QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 iyul kuni o‘zingizga kamroq bino qo‘yishingiz tavsiya etiladi. Shunda siz tomonga barcha yaxshi insonlar talpina boshlashadi. Ish joyingizda ham hamkasblarga nisbatan munosabatlarni yanada chuqurlashtiring. Bu sizga faqat foyda keltiradi. Kun davomida originallikka, yangiliklarga talpinib kun o‘tkazing. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish xayrli kechadi. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun kunning birinchi yarmidayoq azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yaqin manzilga safar uyushtirishingiz, bu safar davomida ajoyib bir insonni uchratishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida yo hamkasb, yo do‘stlardan biri bilan orangizda jiddiy suhbat kechish ehtimoli bor. Suhbat davomida masofani saqlang, ortiqcha gaplarni gapirib qo‘ymang. Kechqurun sportning yengil atletika turi bilan shug‘ullanish muvaffaqiyatli kechadi. Shu bahonada jismoniy holatingizni ancha yaxshilab olasiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 iyul kuni ertalabdan miyangizni turli-tuman bo‘lmag‘ur xayollar chirmab olishi mumkin. Bu xayollar na ishlashga, na atrofdagilar bilan xotirjam munosabat yuritishga qo‘yishadi. O‘zingizni qo‘lga olib, xotirjam tortishga, e’tiborni muhim ishlarga qaratishga harakat qiling. Faqat olg‘a qadam bosing, oldinga boqing. Bugun vujudingizda quvvat deganining oxiri yo‘q. Har qanday orzuingizdagi ishlarni sira qiynalmasdan amalga oshirishga qodirsiz. Shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar ko‘zga tashlanmaydi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
O‘zgalarning hayoti, nima ish qilayotgani-yu, nima yeb, nima ichayotgani bilan kamroq qiziqishingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotingizni to‘laqonli izga tushirish uchun bugun imkoniyatlar eshigi ochiq. Xarajatlar yetarlicha bo‘ladi. Lekin siz o‘zingiz anchadan beri orzulab kelgan buyumni xarid qilasiz va bundan quvonasiz albatta. Kechqurunga yaqin kissavurlardan ehtiyot bo‘ling. Firib domiga tushib qolishdan saqlaning. Kechqurun sportning har qanday turi bilan shug‘ullanish omadli va xayrli kechadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 iyul kuni qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasining ta’siriga tushib qolishdan o‘zingizni tiying. Bu ta’sir siz uchun juda qimmatga tushishi mumkin. U odamga taqdiringizni ishonib topshirib qo‘ymang. Ishxonada professionallik bo‘yicha sizga yetadigani bo‘lmaydi. Biroq mavqe oshishi masalasini keyinga surib turishga majbursiz. Bu sohadagi urinishlar bugun naf bermaydi. Kun davomida yangi bilimga ega bo‘lish, yangi kasbni egallash muvaffaqiyatli kechadi. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qilishni unutmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun ko‘proq o‘zingiz, ishingiz va kelgusi hayotingiz haqida qayg‘ursangiz, sira ziyonga yuz tutmaysiz. E’tibor uchun arzimaydigan odamlarga e’tibor berib o‘tirmang. Huquqshunos maslahatini olish, klinikaga borish va salomatlikni tiklashga qaratilgan barcha muolajalar muvaffaqiyatli kechishi kutilmoqda. Spirtli ichimliklar iste’molidan butkul voz keching. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi hech gap emas. Kechqurun sizni toza havo sayri va yaqinlaringiz bilan dildan suhbat kutib qoladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 iyul kuni birinchi navbatda yaqin o‘tmishda qolgan, ijobiy hal etilmagan muammolarni yelkangizdan soqit qiling. Yo‘qsa, yangi ishlarga qo‘l urganingiz bilan foydasi bo‘lmasligi mumkin. Aksincha, yangi ko‘ngilsizliklar hayotingizga xavf sola boshlaydi. Endigina pul kamligidan shikoyat qila boshlaganingizda, moliyaviy muammolaringiz birdaniga ijobiy hal bo‘lishi kutiladi. Kimdir lotereya o‘ynab katta pul yutishi, boshqa birovlar yo katta miqdorda nafaqa, qo‘shimcha daromad olishi ehtimoldan xoli emas. Bir so‘z bilan aytganda, bugun kissangiz pulga to‘lish arafasida turibdi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Yangi muvaffaqiyatlar, g‘alabalarga erishishdan oldin eskilarini biryoqli qiling. Qolaversa, prinsipingizni ham o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Hozirgi prinsip bilan omadga erishishingiz juda mushkul kechadi. Hatto, mayda-chuyda yumushlarni ham qoyillata olmay dog‘da qolasiz. Tadbirkorlikka qobiliyati borlar bemalol bugun yangi ish ochishlari mumkin. Omad siz tomonda bo‘ladi. Kechqurun ba’zilarning xonadonida chaqaloq yig‘isi jaranglashi kutilmoqda. Ayrimlar esa mehmonga otlanishlari mumkin. Nima bo‘lganda ham vaqtingiz chog‘ o‘tishini tilab qolamiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 iyulda sizni eng avvalo eski qadrdonlar bilan yuz ko‘rishish, ko‘ngil ochish va yaqin manzillarga safar kutib turadi. Do‘kon aylanib, bu uchrashuv uchun arzirli kiyimlar sotib olsangiz ham pulingiz kamayib qolmaydi. Chunki bugun xudo xohlasa dunyoning puli borki, sizning ixtiyoringizda bo‘ladi inshoolloh. Bugungi kun yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq etish uchun ham juda qulay kechadi. Qarama-qarshi jins vakillari yoki vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilmang, hayotingiz ostin-ustun bo‘lib ketishi turgan gap.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Yangi do‘stlar, tanishlar orttirishda nihoyatda e’tiborli bo‘ling. Ular orasida g‘iybatni, hasadni qurol qilib olganlari ham bo‘lishi mumkin. Undaylaridan sizni xudoning o‘zi asrasin. Oilaviy hayotingizdan nolish uchun bugun bahona bo‘lmaydi. Xonadoningizda osudalik hukm suradi. Moddiy ahvolingiz haminqadarga aylanish arafasida bo‘lsa ham sira tashvish chekmang. Kechqurun katmoningiz pulga to‘ladi. Uxlashga yotishdan oldin faqat sut mahsulotlari iste’mol qilishingiz tavsiya qilinadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 iyulda ishxonangizdagi barcha hamkasblar, rahbarlar qarshisida hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan yangi qirralaringiz arzimas sabab bilan ochilib ketishi kutiladi. Bu sizga faqat plyus olib keladi. Hurmatingiz oshadi, ishdagi o‘rningiz mustahkam tortadi. Demak, endi yirik loyihalarga ham o‘ylanmasdan, ikkilanmasdan kirishaversangiz bo‘ladi. Faqat bunday ishga qo‘l urganda, hasadgo‘y va ikkiyuzlamachilardan ehtiyot bo‘ling. Undaylarda iymon bo‘lmaydi. Shuning uchun boshqalar ham o‘zlari kabi iymonsiz bo‘lishini istaydi. Undaylarning yuzini teskari qilsin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Avvalo uyingizdagi muhitga e’tibor qarating. Agar buzila boshlaganini sezsangiz, darhol ilgarigi holatiga keltirish harakatida bo‘ling. Bugun kunning ikkinchi yarmida besh-o‘n yildan beri ushalmagan orzuingiz haqiqatga aylanishi mumkin. Kimlardir yangi uy, yoki yangi mashina sotib olishi haqiqatga yaqin. Buning uchun pulingiz ham, imkoniyatlaringiz-u, shiddatingiz ham yetarli. Faqat salomatlikni qur-qur esga olib turing. Usiz maqsadga erishish mushkul kechadi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi