiy
Bu hafta hissiyotlarga berilmay, ishingizga mas’uliyat bilan yondashing. Shunda hamkasblaringizning sizga bo‘lgan ishonchi ortadi.
Haftaning ikkinchi yarmi sayohat uchun qulay fursatdir. Bundan unumli foydalaning. Shanba va yakshanbada yaqinlaringizni yo‘qlang. Balki biror yordamingiz kerakdir.
Dalv
O‘zingizga ishoning. Hech ikkilanmay dadil qadam tashlang. Ana shunda barcha maqsadlaringiz amalga oshadi. Aks holda, hamma narsadan quruq qolishingiz mumkin. Ishbilarmon hamkorlar bilan bitim tuzishda hech ikkilanmang. Ular sizning g‘oyalaringizga xayrixohlik bildirishadi.
Salomatligingiz bezovta qilsa, albatta, shifokorga murojaat eting.
Hut
Hafta boshida ko‘plab muhim uchrashuvlarda ishtirok etasiz. Bu kelajakda, albatta, ijobiy samara beradi. Natijada, moliyaviy holatingiz ham yaxshilanadi. Ko‘pdan beri yechimini kutayotgan muammolarni hal etasiz. Faqat hushyorlikni unutib qo‘ymasangiz bo‘lgani.
Haftaning ikkinchi yarmida biroz ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Ularni hal etishda yaqinlaringizdan maslahat so‘rang.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi