
* Linzadan birinchi kun 30-45 daqiqa foydalanish maqsadga muvofiqdir.
* Uyquga ketishdan avval linzalarni yechishni unutmang. Agar linza ko‘zingizda qolib ketsa, kislorod yetishmasligi tufayli ko‘z atrofida qichishish holati paydo bo‘lishi mumkin.
* Ko‘z ichi quruq turiga kiruvchi bemorlarning linzalarini ko‘proq tozalash, xavfsizlantirish, sun’iy yosh tomchilari va turli dorilardan samarali foydalanish shart.
* Kontakt linzalar gigiyena talablari darajasida xavfsizlantirilmasa, unga mikroblar tushishi mumkin.
* Foydalanadigan linzani yaxshi tanlash ham yuksak mahorat talab etadi. Uning tana, qosh rangi bilan hamohangligiga e’tibor bering.
* Undan foydalanib bo‘lgach, o‘zining maxsus idishiga yechib qo‘ysangiz, tirnab zararlamaysiz.
* Foydalanib bo‘lgan suyuqlikni qayta ishlatmang.
* Ko‘zingizda qichish yoki qizarish alomatini sezsangiz ham undan foydalanishni maslahat bermaymiz.
Kontakt linzalar haqida qizqarli faktlar:
* Birinchi kontakt linza 1887 yilda ixtiro qilingan.
* Ko‘pchilik qand kasalligiga chalingan insonlar uchun linza taqish taqiqlanadi deb o‘ylashadi. Lekin bu noto‘g‘ri.
* Birlashgan davlatlarda 30 million odam kontakt linzalardan foydalanadi.
* Linzadan foydalanuvchilarning 2/3 qismini ayollar tashkil etadi.
* Foydalanuvchilarning 75 foizi 25 yoshdan oshgan insonlar hisoblanadi.
* 80 foiz odamlar yumshoq linzalardan foydalanishadi.
* 90 foiz foydalanuvchilar ko‘ziga mikrob tushishidan qo‘rqib, tozalikka jiddiy rioya qiladilar.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar