Hamal
“Hamal” burji vakillari bu hafta biznes hamkorlari bilan muhim va foydali shartnomalar imzolashadi. Ishda har doimgidek faol bo‘lsangiz, munosib mukofotlanasiz.
Haftaning ikkinchi yarmida salomatligingizga jiddiy ahamiyat bering. Biror bezovtalikni sezdingizmi, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling. Shanba va yakshanbada miriqib hordiq chiqaring.
Savr
Bu hafta sizni chalg‘ituvchilar ko‘p bo‘lishi mumkin. Ularga ahamiyat bermay, ishingizda olg‘a harakat qilsangiz, albatta, yutasiz. Aks holda muammolarga duch kelishingiz mumkin. Ishda ham, oilada ham asabni avaylang. Haftaning ikkinchi yarmida yaxshigina daromadga ega bo‘lasiz. Dam olish kunlari do‘stlaringiz bilan tabiat bag‘rida sayr qiling.
Javzo
Bu hafta kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadi. Shu bois ko‘ngilochar maskanlarga oilaviy tashrif buyuring. Salomatlik bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelishingiz mumkin. Biror bezovtalikni sezdingizmi, kechiktirmasdan o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting. Axir, salomatlik hamma narsadan muhim.
Dam olish kunlari do‘stlaringiz tashrifidan xursand bo‘lasiz.
Saraton
Bu hafta “saraton”lar uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ladi. Biznes hamkorlar bilan ko‘plab muhim tadbirlarda ishtirok etasiz. Bunday qulay imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Aks holda, moddiy tomonlama hech qanday foyda ko‘rmaysiz.
Haftaning ikkinchi yarmida hamkasblaringiz ham yangi taklif va g‘oyalaringizni qo‘llab-quvvatlashadi. Albatta, bundan xursand bo‘lasiz. Yakshanbada mehmonga taklif etilasiz.
Asad
Bu hafta yangi do‘stlar orttirasiz. Bu hayotingizda tub burilishlar yasashi mumkin. Moddiy ahvolingiz ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Bundan ruhlanib yanada olg‘a harakat qilasiz. Va bu sizga ijobiy ta’sir qilishi, shubhasiz. Hafta oxirida ko‘pdan beri yechimini kutayotgan ishlaringizni hal etasiz.
Sunbula
“Sunbula”lar uchun bu hafta yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Natijada, ularning moddiy ahvoli ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Biznesda hech ikkilanmay yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatavering.
Haftaning ikkinchi yarmida ko‘pdan beri rejalashtirgan xaridlaringizni amalga oshirasiz. Hafta so‘ngida shifokor qabuliga yozilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi. Dam olish kunlari yaqinlaringiz tashrifidan boshingiz ko‘kka yetadi.
Mezon
Bu hafta sizni qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘p bo‘ladi. Faqat ularning hammasiga ham ishonavermang. Ishda ham munosib rag‘batlantirishadi. Hamkasblaringiz esa sizga havas qilishadi. Ularga minnatdorlik bildirishni unutmang. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo‘qlab, ular holidan xabar oling.
Aqrab
Bu hafta “aqrab”lar yaxshi pul topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. O‘zingiz xohlagandek xaridlar qilasiz. Faqat ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymang. Aks holda, moddiy tomonlama muammolar tug‘ilishi mumkin. Yaqinlaringiz ham sizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Hafta so‘ngida ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz bilan uchrashasiz. Bundan, albatta, xursand bo‘lasiz.
Qavs
Ishlaringiz yurishib, moddiy ahvolingizni ancha tiklab olasiz. Biroz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bundan hech ham siqilmang. Ozroq sabr qilsangiz barchasi ijobiy yakun topadi.
Hafta so‘ngida hamma ishingizni bir chetga surib, bor e’tiborni oilangizga qarating. Farzandlaringiz bilan ko‘ngilochar maskanlarga borib, miriqib dam oling.
Jadiy
Hafta boshida sizdan hushyorlik talab etiladi. Aldanib qolishdan ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Haftaning ikkinchi yarmida esa uzoq yillik muammolaringizni hal etish imkoniga ega bo‘lasiz. Salomatligingizga ham befarq bo‘lmang. Har qanday sharoitdadam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.
Dalv
“Dalv”larga tejamkor bo‘lishni maslahat beramiz. Zarur bo‘lmasa katta xaridlarni keyingi haftaga qoldirib turing. Yo‘l qo‘ygan xatolaringizni tuzatib, ulardan tegishli xulosalar chiqarish vaqti keldi.
Hamkasblaringiz bilan biroz ziddiyatga duch kelishingiz mumkin. Buni o‘ylab asabingizni buzmang. Hafta so‘ngida hammasi ijobiy yechim topadi. Dam olish kunlarini do‘stlar davrasida o‘tkazasiz.
Hut
Har qanday sharoitda ham ko‘nglingizga quloq soling. Atrofdagilar sizni chalg‘itishi mumkin. Ularning aytganiga ishonib, keyin afsuslanib yurmang.
Sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov oldini olishga harakat qiling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqing.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi