Omonatlar hajmini oshirish va hamyon bo‘sh bo‘lishining oldini olishda yordam beradigan moliyaviy odatlaringiz bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring.
1. Omonatlaringiz mavjud
Matras ostida yoki omonatlar hisobingizda uch oylik kirimingiz hajmidagi mablag‘ bor. Bu pul sizga ishxonadagi qisqartirish, jarohat olish va boshqa yoqimsiz holatlar sababli doimiy daromad manbaini yo‘qotishingiz mumkin bo‘lgan vaziyatlarda asqotadi. Uch oy davomida zahirangizdagi pul bilan kommunal to‘lovlar, uy ijarasini to‘lash, mahsulotlar xarid qilish va umuman olganda, odatdagidek yashashingiz mumkin bo‘ladi.
2. Har maoshning bir qismini yig‘ib borasiz
Agar har maoshdan zahirangizni to‘ldirib borsangiz, bu birvarakayiga ikki yaxshi narsa haqida dalolat beradi. Birinchisi: uchma-uch yashamayotganingiz va kirimning bir qismini yig‘ish imkoniyatining mavjudligi. Ikkinchisi: jamg‘armangiz hajmi har oy ortmoqda.
3. Har bir xarajatni qayd etasiz
“Pul hisobni yoqtiradi” iborasi bejizga paydo bo‘lmagan, mablag‘ pala-partishlikni xush ko‘rmaydi. Siz barcha xarajatlarni qayd etasiz, hatto ular byudjetni yuritishdagi xatolaringizni namoyish etsa ham. Bu chiqimlarning qay birining oldini olishni tahlil qilish va oy oxirida xarajatlarni tahrirlashda yordam beradi.
Foto: Pixabay
4. Bir necha “hamyonlaringiz” bor
Siz moliyaviy masalalarda xotira va vaziyatlarga qarab ish tutmaysiz. Shuning uchun kundalik ehtiyojlarga atalgan pul kartochkada, fors-major holatlariga mo‘ljallanganlari – omonat jamg‘armasi hisobida, xonadon, mashina sotib olish va ta’til kabi yirik xaridlar uchun ajratilgan pul – depozitda turadi.
Umuman olganda, mablag‘ qog‘oz konvertlarga solib, ajratib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Muhimi, boshqa maqsadlar uchun to‘plab qo‘yilgan jamg‘armani kutilmaganda sarflab yuborish tahdidi mavjud bo‘lmasligidir.
5. Tejashni bilasiz
Siz kundalik xarajatlarda pulni tejashning ko‘plab usullarini bilasiz. Masalan, mahsulot donasi narxi sizga arzon bo‘lishi uchun katta o‘ramdagilarini tanlaysiz, supermarketlarga qorningiz ochligida bormaysiz va merchendayzerlarning tezkor xaridga undovchi “qarmoqlaridan” xabardorsiz.
6. Foydasiz xaridlarni “chetlab o‘tasiz”
Pulni havoga sovurishning bir necha oddiy usullari mavjud: supermarket kassalarida paketlar, qahva shahobchalaridan qahva xarid qilish kabi xarajatlarning oldini olish oson.
Foto: Pixabay
7. Xaridlar ro‘yxatini tuzasiz
Ortiqcha xarajat qilishning oldini olishdagi oson usul – nima sotib olishni oldindan, ongli ravishda tushunish.
8. Bir oy va yil uchun byudjetni rejalashtirasiz
Shaxsiy moliyaviy reja pul bilan munosabatlarni oson va tushunarli holatga keltiradi. Qaysi xarajatlarni chetlab bo‘lmasligi, xursandchilik uchun qancha pul qolishini bilasiz hamda yirik chiqimlarni prognoz qilib, ular uchun oldindan pul ajratishni boshlaysiz. Bu hamyon goh liq to‘la, goh qup-quruq bo‘lishi kabi “arg‘amchi” holatini bartaraf etish va o‘zingizni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash imkonini beradi.
9. Maoshga ikki kun qolganda cho‘ntagingizdan mayda pul qidirmaysiz
Sizda maoshga ikki kun qolganida hatto non va sut xarid qilish uchun pul qolmasligi holati kuzatilmaydi. Ikkita sababi bo‘lishi mumkin: yoki siz byudjetni mohirona rejalashtirasiz, yoki pulni sarflaganingizdan ko‘ra ko‘proq ishlab topasiz.
10. Kommunal to‘lovlar, soliq va jarimalarni vaqtida to‘laysiz
Qarzni to‘lamaganlik bo‘yicha to‘lov (penya) – esdan chiqarish va intizomga ega emaslik uchun beriladigan yoqimsiz moliyaviy jazo. Agar to‘lovlar vaqtida amalga oshirilsa, uni osonlik bilan chetlab o‘tish mumkin. Siz buni bilasiz va xatoga yo‘l qo‘ymaysiz.
Foto: Pixabay
11. Moliyaviy maqsadlar va ularga erishish rejasiga egasiz
Siz ta’til, avtomobil yoki neft-gaz kompaniyasining aksiyalari nazorat paketiga pul yig‘ib borasiz. Siz inflyatsiyani hisobga olgan holda qancha pul kerakligini aniq bilasiz, maqsadga erishishning aniq muddatini belgilab, jamg‘arib borish grafigi bo‘yicha har oy pul yig‘ib borasiz. Bunday yondashuv barcha o‘ylaganlaringiz amalga oshishiga guvohlik beradi.
12. Narxlarni bilasiz
Siz uchun odatiy bo‘lgan mahsulotlar, xo‘jalik mollari va h.k lar qancha turishini bilasiz. Shuning uchun “aksiya” bo‘yicha beriladigan konservalar tomonga qarab “yugurmaysiz”. Ular qo‘shni supermarketda doimiy narxdan ikki baravar arzon bo‘lishini bilasiz. Bu do‘konlarning foydali takliflarini tanlash va ortiqcha pul ishlatmaslikka yordam beradi.
13. Tejashga yordam beradigan ilovalardan foydalanasiz
Moliyaviy muammoni yengillashtirishda qo‘l keladigan zamonaviy ishlanmalarga “ko‘z yumish” ahmoqlik. Turli do‘konlardagi narxlarni taqqoslaydigan va aksiyalarni kuzatib boradigan turli telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar mavjud. Sizga esa bunday moliyaviy tahlil uchun divandan turish ham talab etilmaydi.
Foto: Pixabay
14. Do‘stlar, qarindosh va tanishlardan qarz olmaysiz
Mavjud pul hajmiga mos ravishda yashash – pul bilan to‘g‘ri muloqot qilishning asosiy tamoyillaridan biridir. O‘z-o‘zidan, agar kirimingiz yetarli bo‘lmasa va kimdandir hayotingizda moliyaviy ishtirok etishini so‘rashga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, moliyaviy rejangizda nimadir noto‘g‘ri ketgan.
15. Jamg‘arib borish orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan narsalarga iste’mol kreditlari olmaysiz
Foizi juda past kredit va’da qilinayotgan bo‘lsa ham unga sug‘urta, mahsulotga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish yoki sizni ko‘proq to‘lashga majbur qiladigan nimadir “biriktirilgan” bo‘lishi ehtimoli katta. Ko‘plab xaridlar, masalan yangi telefon yoki o‘yin konsoli hayotiy muhim narsa sanalmaydi, biroz sabr qilish va tejab qolish mumkin.
16. Hisoblashni bilasiz
Maktabdagi algebra kursi hech qachon asqotmagan bo‘lishi mumkin, biroq matematika darslarida olingan bilim har kuni kerak. Oddiy hisoblashlar mahsulotni qaysi usul – karta orqali yoki aksiyada sotib olish foydali ekanini tushunish, yo‘l xarajatlari chegirmalaridan keladigan foydadan oshib ketmayotganligini aniqlashda yordam beradi.
17. Sizda kirimni oshirish rejasi mavjud
Tejamay turib ham yashash imkonini beruvchi kirim darajasiga ega bo‘lsangiz ham, faqat mana shuning o‘zi bilan chegaralanish samarali emas. Shuning uchun siz yuqori maosh to‘lanadigan mutaxassisga aylanish yo‘llarini izlaysiz: doimiy ravishda o‘qiysiz-o‘rganasiz, foydali aloqalarga ega bo‘lasiz, istiqbolli loyihalarda ishtirok etasiz. Bundan tashqari, kirimni oshirish uchun qaysi yo‘nalishda o‘sish kerakligini ko‘ra olasiz.
Foto: Pixabay
18. Sarmoya kiritishga qiziqasiz
Sarmoya kiritish foydali hisoblangan mablag‘ga ega bo‘lmasangiz-da, depozit, aksiya, sarmoya va pulni ishga soladigan boshqa usullar bilan qiziqasiz. Bu to‘g‘ri yondashuv bo‘lib, u sizga kamida inflyatsiya tufayli jamg‘armalarning bir qismini yo‘qotmaslikka yordam beradi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi