08:38 / 06.05.2018
5 674

Vazn kamaytirishda qo‘l keladigan 20ta maslahat

Agar tana vazni kamayishiga erisha olmayotganlardan bo‘lsangiz, u holda odatlaringizni o‘zgartirishingiz kerak. Tongdan boshlang va odatiy ishlaringizning bir qismini ozishga yordam beradigan harakatlarga o‘zgartiring. Shunday qilsangiz, hech qanday mashaqqatsiz ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz. Muhimi - qayta semirmaysiz.
Vazn kamaytirishda qo‘l keladigan 20ta maslahat
— 1 —

Nonushtani o‘tkazib yubormang. Aks holda kun davomida ko‘p yeb yuborasiz. Uyg‘onganingizdan keyin 1-2 soat ichida nimadir iste’mol qiling (qahva – yegulik emas).

— 2 —

Tongni nonushta tayyorlashga sarflamang. Kechki payt sulining ustiga qaynoq suv quying. Shunday qilsangiz, nonushtani o‘tkazib yubormaysiz. Yong‘oq, meva va dolchin qo‘shib, ishxonadagi avtomat qurilmadan sotib olinadigan narsaga qaraganda foydali va mazali taomga ega bo‘lasiz.

— 3 —

Oqsil qo‘shing. U ko‘proq vaqt davomida to‘q yurishingizga yordam beradi. Biroq oqsilning sifatli manbalari – tuxum, baliq va yogurtni tanlang.

— 4 —

Kulchalarni unuting. Shirin, lo‘ppi kulchalar juda chiroyli ko‘rinadi, biroq ular nonushtaga (umuman olganda, tushlik va kechki ovqat uchun ham) eng to‘g‘ri tanlov emas. Muvozanatlashgan taomlar, masalan go‘shti qizil baliqli buterbrod iste’mol qiling.

— 5 —

Ko‘k choy iching. Undagi katexin moddasi hazm bo‘lish jarayonini tezlashtirib, yog‘lar erishiga yordam beradi.

— 6 —

O‘tirgan holda ovqatlaning.Tong qanchalik “hovliqma” bo‘lmasin, xotirjam nonushta qilish uchun 10 daqiqa vaqt toping. Stolga o‘tiring va taomga diqqatingizni qarating: ana shunda ko‘proq to‘yinasiz va zavq olasiz.

— 7 —

Erta turing. Statistika shuni ko‘rsatadiki, erta turganlar ixchamroq va baxtliroq bo‘lishadi. Bu so‘fito‘rg‘ay bo‘lish va uyg‘otgichni vaqtliroq qo‘yishda siz uchun rag‘batga aylansin.

— 8 —

Maqsadingizni yodda tuting. Smartfoningizda kaloriya miqdoringiz normasini eslatib turuvchi ilova o‘rnating. Yoki ushbu son yozilgan varaqni ko‘rinadigan joyga yopishtirib qo‘ying. Bu sizga kun davomida foydali mahsulotlarni tanlashda yordam beradi.

— 9 —

Vazningizni har kuni o‘lchang. To‘g‘ri ovqatlanish zaruriyati to‘g‘risida unutmaslikka yordam beradi. Shunday qilsangiz, “kutilmaganda” ortiqcha 15 kilogramga semirib ketmaysiz.

— 10 —

Pardalarni oching. Karavotdan turishingiz bilan xonaga quyosh nurini “qo‘yib yuboring”. U sirkad sur’atlari va modda almashinuvini normallashtirishga yordam beradi. O‘zingizni yaxshiroq his etasiz va kamroq yeysiz.

— 11 —

Bir stakan suv iching. Suv ham musaffolik beradi, ham hazm qilish jarayonini tezlashtiradi, ishlash qobiliyati ortadi. Ko‘proq suv ichishni odatga aylantiring.

— 12 —

Meditatsiya qiling. Tongni meditatsiyadan boshlang va nafas olish, hamda yoqimli fikrlarga diqqatingizni qarating. Yaxshisi ichki dialogni batamom to‘xtating. Zo‘riqish darajasining pasayishi yog‘ yig‘ilishining oldini olishda yordam beradi. Ijobiy kayfiyat shirinliklar o‘rnini bosadi.

— 13 —

Nonushtadan avval kiyining. Nonushta vaqtida tungi ko‘ylak va xalat kiymang. Bugun ishga borishingiz kerak bo‘lmasa ham chiroyli va bashang kiyining. Bu o‘zingizni chiroyli his etishga yordam berib, ko‘p yeb qo‘yishdan saqlaydi.

— 14 —

Och qoringa mashq qiling. Qorning ochligida yog‘ zaxirasi ishga tushadi.

— 15 —

Qiziqroq narsa tomosha qiling.Avvaldan ma’lumki, 10 daqiqali kulgi bir stakan qaymoq o‘rnini bosadi, biroq sizga kaloriya qo‘shmaydi! Aksincha, kulgili video yoki rasmlarni 10 daqiqa ko‘rish mobaynida 20 dan 40 gacha kkal sarflaysiz. Muhimi – o‘zingizni cheklamang, chin dildan kuling.

— 16 —

Garmdori qo‘shing. Birinchidan, u omlet, avokado va sendvichni mazaliroq qiladi. Ikkinchidan, qora murch tarkibidagi moddalar yangi yog‘ hujayralari paydo bo‘lishining oldini oladi.

— 17 —

Dolchin qo‘shing. U ishtahani nazorat qilishga yordam beradi.

— 18 —

Tarkibida oqsil bo‘lgan tayoqchalarni tanlang. Bu tongda uxlab qolib, nonushta qilolmay qolgan vaqtingizda qulay usul. Biroq ushbu yegulikni aql bilan tanlang (ortiqcha quvvatsiz), yaxshisi o‘zingiz mustaqil tayyorlang.

— 19 —

Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratmang. Ozishni istaganlarning ko‘pchiligi tuxumning sarig‘idan voz kechib, faqat oqini yeyishadi. Biroq tuxum sarig‘ida nafaqat quvvat va yog‘, balki tuxumdagi asosiy foydali moddalar ham mavjud. Yaxshisi tuxumni butunligicha, biroq kamroq iste’mol qiling.

— 20 —

Har qanday holatda ham miriqib uxlang. Agar sport bilan shug‘ullanish, mazali nonushta tayyorlash yoki meditatsiya qilish uchun ertaroq turmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun ertaroq yotish kerakligini yodda tuting. Kun davomida kuchga to‘la holda yurish uchun sizga qancha xordiq kerak bo‘lsa, ana shuncha uxlang.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn kamaytirishda qo‘l keladigan 20ta maslahat