QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz ramziy ma’noda juda qaynoq kechishi kutilmoqda. Shuning uchun oldindan yangi loyihalarni o‘ylab topavering. Ularni haqiqatga aylantirish uchun sizda cheksiz imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ijodkorlarning kuni tug‘adi. Lekin jismoniy ishlarni bir chetga surib turishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun sizga jismoniy ish naf keltirmaydi. Bankdan kredit olgan bo‘lsangiz, bugun to‘lovlarni amalga oshirishingiz zarur bo‘ladi. Shundagina moliyaviy ahvolingizda jiddiy o‘zgarishlar sezila boshlaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
3 iyul kuni ishxonangizda o‘zingizda mavjud qobiliyatni hamkasblarga yana bir bor ko‘rsatib qo‘yish uchun urinib ovora bo‘lmang. Ishlarning barchasini ado etishga ulgurmasangiz, ertangi kun uchun qoldiring. Hayotingizda og‘ir vaziyatlar ko‘zga tashlansa, faqat qalbingizga quloq tuting. U sizni har qanday og‘ir vaziyatdan ham olib chiqib keta oladi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash niyatida bo‘lsangiz, bu ishga alohida yondashing. Bugun har qanday turdagi xaridlar muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ayniqsa, o‘ta yirik xaridlarni boshqa payt uchun qoldirib turganingiz ma’qul.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Nimaiki ishga qo‘l ursangiz, oldin shu ish sizga lazzat berish-bermasligi bilan qiziqing. O‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lmagan yumushlarga qo‘l urmay qo‘ya qolganingiz ma’qul. Mabodo kun davomida dam olish uchun imkon tug‘ilsa, uni qo‘ldan chiqarmang. Kunning ikkinchi yarmida tanishlardan biri u qadar yoqimli bo‘lmagan xabarni yetkazishi mumkin. Har narsani yurakka yaqin olavermang. Shunda zararli ekoquvvat sizdan nari chekinadi. Kechqurun yoga bilan shug‘ullanish, kitob mutolaasi xayrli kechadi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
3 iyulda oilali do‘stlarimizga farzandlari kutilmagan sovg‘a hadya etishlari mumkin. Kun mobaynida o‘ta yoqimsiz tuyulgan lahzalarga ham hazil aralash munosabat bildiring. Xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Agar salomatligingiz mustahkam bo‘lishini xohlasangiz, xuddi o‘sha hazil va xotirjamlik sizga katta yordam bera oladi. Sababi, barcha xastaliklar asabdan bo‘ladi. Asab tomirlaringiz tarang tortishiga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun sizni oilangiz bilan birgalikda mehmonga taklif etishlari mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
3 iyulda ishxonadagi yumushlarni ado etish jarayonida yetarlicha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritasiz. Agar o‘ylab yurgan rejalaringiz bo‘lsa, ularni hech kimga oshkor qilmang. Ayniqsa, bu tadbirkorlar uchun muhim. Oshkor etilgan sirni raqobatchilar ilib ketishlari hech gap emas. Yangi hamkorlar bilan shartnomalar imzolash, moliyaviy operatsiyalar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Ayollar va qizlar go‘zallik saloniga chiqib kelishsa ham ziyon qilmaydi. Nima bo‘lganda ham, salomatlikni birinchi navbatda asrash harakatida bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
3 iyul kuni erta tongda do‘stlaringizdan biri qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishi kutiladi. Albatta rozi bo‘ling. Faqat o‘zgalar muammolarini hal etishni o‘z zimmangizga olmang. O‘zingizda ham muammo to‘lib toshadi. Tadbirkorlar o‘ta foydali xabar eshitishlari mumkin. Bu xabarning zamirida katta pul yotganini unutmang. Moliyaviy ahvolingiz hech bo‘lmasa, kechagidek qolishi uchun xaridlar masalasini kamaytiring. Shundagina pulingizga pul qo‘shila boshlaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Oilada yo‘q joydan janjal chiqarmasangiz, bugungi kuningiz ajoyib tarzda kechadi. Uydagilar bilan ro‘zg‘or masalasida kamroq tortishing. Moliyaviy jabhada ham xotirjamlik, pishiq-puxtalik zarur bo‘ladi. Kun davomida qancha ish bajargan bo‘lsangiz, shunga yarasha haq olasiz. Undan ortig‘i kutilmaydi. Ishxona yumushlarini bajarishda tanaffuslarga ko‘proq e’tibor qarating. Bir nafasda ishlash salomatligingizga zarur yetkazib qo‘yishi mumkin. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Kechqurun kimdir ortingizdan g‘iybat boshlagani qulog‘ingizga chalinish ehtimoli bor.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
3 iyul kuni odatiy hayot tarzingizdan tashqariga chiqishingiz tavsiya etilmaydi. Oilaviy hayotingizda quvonchli lahzalar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Yaqinlaringiz siz bilan kechadigan suhbatlardan bir olam zavq olishlari va buning uchun sizni chin ko‘ngil bilan olqishlashlari tayin bo‘lib turibdi. Agar ro‘zg‘ordagi muammolarni muvaffaqiyatli ado eta bilsangiz, bu olqishlarga yangilari qo‘shilib, sizni ham baxtiyor etadi. Ammo bu maqtovlardan taltayib ketishingiz ham kerak emas. Kechqurun olisdan yoqimli xabar eshitasiz. Ayrimlarni bosh og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida sizni ishxonangizdan xizmat safariga yuborishlari mumkin. Safarga erta tongdayoq yo‘l olsangiz, barcha ishlarni bitirib, maroqli dam olishga ham ulgurasiz. Ba’zi do‘stlarimizni suyukli insoni qaysidir masalada tanqid ostiga olishi mumkin. Bu tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqara olsangiz, oilaviy hayotdagi baxtingizga bezovtalik rahna solmagan bo‘lardi. Sog‘liqni mustahkamlash masalasini ham unutib qo‘ymang. Basharti o‘zingizni lohas his eta boshlasangiz, vrach ko‘rigiga boring.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
3 iyul kuni oilali do‘stlarimizni ishxonadan tortib uydagilargacha maqtovlarga ko‘mib tashlashi kutilmoqda. Bu maqtovlardan keyin sizni naqadar qadrlashlari va sevishlariga yana bir karra guvoh bo‘lasiz. Kun davomida safarga chiqishingiz ehtimoli bor. Yaqinlaringiz ham aynan bugun sizga yoqimli sovg‘alar taqdim etishni mo‘ljallab qo‘ygan bo‘lishlari ehtimolga yaqin. Qaysidir mahsulot sizga allergiya berishi mumkin. Buni mutaxassis yordamida aniqlab, bundan keyin o‘sha mahsulotga yaqin bormaslik taraddudini ko‘ring.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Erta tongdanoq ish bajarishga, mukammal hayot uchun kurashga tayyor turing. Tayyorgarlik faollikdan iborat bo‘lishi lozim. Bu sizga ishxonada mavqeingiz oshishida ham katta yordam beradi. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash ham shunga bog‘liq bo‘lib turibdi. Bankdan kredit olish, tanishlar, qondoshlar va do‘stlardan qarz ko‘tarish bugun omadsizlik keltiradi. Ayol va qizlar tashqi ko‘rinishlariga e’tibor qaratishlari lozim. Ovqatlanishda me’yorni biling. Oshqozon va jigarda muammo tug‘ilishidan saqlaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
3 iyulni moddiy ahvolingizni yaxshilashdan boshlaysiz. Bu sizning intilishlaringiz va tajribangiz hosilasi bo‘lsa ajab emas. Ijod ahli bugun muvaffaqiyatlardan nariroq bo‘lishlari kutiladi. Ammo tashvish chekishga hojat yo‘q. Oy oxirida sizni yana yangi muvaffaqiyatlar kutib turadi. Ba’zilar bosh og‘rig‘i, varikoz va yurak bezovtaligini boshdan kechirishlari mumkin. Kechqurun xasta qondoshlaringiz bo‘lsa, ular holidan xabar oling.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi