Ramazonning avvalida ibodatlarga himmatimiz baland bo‘ladi. Tarovihning ilk kunlarida masjidlarni to‘ldirib yuboramiz. Lekin Ramazon o‘tib borar ekan, ibodatlarda sustlashib boramiz. Ayniqsa, ramazonning yarmi o‘tib, masjidlarda xatmlar tugar ekan, jamoat ham kamayib ketadi. Hatto xatmni tugatgach, ramazonning qolgan kunlarida iftorliklarda bemalol o‘tirib, masjidga bormay ham qo‘yaveramiz. Bu ishimiz noto‘g‘ri. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazon oxirlab borar ekan, ibodatga yanada jiddiyroq kirishar edilar. Hadisi sharifda shunday deyilgan: “Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Qachon (oxirgi) o‘n kunlik kirsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam izorlarini mahkam bog‘lab*, kechani bedor o‘tkazar va ahllarini uyg‘otar edilar”. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
* “Izorlarini mahkam bog‘lab” so‘zidan – ibodatga astoydil bel bog‘laganlari yoki ayollaridan chetlanganlari tushuniladi.
Yugurish musobaqalarida marra ko‘rinishi bilanoq sportchilar jon-jahdi bilan chopa boshlaydi. Futbol yoki basketbol o‘yinlarida ham biror natija ko‘rsatish ilinjida, ayniqsa, oxirgi daqiqalarda o‘yinchilar shiddat bilan o‘ynashadi.
Oxirat yutug‘ini qo‘lga kiritish uchun undan-da qattiqroq harakat qilishimiz lozim bo‘ladi. Oxirgi amallar o‘ta ahamiyatli va e’tiborli hisoblanadi. Ramazon oyining eng afzal kechalari oxirgi o‘n kunlarining kechalaridir. Demak, marraga oz qoldi. Agar nafsimiz bu kechalarda bo‘shashib, dangasalikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, biz unga: “Ey nafsim! balki bu Ramazon sen uchun oxirgi ramazondir”, deb aytaylik!
“Musobaqa qiluvchilar mana shu (ne’matlar) yo‘lida musobaqa qilsinlar!” (“Mutoffifiyn” surasi, 26-oyat).
Qudratulloh SIDIQMETOV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi