
Savol:
– Assalomu alaykum! Arzimagan savolim bor edi, soqolni qora rangga bo‘yasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Oxir zamonda soch-soqolini kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yaydigan qavmlar bo‘lur. Ular jannatning hidini ham hidlamaslar», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ulamolarimiz ushbu rivoyatdagi «kabutarning to‘shiga o‘xshatib» degan ma’noni ikki xil tushunish mumkin, deydilar.
Birinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni faqat jag‘lariga xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qo‘yadilar. Bunda sunnatga xilof qilib, faqat iyakkagina soqol qo‘yish ham qoralangan bo‘ladi.
Ikkinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yab yuradilar.
Demak, ikki mazkur ish ham yaxshi emas ekan. Ulamo ahli soch-soqolni qoraga bo‘yash haqidagi barcha dalillarni chuqur tahlil qilib chiqib, soch-soqolni qoraga bo‘yash makruh, degan qarorga kelishgan. («Hadis va Hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing