00:35 / 14.07.2018
4 878

Munajjimlar bashorati: 14 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

14 iyul kuni istaklaringizni bir nuqtaga jamlab, eng avvalo qay yumushni ado etish haqida yaxshilab o‘ylab olishingiz kerak. Bu ro‘zg‘ordagi yoki moliyaviy muammolardan iborat bo‘lishi mumkin. Qay biri muhimligini o‘ylab olgachgina harakatlar sodir etishni boshlang. Kun mobaynida yo do‘stlar, yo uydagilar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Lekin siz yon berishga harakat qiling. Hayotda katta bir maqsadni ko‘zlab yo‘lga chiqqan bo‘lsangiz, bu mo‘ljaldan hecham adasha ko‘rmang. Shunda ishda mavqe, oilada obro‘ va o‘rningiz mustahkam tortadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kuningiz yomon yotmaydi. Barcha ishlar reja bo‘yicha ketadi. Lekin ora-sirada sovuqqon lahzalarni ham boshdan kechirishingizga to‘g‘ri keladi. Agar masalaga real nazar bilan boqa olsangiz, bunday vaziyatlarda qolib ketmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida anchadan beri ko‘rishmagan bir tanishni uchratib qolishingiz, u sizga qandaydir yoqimsiz xabar yetkazishi kutiladi. Qalbingiz qiynala boshlashi mumkin. Biroq bu holat uzoq davom etmasligi tayin. Kechqurun barchasi unutiladi. Oila a’zolaringiz mehridan, e’tiboridan bahra ola boshlaysiz inshoolloh.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 iyul kuni tadbirkorlar o‘zi anchadan beri hamkorlik qilishni mo‘ljallab yurgan inson bilan uchrashishlari mumkin. Bu yo‘lda shubhalarga zinhor o‘rin bermang. Tuziladigan kelishuvlar oqibatda omadli kechadi. Moliyaviy masalada juda e’tiborli bo‘lishingiz talab qilinadi. Tavakkalchilikka berilib duch kelgan loyihaga pul tikib qo‘ymang. Bundan harakatlar odatda inqirozga yuz tuttiradi. Kechqurun ayrimlarning salomatligi yomonlashib, yurak va oshqozon qismida jiddiy muammo yuzaga kelishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun dimog‘dorlik, o‘ta mag‘rur qiyofa sizga sira yaxshilik keltirmaydi. Kamtarlikdan qo‘ymasin. Aks holda yoqimsiz va xavfli vaziyatlarda qolib ketishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhabbatda ham hushyorlikni oshirmasangiz, sizga ochiqchasiga dushmanlik qilishga tayyor kimsalar kasriga qolishingiz hech gap emas. Ishxonadagi hamkasblar bilan munosabatlarni iliq holatda saqlab qolishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishlari kutiladi. Albatta rozi bo‘ling. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 iyulda o‘zgalar va’dasiga ishonib qolmang. Ishongingiz kelsa faqat o‘zingizga ishoning. Ertalabdan xayolni bir nuqtaga jamlab, aniq maqsadlar sari olg‘a bosavering. Muvaffaqiyatlar manzili u qadar olis emas. Kechgacha albatta yetasiz. Agar ro‘zg‘or tashvishlarini aralashtirmasangiz, ishda mavqeingiz ortishi turgan gap. Har bir ishni bajarishda yaqin o‘tmishdagi xatolarni esga oling. Bu narsa sizga o‘sha xatolar takrorlanmasligida yaqindan yordam berishi mumkin. Kechqurun sizni oilaviy mehmonga taklif etishlari kutiladi. Mehmondorchilikda zararli odatlar asiriga aylanib qolmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun parizod burji ostida tavallud topganlar yaqindagina tanishgan odamlarga ishonib ketavermasliklari tavsiya etiladi. Esda tuting, yaxshi tanimaganlarga ko‘ngilni keng ochib qo‘yish yaramaydi. Bu sizga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin. Ishda taktikani o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Shunda ko‘zlangan maqsadlarga yetishingiz oson kechadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish niyatingiz bo‘lsa, xafaqonlikka umuman erk bermang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar havoning issig‘ida ko‘p yurmasliklari kerak. O‘zingizni nihoyatda ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 iyulda ish joyingizdagi yumushlarni ko‘ngildagidek ado etishda qalbingizgagina quloq tuting. U sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Hayotga, muammolarga optimistik nazar bilan qarang. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmaslikka harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida sizni xizmat safariga yuborishlari mumkin. Bu safar uchun qaytib kelgach, mo‘maygina mukofot puli olasiz. Ovqatlanish rejimini buzmang va bu yo‘lda ortga chekinmang. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Kun davomida atrofdagilar bilan janjallashib qolmaslikka harakat qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kuningiz juda ko‘p chalkashliklardan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Qay ishga qo‘l urmang, mushkulotlar ko‘ndalang bo‘lib kuydirishi mumkin. Hoynahoy, anchadan beri miriqib dam olmagan ko‘rinasiz. Bunaqasi ketmaydi. Salomatlik topilmaydi. Ish esa har kuni bisyor. Dam olish haqida o‘ylab ko‘ring. Umumiy jismoniy holatingiz joyida bo‘ladi. Lekin kayfiyatingiz tushkunga moyilroq bo‘lishi ehtimolga yaqin. Kechqurun do‘stlardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Shu narsa kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatsa kerak.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 iyul kuni aqlga suyangan holda shoshilmasdan ish boshlashingiz kerak. Ko‘r-ko‘rona harakatlar sodir etishingiz jiddiy xatoliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar qalbiga quloq tutsa, foydali shartnomalarni kun davomida imzolashlari tayin. Boshqalar esa mabodo miyasida ish bilan bog‘liq ajoyib g‘oya tug‘ilsa, darhol rahbariyatga bu haqda ma’lum qilishlari lozim. Bugun muhabbatda omadingiz chopadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kechqurun siz romantik lahzalardan bahra olasiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Ishda ham, shaxsiy hayotda ham siz haqsiz. Haq ekaningizga umuman shubha qilmang. Shunda kelajak poydevorini mustahkam qura boshlaysiz. Moliyaviy muammolarning adabini yedirish uchun bugun juda qulay va muvaffaqiyatli kechishini unutmang. Faqat pul sarflashda aqlga suyaning. Ro‘zg‘ordagi kamchiliklarni bartaraf etishda yaqinlaringiz bilan bamaslahat ish tutishingiz kerak bo‘ladi. Qarindoshlar sizni har jabhada qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishadi. Salomatlikni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

14 iyulda moliyaviy sohada omadingiz chopishi kutilmoqda. Kun bo‘yi kimlardandir olgan qarzlarni ham uzasiz, oila uchun zarur ashyolar xarid qilasiz. Xullas, pulingiz ko‘p, belingiz baquvvat bo‘ladi xudo xohlasa. Hamkasblar qarshisida rahbarlardan maqtov eshitish-chi? Bu ham ko‘nglingizni tog‘dek ko‘taradi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun sizning kuningiz. Faqat rejalashtirilmagan safar, uchrashuv va xaridlar muvaffaqiyat keltirmaydi. Kechqurun yolg‘iz qolib, ertangi kun rejasini tuzsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kun baliq burji vakillari uchun hayajonli va bir jihatdan xavotirli boshlanishi mumkin. Har bir arzimas hodisa yoki gapni yurakka yaqin olavermasangiz, tushdan keyin vaziyat butkul o‘zgarishi aniq. Mayda-chuyda ishlarni bajarish to‘g‘ri kelsa, bardoshli bo‘ling. Shaxsiy hayotda juftingizga nisbatan miyangizda paydo bo‘ladigan xunuk xayollarni haydab soling. Uning sadoqatiga shubha qilmang. Gunoh bo‘ladi. Kechqurun iloj topsangiz, oilaviy kichik bayram uyushtiring. Ko‘ngillar yoziladi. Oiladagi rishtalar yanada mustahkam tortadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?