date
views 3 241

Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

12 iyul kuni yaqin insonlar bilan iliq va qaynoq munosabatda boʻling. Ishxonadagi ish orasida tanaffuslarga oʻrin bering. Shaxsiy hayotda bugun standartlardan chekinib, butkul yangicha usulda kunni tashkil etishingiz lozim. Oʻtmishdagi hayot tarzingiz eskirdi. Bugungi hayot yangilik kutmoqda. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizning minus jihatlariga e'tibor bermaslikka harakat qiling. Kechqurun salomatlikni mustahkamlash masalasiga e'tibor qarating. Puldan tashvish chekmang, u bugun sizga boʻlgan sadoqatini saqlab qoladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Erta tongdanoq kayfiyatingiz buzilish kutiladi. Chap yoningiz bilan turganmisiz, nima balo, qarindoshlar, yaqinlaringiz hadeganda sizga tanbeh bera boshlashlari mumkin. Mabodo kimlardir jufti bilan norasmiy tarzda hayot kechirayotgan boʻlsa, shuning ham nuqsi boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Munosabatlarni rasmiylashtirishingizga toʻgʻri keladi. Duch kelgan odamga bugun sirlaringizni ayta koʻrmang. Kechqurun yangi uyga koʻchish yoki roʻzgʻor anjomlari xarid qilish amallarini bajarishingiz mumkin. Buning uchun pulingiz etarli boʻladi, qaygʻuga botmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

12 iyul kuni har qanday ish, jismoniy zoʻriqish siz uchun engil kechadi. Vujudingizda quvvat keragidan ham ortiqligi eng mushkul vaziyatlardan ham oson chiqib ketishingizda yordam beradi. Oilada juftingiz qaysidir masalada xatoga yoʻl qoʻygan boʻlib chiqadi-yu, bu xatoni toʻgʻrilash ham sizning chekingizga tushishi mumkin. Salomatlik haqida alohida qaygʻuring. Aks holda yaqin orada juda boʻlmaganda shamollash orttirib olishingiz hech gap emas.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugungi kuningiz shunchalar ulugʻ va quvnoq kechadiki, lof bilan aytganda yuz yildan keyin ham odamlar eslab yurishadi. Har bir sodir boʻlayotgan voqea yoqimli lahzalarga boy kechadi. Taqdir sizga kun davomida neni in'om etsa, shukr qiling-u qabul qilib oling. Ayniqsa, muhabbatda oila qurmaganlarning omadi chopadi. Rostakam romantika faqat sizning hayotingizda mehmon boʻlmoqchi. Bir umr havas va qaynoq mehr qoʻyib yashasangiz arziydigan insonni uchratasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

12 iyul kunning birinchi yarmidayoq ishxonadagi barcha ishlarni oʻzingizga boʻysundiring, ichki dunyongizni ham nazoratingiz ostiga oling. Ish usullaringiz eskirganini oʻzingiz ham sezib turibsiz. Demak, zudlik bilan ularni yangisiga almashtirish kerak. Shaxsiy biznes va siyosat bilan shugʻullanuvchilar jamiyatda yanada koʻproq olqishlarga, hurmat-izzatga sazovor boʻlishadi. Faqat bugun moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal boʻlishda oqsay boshlashi mumkin. Bunga boʻlar-boʻlmas narsalarni xarid qilib tashlashingizgina sababchi boʻladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Oila qurmagan boʻlsangiz, bugun taqdir sizga oʻzingizga mos, juda yoqib tushadigan insonni roʻbaroʻ qilishi mumkin. Qalbingiz muhabbatdan larzaga kelishi tayin. Ammo xayolan ham oldinga talpinishga urinmang. Hamma narsaning oʻz vaqt-soatida boʻlgani ma'qul. Bugun safar, tabiat qoʻynida dam olib qaytish va doʻstlar bilan gurunglashish xayrli kechadi. Kimdir sizga kechki payt yoqimli xabar etkazishi mumkin. Bu ham mayli, kechqurun tanishlardan biri qoʻlingizga pul tutqazganda quvonchingiz bir olam boʻlishini unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

12 iyul kunning birinchi yarmida shaxsiy ishlar bilan yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Hoynahoy, bu safarda sizga suyukli insoningiz ham hamrohlik qilsa kerak. Moliyaviy muammolar sizni xafa qilmoqchi emas. Silliqchasiga ijobiy hal boʻlib, pulga aylangan holda kissangizga tushishni xohlaydi. Demak, oʻzingizga yoqqan xaridlarni amalga oshirishga imkon tugʻiladi. Agar quyosh tigʻida uzoq vaqt qolib ketmasangiz, salomatligingiz ham sizga pand bermaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun siz uchun haqiqiy mehnat kuni boʻladi. Lekin mehnat ketidan albatta muvaffaqiyat hamda yoqimli lahzalarni ergashtirib keladi. Faqat ishxonada rahbarlar bilan dahanaki janjal yuzaga kelish ehtimoli bor. Bunday lahzalarda oʻzingizni qanday tutishni yaxshi bilasiz. Shunday ekan, tashvish chekishga oʻrin yoʻq. Qarindoshlar bilan munosabatlarda muloyim boʻlishga intiling. Ayniqsa, yoshi sizdan ulugʻ boʻlsa, albatta hurmat bajo aylang, kam boʻlmaysiz.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

12 iyul kuni oʻz printsiplaringizga sodiq qolgan koʻyi harakatlar sodir etishingiz kutilmoqda. Hatto muloyim va bosiq boʻlish zarur vaziyatlarda ham baribir printsiplardan voz kecha olmaysiz. Ammo uzoq vaqt bunday kayfiyatda yurishingiz yaxshilikka olib kelmaydi. Tanigan-bilganlar koʻz oʻngida oʻta agressiv odamga aylanib qolishingiz hech gap emas. Kechqurunga yaqin ayrimlar yo lotereya oʻynab katta pul yutadi, yo moʻmay daromad egasiga aylanishi mumkin.

TOGʻ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Anchadan beri xotirjam tortishni, tinchlanishni orzu qilardingiz. Mana, oʻsha lahzalar yaqin. Bugun orzuingizni haqiqatga aylantira olasiz. Ayollar, qizlar uchun goʻzallik saloniga borish, tashqi koʻrinishiga oro berish juda xayrli va yoqimli kechadi. Oilalilarni jufti oʻz sadoqati bilan yana bir karra xursand qilmoqchi. Bu voqeadan keyin rashk va uning ortidan kuzatishni bas qilsangiz juda yaxshi boʻlardi. Shubhasiz, bu ba'zi rashki oʻta kuchli doʻstlarimizga taalluqli.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

12 iyul kuni qovgʻa burji ostida tugʻilganlar ziyolilar davrasiga yaqin bir doʻsti bilan tushib qolishi kutiladi. Bu siz uchun notanish va yangi davra. Lekin afsus chekmaysiz. Chunki bu erda ajoyib insonlar bilan tanishib, doʻstlashasiz. Ish joyingizga kechikmasdan etib borishga harakat qiling. Aks holda rahbarlarning tanqidiga uchraysiz. Mukofotdan mahrum qilishsa, bundan alamlisi boʻlmaydi. Kechqurun xonadoningizda chaqaloq yigʻisi jaranglashi kutiladi. Ayrim doʻstlarimiz xonadoniga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burjida tavallud topganlar oʻzini yoqtira qolmayotgan odam tomon hadeganda talpinavermasliklari tavsiya etiladi. Agar siz buni muhabbat deb oʻylasangiz, xato qilasiz. Asablarni asrang va oʻzingizni etarlicha sevishga odatlaning. Plyajda choʻmilish, olisga safar qilish amallari bugun muvaffaqiyatli kechadi. Qancha koʻp harakatda boʻlsangiz, boʻlmagʻur xayollardan shuncha tez xalos boʻla borasiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?