06:00 / 17.07.2018
7 048

Munajjimlar bashorati: 17 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun hayotingizda yuzaga keladigan har qanday vaziyatlarga faylasufona munosabatda bo‘ling. Hatto, ko‘ngilsizliklarga duch kelsangiz ham, taqdirga qarshi borish harakatiga tushmang. Oqimga qarshi suzishni mo‘ljallamang. Bu vaziyatdan qanday yo‘l bilan oson chiqib ketish haqida bosh qotiring. Ishxonada o‘zingiz bajaradigan har bir yumushga ijodiy yondashing. Shunda pul ham, baraka ham, mavqe ham bo‘ladi. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Ammo iloji bo‘lsa bu safarni ortga suring. Bugun safarga chiqsangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

17 iyul kuni asosiy vaqtingizni bilim olish, tajriba almashish va professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etishdagi yangi usullarni topishga bag‘ishlasangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Moliyaviy muammolaringiz bugun siz xohlagan darajada ijobiy hal bo‘lmasligi mumkin. Lekin kechki payt tijoratchi do‘stlardan biri sizga moddiy ko‘mak berishi ham ehtimolga yaqin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. G‘iybatchilarni yoki ortingizdan hasad ko‘zi bilan qaraydiganlarni uchratsangiz, atayin iliq munosabat bildiring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ishda ham, ko‘cha-yu, oilada ham obro‘yingizni, o‘rningizni saqlab qolishga harakat qiling. Bu ishni qanday tarzda amalga oshirish o‘zingizga ma’lum. Mavqeni oshirmoqchi bo‘lganlar bu masalada yangi yo‘llarni, usullarni o‘ylab topganlari durust. Juftingiz bilan arzimagan bahona sababli jiqillashib qolishingiz xavfi sezilmoqda. Emotsiyani jilovlang va yon berish payiga tushing. Janjallashgan bilan odam barakaga yoki mansabga erishib qolmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

17 iyulda ish joyingizga kirib borishingiz bilan hayratdan yoqa ushlaysiz. Siz kuni kecha bajargan yumushlar evaziga rahbariyat mukofot e’lon qilgan bo‘lib chiqishi mumkin. Bu, shubhasiz, kuchingizga kuch, g‘ayratingizga g‘ayrat qo‘shadi. Olg‘a bosishda davom eting. Bugun qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lish, yangi kasb sirlarini o‘rganish, tijoratchilar uchun yangi hamkorlar orttirish kabilar muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda turmush o‘rtog‘ingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz tuyg‘ularingizga yana bir karra amin bo‘lishi uchun ochiq va xushchaqchaq insonga aylaning. Kun davomida tashkil etiladigan xizmat safarlari muvaffaqiyat keltiradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar arslon burji vakillariga yengil kun va’da qilishmaydi. Bugun ertadan kechga qadar qattiq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Oldinda mehnat ta’tili turibdi. Shu narsa sizga tinchlik bermasligi, ta’til puli mo‘maygina bo‘lishi uchun jon olib jon berib ishlashingiz kutiladi. Oilaviy hayotda har bir ishni reja bo‘yicha amalga oshirsangiz, juftingiz va sizning orangizdagi munosabatlarga putur yetmagan bo‘lardi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

17 iyul kuni yangi ishlarga qo‘l urishdan tiyiling. Hali yakunlanmagan yumushlar qalashib yotibdi. Ularni nihoyasiga yetkazishingiz lozim bo‘ladi. Kun davomida mayda-chuyda yumushlarni ado etish bilan band bo‘lishingiz mumkin. Qarindoshlar bilan munosabatlarda muammo yuzaga kelish ehtimoli bor. Salomatlik haqida qattiqroq qayg‘uring. Ayrimlar jigarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib olishsa ham ziyon qilmasdi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish ko‘p, buni hamma tushunadi. Lekin dam olish ham muhim. Bu ham barchaga ayon. Shunday ekan, kun mobaynida atigi bir soatgina vaqt ajratib, tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Salomatlik sal mustahkamlanganini sezasiz. Yaqinda tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshlaganlarga tajribali do‘stlardan biri har taraflama yordam ko‘rsatadi. Agar do‘stingizning maslahatlariga quloq tutsangiz, siz ham kelgusida xuddi u kabi mohir va tajribali tadbirkorga aylangan bo‘lardingiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

17 iyulda chayon burji vakillari keskin harakatlar sodir etmasliklari tavsiya qilinadi. Bu sog‘lig‘ingizga putur yetkazadi. Uydagilarga, hamkasblar va juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling. Tushdan so‘ng firibgarlar qurshoviga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Sizga bugun pulni iqtisod qilish ko‘proq naf keltiradi. Demak, bo‘lar-bo‘lmas narsalarni xarid qilaverishdan tiyilasiz. Yaqin do‘stlardan biri bilan arazlashgan bo‘lsangiz, bugun yarashishingiz uchun qulay imkoniyat tug‘ilishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Boshingizdan o‘tadigan har bir voqea-hodisani boricha qabul qiling. Yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham emotsiyaga erk berib qo‘yishdan tiyiling. Boshqa kasb egasi bo‘lish yoki qo‘shimcha daromadli ish topish niyatingiz bo‘lsa, bu niyatdan voz keching. Taqdirda boriga shukr qiling. Kechqurun juftingiz bilan orangizda arzimagan sabab tufayli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday lahzalarda uydan chiqib bir necha soat yolg‘iz qolishingiz foyda beradi. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan saqlaning.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

17 iyul kuni o‘zini haddan ziyod sevadiganlar, g‘iybatni yaxshi ko‘radiganlar, birovning qo‘li bilan ish bitiradiganlar ro‘baro‘ bo‘lsa, darrov o‘zingizni nari oling. Tushdan keyin kutilmagan daromad qo‘lingizga kelib tushishi mumkin. Bu daromadni ko‘rpa qatiga berkitib tashlaganingiz ma’qul. Yaxshi kunlarda asqotib qoladi. Salomatlikni mustahkamlashda gomeopatiya va fizioterapiya usullari katta yordam beradi. Umurtqani mustahkamlash uchun ham gimnastik mashqlar bajarishga erinmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Esda tuting, bugun har qanday ko‘rinishdagi faollik sizga faqat zarar hadya etadi. Bu hayot qonuni. Uni rad etishga siz-u biz ojizlik qilamiz. Har bir ish, istak, orzu puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan holda haqiqatga aylantirilishi kerak. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy biznes bilan shug‘ullanish, bankdagi hisob raqamga pul qo‘yish kabilar omadli kechadi. Shaxsiy biznes kechqurunga borib daromad keltirishi uchun yuqorida ta’kidlanganidek puxta rejalarga suyaning. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching yoki tarvuz iste’mol qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

17 iyulda baliq burji ostida tug‘ilgan ayollar va qizlar tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor bilan yondashishlari tavsiya etiladi. Chunki bugun kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biror masalada niyatga astoydil yetishni istayotgan bo‘lsangiz, realistga aylaning. Chunki orzular, xayolparastliklar bolalikda yarashadi. Yosh ulg‘aygach, ularni reallikka aylantirish zarur bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?