00:34 / 26.04.2018
6 343

Dahriyni yig‘latgan Kalom yoxud “sevgi haqida” qo‘shiq

Dahriyni yig‘latgan Kalom yoxud “sevgi haqida” qo‘shiq
Bir akamiz o‘z boshidan o‘tgan voqeani aytib berdi...

80-yillarda Sovet armiyasida harbiy xizmatda haydovchilik qilganman. Rulda ketayotib bilgan suralarimni pichirlab takror qilib yurish odatim bor edi. Bir kuni komandirimiz sezib qoldi.

– “Chto chitayesh?”, – dedi.

– “Pesnyu poyu”, – dedim-u, qo‘rqib kettim. Chunki dahriy kommunistlar davri edi.

– “Pro chto eto pesnya”, – dedi.

– “Pro lyubov”, – deya oldim xolos.

– “Davay gromche”, – dedi.

Nima qilishim bilmay bir fursat tilim aylanmay qoldi...

Nihoyat Allohim O‘zingga tavakkal deb, baland ovozda qiroat qila boshladim.

Qiroat qilib ketyapmanu, endi nima bo‘ladi degan ming xayol bilan sekin komandirga ko‘z tashladim. Qaradimu, hayratdan meni ham ko‘zimga yosh keldi. Chunki komandir tinmay yig‘lar edi...

O‘zi rus, nomusulmon. Ruschadan boshqa tilni bilmaydi. Eshitayotgani Allohning muqaddas kalomi ekanidan esa mutlaqo xabari yo‘q.

Shu bo‘ldiyu, qachon uzoqroq yo‘lga chiqsak, “Davay, poy pro lyubov” deydigan va Qur’onni eshitib tinmay yig‘lab ketadigan bo‘ldi. Men ham xotirjam baland ovozda qiroat qiladigan bo‘ldim. Faqat bu ishni ikkimizdan boshqa birov bilmasdi...

Shokirjon UMARJON


Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dahriyni yig‘latgan Kalom yoxud “sevgi haqida” qo‘shiq