QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar bugun tanangizdagi bor kuch va irodani ishga sola bilsangiz, muvaffaqiyatlar faqat sizniki bo‘ladi. Garchi pullaringiz haddan tashqari ko‘p bo‘lsa-da, tavakkalchilikka, hotamtoylikka erk bermang. Ayollar va qizlar tashqi ko‘rinishiga o‘zgartish kiritishni xohlashsa, bu ishni tushga qadar amalga oshirganlari ma’qul. Terida muammosi borlar albatta kosmetologga uchrashishlari kerak. Kun davomida ko‘p vaqtingizni quyosh tig‘i ostida o‘tkazishingiz tavsiya etilmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 iyul kuni to kechga qadar amalga oshirgan barcha ishlaringiz kelajak uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Shuni hech qachon unutmang. Bu shaxsiy hayotingizga ham tegishli. Oila qurmaganlar me’yordan ham ortiqroq muloyim, shinavanda bo‘lsalar, manaman degan qarama-qarshi jins vakilining e’tiboriga tusha olishadi. Hozir urf bo‘lgan kiyimlar xarid qilish uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Siz o‘sha kiyimni do‘kon yo bozorda sezilarli darajadagi chegirma bilan xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalaboq hech kimga sezdirmagan holda ichki olamingizga yana bir bor razm solib oling. Ichingizda dunyoda tengsiz iste’dodlardan biri berkinib qolgan bo‘lishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq har qanday ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishingiz uchun 18 iyul juda qulay kechadi. Sizni rahbarlar nafaqat maqtashi, balki, mukofotga ham tavsiya etishlari mumkin. Oila qurmaganlar bugun kechgacha olqishlar qurshovida vaqt o‘tkazishadi. Demak, kechqurun siz aniq romantik uchrashuvga chiqasiz.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 iyulda pul masalasini jiddiy nazorat ostiga oling. Pulni ko‘r-ko‘rona, pala-partish sarflashdan tiyiling. Bu ish qo‘lingizdan kelmasa, yarmidan ko‘pini juftingizga berib qo‘ying. Kunning ikkinchi yarmida salomatlikni tiklash harakatiga tushsangiz ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Imkon topib tabiat qo‘yniga otlansangiz, suv havzalarida cho‘milsangiz, quyoshda me’yorni buzmagan holda toblansangiz, salomatlik albatta tiklanadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Aksariyat do‘stlarimiz bugun ishni professional kasb bilan bog‘liq ma’lumotga qaratishlari lozim. Agar anchadan beri malaka oshirmagan bo‘lsangiz, bu ishni bugundan amalga oshira boshlang. Mavqeni oshirishda bu narsa sizga juda asqotadi. Kasbingizga bog‘liq kurslarga borishingiz, seminarlarda ishtirok etishingiz mumkin. Yoki shunga mos qo‘llanmalarni o‘qib chiqishingiz ham foyda beradi. Bugun siz muhabbatda ham albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Faqat oiladagilarga qo‘pollik qila ko‘rmang. Bu munosabatingiz katta janjalga aylanib ketishi hech gap emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 iyul kuni emotsiyangizni jilovlagan holda harakatlar sodir eting. Hatto, ish joyingizda o‘zingiz rahbar hisoblansangiz ham baribir emotsiyani jilovlashingiz shart. Hamkasblarga, qo‘l ostingizdagilarga qo‘pol muomala hech qachon yoqib tushmaydi. G‘iybatchi va hasadchilardan iloji boricha nariroq yuring. Kunning ikkinchi yarmida bajargan ishingiz uchun albatta mukofotini olasiz. Surunkali xastalikka uchragan bo‘lsangiz, salomatlikni mustahkam tutish payida bo‘ling. Atmosferada magnit bo‘ronlari to‘xtamayotganiga jiddiy e’tibor berib, dorilaringizni o‘z vaqtida ichishni unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun kunning birinchi yarmida faqat o‘zingizga yoqqan, qiziqarli bo‘lgan ishlargagina qo‘l uring. Ish bajarishda shaxsiy manfaatlaringizni xayolan ham ko‘zlay ko‘rmang. Shaxsiy hayotda dadillik bilan, sira kechiktirmasdan yetakchilikni o‘z qo‘lingizga oling. Agar qarzga botmagan bo‘lsangiz, bugun topadigan pulingiz ancha vaqtga yetadigan miqdorda bo‘ladi. Kechqurun kimlardir xizmat safariga otlanishlari mumkin. Safar siz uchun har taraflama muvaffaqiyatli kechadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 iyul kuni do‘stlaringizdan biri sizga birovlar orqali qandaydir xabar yetkazishi mumkin. Xabarni obdon tahlil qiling. Xabar qay ko‘rinishda, qay mavzuda bo‘lmasin, baribir javobgarligi sizning zimmangizga tushadi. Suyukli insoningizga nisbatan diplomatlarcha munosabat yuritishingizga to‘g‘ri keladi. U bilan bahslashmang, tanbeh bermang. Aks holda janjalning ostida qolib ketasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning boshlanish qismida juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingiz bilan orangizda sovuq munosabat hukm sura boshlashi kutiladi. Bu ikkalangizni ham tashvish va qayg‘uga botirishi mumkin. Qimmatbaho buyumlar, mahsulotlar xarid qilishdan tiyiling. Bu moddiy ahvolingizni tang ahvolga keltirib qo‘yadi. Xudo ko‘rsatmasin, oladigan maoshingiz miqdori kam chiqsa, juda tang ahvolda qolib ketasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 iyul kuni ish joyingizda o‘zingiz o‘zingizga boshi berk ko‘cha yaratib qo‘ysangiz, undan sizni boshqasi olib chiqib qo‘ymaydi. Yana o‘zingiz harakatga tushishingiz kerak bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri sizga moddiy jihatdan yordam ko‘rsatish ehtimoli bor. Muhabbatda o‘zingizni jabrdiyda qilib ko‘rsatishga urinmang. Farishtalar omin deb rosmanasiga jabrdiydaga aylanib qolishingiz mumkin. Kechqurun uydagi tashvishlarning teng yarmini o‘z chekingizga oling. Salomatlikka e’tibor qarating.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ishxonada qarama-qarshi kelish degan tushunchaga e’tiborliroq bo‘ling. Aks holda ko‘ngilsiz vaziyatda qolib ketishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda kun davomida yoqimsiz lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Agar yaqinlaringizdan birini, yoki juftingizni noo‘rin ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, albatta uzr so‘rang. Moliyaviy muammolar ham bugun sizning foydangizga kamroq hal bo‘lishi mumkin. Demak, yirik xaridlarni ortga surib turishingizga to‘g‘ri keladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 iyul kuni baliq burji ostida tug‘ilganlar vujudida qo‘shimcha kuch paydo bo‘ladiki, ishxonadagi ishlashini ko‘rgan rahbarlar ham hayratdan yoqa ushlay deydi. Bundan chiqdi, barcha maqtovlar va mukofot sizga tegishli bo‘larkan. Mehnat ta’tiliga chiqmagan bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida shu haqda o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi issiq kunda tog‘ yon-bag‘irlariga ketib dam olishga, havo almashishga nima yetsin. Shu bahonada sog‘lig‘ingiz ham tiklanadi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi