Hazrat Ali roziyallohu anhu shunday dedilar: «Agar Alloh bu ummatni azoblashni xoxlaganida edi, Ularga Ramazon oyi va “Ixlos” surasini ato qilmas edi». Tasavvur qiling, xonadonimizga mehmon tashrif buyurmoqchi.
Mehmon qancha uzoqdan kelsa, shuncha qadrli bo‘ladi. U bizning sevimli kishimiz, qadrdonimiz, birga o‘qigan do‘stimiz yoxud bir qancha vaqtdan buyon xonadonimizga tashrif buyurishi intizorlik bilan kutilayotgan eng qadrli kishimiz. Biz u mehmonning ko‘nglini olishni har chorasini izlaymiz. O‘zgacha bir xursandchilik, zav-shavq, o‘zgacha bir ishtiyoq bilan, mehmonni munosib kutib olishga tayorgarlik ko‘ramiz. Uyimizni saranjom-sarishta qilib tozalaymiz. Darsturxonga tortilgan nozu-ne’matlarni did bilan bezaymiz va yana qayta ko‘zdan kechiramiz. Har bir narsaga alohida e’tibor qilamiz, toki biror narsa mehmonning ko‘ngliga tegmasin deymiz. Hattoki mehmon kelishiga poyondozlar solib kutib olamiz. Zero, mehmondo‘stlik xalqimizning qon- qoniga azal-azaldan singgan yaxshi xislat va muqaddas dinimiz ko‘rsatmasi ekani barchamizga ma’lum.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollollohu alayhi vassallam “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa mehmonni xurmat qilsin. Kim Allohga va oxiratga iymon keltirsa yaxshi gaplarni aytsin yoki jim tursin” dedilar. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamning ushbu hadislariga muvofiq bizning xalqimiz mehmondo‘st, hamisha mehmonning hurmatini, izzatini joyiga qo‘yib kelgan.
Mehmon biz uchun qancha qadrli bo‘lsa tayorgarlik ham shunga yarasha bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyi ham aslida bizlar uchun mehmon. U ham uzoqda, bir yilda bir keladi. Ramazon mexru-muruvvat, xayru-saxovat oyi. Ramazon qalb, rux va jasadimiz poklanadigan oy. Ramazon oyi duolarimizning ijobat bo‘ladigan, qadr kechasi, tarovih namozlariyu, xatmi Qur’onlar barakasi, ro‘zadorni iftorlantirishning savobidan baxramand bo‘ladigan, xayrli amallarimiz uchun savoblar, ajrlar, ko‘paytirib beriladigan fazilatli, barakotli oy. Zero Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallam “Agar ummatim Ramazon oyida ular uchun qancha fazilatlar borligini bilganlarida edi, yilning hammasini Ramazon bo‘lishini xohlar edilar” deganlar. Xo‘sh, biz Ramazon oyini kutib olish uchun qanday tayorgarlik ko‘rdik. Iftorligu, saharlik uchun ozuqa jamlashimiz, bozordan turfa xil mevalarni sotib olib muzlatgichni to‘ldirish, iftorga qanday taom yeyish, saxarlikka qaysi taomni tayorlashl haqida o‘ylayotgan bo‘lsak, bu Ramazon oyiga tayorgarlik degani emas.
Ramazon oyga tayorgarlik , avvalo qalbni poklash, agar bir biri bilan arazlashgan, janjallashgan kishilar bo‘lsa, gina va xusumatlarini unutib bir biri bilan yarashish, qo‘ni-qo‘shni, mahallada, qarindoshlar orasida yordamga muxtojlarga muruvvat ko‘rsatish, yodam qo‘lini uzatish, qarindoshlarga silai rahm qilish, bemorlarni ziyorat etish, yetimlar boshini silash, yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olish, savobli ishlarga shoshilishu, barcha gunoh ishlardan o‘zini tiyish, birovning diliga ozor yetkazib qo‘yishdan, birovning xaqqiga tajovuz qilishdan saqlanish kabi ishlarni amalga oshirish bilan bo‘ladi. Ana shunda biz Ramazon oyini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lamiz. Ana shunda Ramazon oyidagi barcha barakotlaru, fazilatlardan baxramand bo‘lamiz. Ramazon poklanish oyi ekan, keling aziz yurtdoshlar avvalo qalbimizni poklaylik. Agar qalbimiz pok bo‘lsa boshqa a’zolarning gunoh qilishiga imkon bermaydi. Chunki qalbi pokiza odamdan diomo yaxshilik umid qilinadi. Alloh barchamizni Ramazon oyidagi fazilatlardan bebahra qoldirmasin. Omin.
Maqsudali QOSIMOV,
Xo‘jaobod tuman bosh imom xatibi.
Xo‘jaobod tuman bosh imom xatibi.
Manba: Masjid.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi