Odatda oila buzilgach, bir umr sobiq er-xotinlar bir-birlarini ko‘rishga ko‘zi, otishga o‘qi yo‘q holatda yashab o‘tishadi. Biroq ismi-sharifi sir tutilgan bu ayol eri bilan ajrashgach, o‘zida kuch topa oldi va sobiq eriga o‘z minnatdorligini izhor etdi.
— Hurmatli va aziz sobiq yostiqdoshim, — deb boshlanadi maktub. — Mana, bugun nihoyat 15 yildan so‘ng siz bilan birgalikda kechirgan hayotim yakun topdi. Men 15 yil ichida to‘liq o‘z jazo muddatimni sof ko‘ngil bilan o‘tadim. To ZAGS dan o‘tishdan tortib, ajrashish haqidagi hujjatga imzo qo‘yishga-da, chin yurakdan yondashdim va nihoyat ozodlikka chiqdim, erkin nafas ola boshladim. Shu sababli hamma-hammasi uchun sizga o‘z minnatdorligimni izhor etmoqchiman.
1. Siz tufayli hayotning turli mushkulotlari, azobli lahzalarini, jumladan, uy kalitini, pul, qo‘l telefoni yo‘qotish azobiga bardosh qilishni o‘rgandim. Hamma vaqt sizning bo‘sh asab tomirlaringiz aziyat chekmasligi uchun muammoli va chigal vaziyatlardan o‘z kuchim bilan chiqib ketishga odatlandim.
2. Sizning sharafingiz bilan hamshiralikni o‘zlashtirdim. Bolalar xastalansa, hamshira chaqirishga imkon yo‘q edi. Siz shpritsni ko‘rsangiz, hushingizdan ketib qolardingiz. Shuning uchun bolalarimga ukol qilishni o‘rgandim, keyin har gal sizni hushingizga keltiradigan bo‘ldim.
3 Sizning sharafingiz bilan uydagi barcha ta’mir ishlarini o‘z zimmamga oldim. Qulf buziladimi, elektr o‘tkazgichlar ishdan chiqadimi, uy devorlarini suvash kerak bo‘ladimi, o‘zim bajaradigan bo‘ldim. Chunki sizning bu ishlarga vaqtingiz ham, kuchingiz ham yetmasdi. Xayriyat, yaxshiyam shu ishlarni o‘rganib olgan ekanman. Endi erkaksiz yashashga sira qo‘rqmayman.
4. Siz tufayli JEK dagilar bilan janjallashishga, yo‘l patrul xizmati vakillari bilan tortishishga, jarimalarni to‘lashga, tushuntirish xatlari yozishga o‘rgandim. Aytgancha, siz haydovchilik guvohnomangizni boy bergach, o‘zim haydovchilikka o‘qidim. Axir, sizni qayergadir olib borish, yoki olib kelish zarur edi-da!
5. Sizning sharafingiz bilan ozib ketdim. Chunki hali bozor, hali maktab, hali bog‘cha, JEK, mahalla qo‘mitasi, do‘konga chopish mening zimmamda bo‘ldi. Agar shularning hammasini bir nuqtaga jamlansa, men yengil atletika, og‘ir yuklarni ko‘tarish bo‘yicha chempionga aylanib ketgan bo‘lardim. Nima qilay? Siz yugur-yugurlarni jiningizdan yomon ko‘rardingiz.
6. Sizning sharafingiz bilan men bir necha kasbni egallashga majbur bo‘ldim. Sababini bilasiz. Ro‘zg‘orni tebratish, sizni, bolalarni kimdir boqishi kerak edi-ku, axir!
7. Bilasizmi, men sizdan yana shuning uchun minnatdormanki, nihoyat men bilan yashashdan charchab o‘z ixtiyoringiz bilan ketishga qaror qildingiz. Ketayotganingizda, uy eshigini juda qattiq taraqlatib yopdingiz. Agar sekin yopsangiz, mening ketayotganingiz uchun qanchalar chuqur nafas olganimni eshitardingiz, yengil tortganimni ko‘rgan bo‘lardingiz.
Rahmat sizga! Meni tinch qo‘yganingiz, menga erkinlik hadya etganingiz uchun rahmat! Men sizdan juda-juda minnatdorman! Hurmat va ehtirom bilan: sobiq zavjangiz.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi