23:50 / 05.07.2018
7 838

Munajjimlar bashorati: 6 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kunni zinhor pala-partishlikdan boshlamang. Uyqudan ko‘zlaringiz ochilishi bilan har bir ishingizning puxta rejasini tuzib oling. Ana shunda bugundan foyda va muvaffaqiyatlarni kutsangiz yarashadi. Qalbingizda sodir bo‘lajak tanaffuslar o‘zgalar qalbiga nazar solish, ularni tushunib yetish, ularni qadrlash uchun keng yo‘l ochib beradi. Ishxonada hamkasblar bilan aslo janjallashmang. Aks holda ishingizdagi unum pastga qarab sho‘g‘iydi va siz moddiy manfaatlarsiz qolib ketasiz. Ayniqsa, rahbarlarga nisbatan tanqidiy fikrlar aytib qo‘yishdan saqlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

6 iyul kuni ijod kishilarining og‘zi qulog‘ida bo‘ladi. To kechga qadar kayfiyatingiz ko‘tarinkiligidan qo‘lingizdagi qalam qitirlashdan tiyila olmasligi mumkin. Kun davomida global masalalarni a’lo darajada o‘zingizning foydangizga yo‘naltira bilasiz. Salomatligingiz ham joyida bo‘ladiki, kunning ikkinchi yarmida bemalol tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nab ketsangiz ham ziyon qilmaydi. Xonadoningizda bugun xotirjamlik, ahillik, garmoniya hukm suradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar sizga bir olam ijodiy imkoniyatlarni hadya etishmoqchi. Ulardan hayot yo‘lingizni tozalashda, ezgu ishlarni amalga oshirishda unumli foydalanishga harakat qiling. Shaxsiy hayotda bugun yetakchi bo‘lishga urinmang. Shuning orqasidan juftingiz yo yaqinlaringiz bilan janjallashib qolishingiz ham hech gap emas. Salomatlikka e’tibor qarating. Kun tig‘ida uzoq vaqt yurish sizga yaxshilik hadya etmaydi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergaklikni qo‘ldan bermang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

6 iyul kuni ishxonada barcha mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishdan tiyiling. Bundan ko‘ra, jamoa bilan baravar, hamnafas bo‘ling. Shunda ishlaringiz albatta baroridan keladi. Kun davomida hech qachon ko‘rmagan, tanimagan qarindoshlar paydo bo‘lishi kutiladi. Ularga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lmasligingiz tavsiya etiladi. Kechqurun ayrimlar favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ish joyingizda barcha qobiliyatingizni yuzaga chiqarish uchun imkoniyatlar bir talay. Omadingiz keladigan bo‘lib turibdi. Ayniqsa, adabiyot va san’at sohasida ishlaydiganlar omaddan, muvaffaqiyatdan umid qilaversalar bo‘ladi. Atrofdagilarning siz haqingizda aytadigan gaplariga umuman e’tibor qilmang. Aks holda kayfiyatingiz buzilishi mumkin. Odamlar bilan iloji boricha til topishishga harakat qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

6 iyulda dimog‘dor, burni osmonda bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaganingiz ma’qul. Ular sizda baribir arzirli taassurot qoldira olishmaydi. Siz o‘z manfaatlaringizni ularnikidan bir pog‘ona yuqori qo‘ying. Shundagina yutaib chiqasiz. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan kechadigan suhbat davomida zararli energiyalar zabtiga olish ehtimoli bor. U sizni taniqd ostiga olsa, bosiqlik bilan bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugungi kuningizni eng omadli deb hisoblash to‘g‘riroq bo‘ladi. Nimaiki ishga qo‘l urmang, hammasi siz istaganchalik darajada ijobiy hal bo‘ladi. Axir, siz buni bir umr orzu qilgansiz. Muhabbatda tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling. Juftingizni erinmasdan tinglashga harakat qiling. Kun davomida safar, mo‘may daromadlar va yangi tanishuvlar faqat sizniki bo‘lishi kutilmoqda. Salomatlikni asrang. O‘zingizni ehtiyot qiling. G‘iybatchilar ta’siriga tushib qolishdan saqlaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

6 iyulda har qanday to‘siqlarni osonlik bilan yengib o‘ta olish uchun imkoniyatlaringiz yetarli. Ularning huzurini esa tushlikdan keyin ko‘rishingiz kutiladi. Eski loyihalarni uddalab, yangilariga qo‘l ura boshlaysiz. Do‘stlar bilan suhbatda faqat yon bering. Bahslashish, fikrlar qarama-qarshiligi bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Biror odamni sira tushunmayotgan bo‘lsangiz, sabr qiling, yaqin orada uning kimligini bilib olasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Buguningiz juda quvonchli va xushchaqchaq o‘tadi. Bunga do‘stlar, tanishlar va yaqinlaringiz sababchi bo‘lishadi. Ular sizni ishda ham, muloqotda ham chin dildan qo‘llab-quvvatlab, go‘yo qahramonliklarga undab turishadi. Shu bahonada hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringiz ham ochilib ketsa ajab emas. Azartli o‘yinlar va tavakkalchiliklardan keskin yuz buring. Chunki bu narsalar sizga katta yo‘qotishlarnigina hadya etadi xolos. Moliyaviy ahvolingiz kechga borib ijobiy hal bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

6 iyulda qarashlaringiz, fikringiz va prinsiplaringizni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib, umumjamoa usulida ishlash yo‘lini tanlang. Hech kimga hech bir masalada qarshilik ko‘rsatmang. Nohaq bo‘lsalar ham fikrlarini ma’qullavyvering. Shunda xotirjam, tinch bo‘lasiz. Bugun pul masalasi siz uchun asosiy masalaga aylanishi mumkin. Shuning uchun pul topish bilan jiddiyroq shug‘ullaning. Oila qurishga ulgurmaganlar muhabbatda keraklicha muvaffaqiyat qozonishlari mumkin. Ammo baxt haqida qayg‘urishga hali sal ertaroq.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kimki ertalabdanoq sizga qaysidir jabhada hamkorlik taklif etsa, jon deb rozi bo‘ling. Bu hamkorlik sizga qo‘shimcha daromadlar olib keladi. Demak, bugun moddiy ahvolingiz yaxshidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Sizdan ichki sirlaringizni xuddi qon so‘rgan vampir kabi majburan tortib olishga urinuvchilardan nari bo‘ling. Moliyaviy masalada avval ko‘ngilsizroq hodisaga duch kelasiz-u, lekin kutilmagan daromad ham sizni chetlab o‘tmaydi. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting, kun bo‘yi yelkangizga joylashib olgan tashvishlar yuki nari ketadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

6 iyul kuni kuningiz yengil kechmaydi. Oilaviy hayotda, oila qurmaganlar muhabbatda jiddiy muammolarni boshdan kechirishlari mumkin. Ammo bu ishda aybdorni qidirib behuda vaqt o‘tkazmang. Muammoning o‘zini yer bilan yakson qilishga urining. Kayfiyatingizni yanada yaxshilash niyatingiz bo‘lsa, kechqurunga yaqin do‘kon aylaning, yoqimli xaridlarni amalga oshiring. Buning uchun moddiy ahvolingiz to‘liq javob beradi. Ayollar, qizlar bozorga tushib o‘zlari uchun yangi kiyim sotib olsalar ham kayfiyat ko‘tariladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?