00:30 / 19.07.2018
6 352

Munajjimlar bashorati: 19 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

19 iyul kuni har kimning gapini yurakka yaqin olib siqilishdan tiyiling. U odam qarindoshingiz bo‘lsa ham iloji boricha kulgiga olib vaziyatni yumshata ketishga harakat qiling. Hatto, hasadgo‘yga ham muloyim muomala qilib, jilmaysangiz, faqat foyda ko‘rasiz. Keyin esa o‘sha sizni ranjitgan odamni imi-jimida davrangizdan chiqarib tashlaysiz, vassalom. Muhabbatda sirlilik yarashadi. Shu yo‘l bilan oila qurmaganlar bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshining ko‘ngliga yo‘l topishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ikki hissa ortiqroq bo‘lishi lozim. Siz faqat oqimga qarshi suzing. Shunda ezgu maqsadlar haqiqatga aylanadi. Muhabbatda esa qahramonlik sizga ziyon yetkazadi. Shuning uchun oila qurmaganlar sukut saqlagan holda raqiblarni chetga chiqarishga harakat qilishlari zarur. Bu masalada juda ayyorona usul kerak bo‘ladi. Surunkali xastaliklarni davolash, salomatlikni tiklash, mustahkamlash amallari 19 iyulda muvaffaqiyatli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

19 iyul xatolarni tuzatish uchun ajoyib kun hisoblanadi. Ishxonadagi yumushlarni ko‘ngildagidek ado etishda xalal berayotgan o‘tmish xatolarni eslab ularni bartaraf eta borsangiz bo‘ladi. Atrofdagilar bilan muloqotda juda ehtiyotkor va yon berishga moyil bo‘ling. Chunki muloqotlar davomida o‘zingiz xohlamagan gaplarni eshitib qolishingiz mumkin. Ishtahani jilovda ushlang. Aks holda ortiqcha vazn yig‘ib, natijada salomatlikka putur yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ish joyingizda mavqeingiz yanada oshishi uchun zarur harakatlar sodir etishni boshlang. Bu amalning mavridi keldi. Foydalanib qoling. Faqat ishni chin ko‘ngildan bajarsangiz, ezgu maqsadlaringiz tezroq amalga oshadi. Muhabbatda faqat o‘zingizga qattiq ishongan holda yo‘l tuting, albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Nokamtar ko‘rinsangiz ham juftingiz, bo‘lg‘usi juftingiz qarshisida hurmatingiz yo‘qolmaydi. Chunki gohida nokamtarlik foyda beradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

19 iyul kuni ishga bormasligingiz uchun minglab bahonalar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bu bahonalarga ko‘z yumib albatta ishga yetib borishingiz kerak. Siz ishlashga o‘rgangansiz. Demak, bir kun ishga bormay qolsangiz ham salomatligingizga putur yetishi hech gap emas. Tadbirkorlar bugun majlislar o‘tkazish, hamkorlar bilan kelishuvlar, yangi shartnomalarni imzolashda muvaffaqiyatga erishishlari kutiladi. Qalbingizga astoydil quloq tutsangiz, muhabbatda xafagarchiliklarni boshdan kechirmagan bo‘lardingiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Do‘stlaringizdan biri kunning birinchi yarmida sizga nisbatan adolatsizlarcha yo‘l tutib qo‘yishi mumkin. Buni kutmagandingiz, to‘g‘rimi? Demak, bundan keyin tegishli xulosalar chiqarib, do‘st va dushmanning farqiga boradigan bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz to‘liq sizning foydangizga hal bo‘ladi. Faqat taqdirdan millionlab dollar kutmang. Buning iloji yo‘q. Xudo berib turganiga shukr qiling. Surunkali xastalikka uchraganlar uydan ko‘chaga chiqmay turganlari ma’qul.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

19 iyulda tarozi burjida tug‘ilganlarning ayrimlari omadni harakatlar sodir etmagan holda, xayolparastlik yordamida o‘z tarafiga og‘dirishni xohlab qolishadi. Bunaqasi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Sizdan harakat, bizdan barakat deb behuda aytishmagan. Kun davomida olisdagi yaqinlaringiz, suyukli insoningizga qo‘ng‘iroq qilib hol so‘rashni-da unutmang. Bu o‘rtadagi mehr-oqibat kuchayishini ta’minlaydi. Kechqurun toza havoda sayr qilib, uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moliga e’tibor qarating.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ishlashda xalal berayotgan prinsiplaringiz va zararli odatlaringizni yana bir karra esga olib ulardan butkul xalos bo‘lish payida bo‘ling. Shunda juda qisqa vaqt ichida ham ishxonadagilar, ham uydagilar uchun deyarli ideal odamga aylanishingiz mumkin. Afsuski, bugun sog‘lig‘ingiz xavf ostida qolib, gripp yoki shamollashga o‘xshagan yoqimsiz xastalik yuqtirib olishingiz xavfi bor. Juda ehtiyot bo‘ling! Turli ko‘rinishdagi safarlardan voz keching va odam ko‘p to‘planadigan joylardan nari bo‘ling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

19 iyulda oila qurishga ulgurmagan, ammo ko‘z ostiga olib qo‘ygani borlar do‘ppisini osmonga otaversin. Siz nihoyat ikki ko‘ngil uchrashib, bir-birlariga sadoqat va’da qilishlariga shaxsan guvoh bo‘lasiz. Bu masalada tashqi ko‘rinishingiz ham ideal darajada bo‘lishi lozimligini unutmang. Imkon bo‘lsa, qizlar stilist yoki kosmetolog xizmatidan foydalanib qo‘ysalar ham yarashadi. Har holda bo‘lg‘usi taqdirdoshingiz bilan uchrashasiz. Unda tashqi ko‘rinishingiz ham iliq taassurot qoldirishi kerak.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishni xohlamasangiz, ish boshlashdan oldin uni yaxshilab rejalashtirib oling. Hamkasblar bilan bo‘lar-bo‘lmasga bahslashmang. Buning oqibati katta janjal bilan tugashi mumkin. Moddiy ahvolingiz tobida bo‘ladi. Biroq pul hech qachon ortiqchalik qilmagan. Qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlarga ham bir e’tibor qaratib qo‘ysangiz yomon bo‘lmaydi. Ayniqsa, yaqin kunlarda mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, pul albatta kerak bo‘ladi. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang. Kun tig‘ida ko‘p turib qolish holsizlanish va turli infeksiyali xastaliklarga olib kelishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

19 iyul kuni ishonchli, yaqin do‘stlarga nisbatan o‘zingiz uchun yoqimsiz odamlar bilan ko‘proq uchrashib, muloqot qilishingiz kutilmoqda. Bu muloqotlardan qochish uchun kunning ikkinchi yarmida o‘zingizni mazali taomlar bilan siylang. Yoki sportzalga borib xumordan chiqquncha sport bilan shug‘ullaning. Shunda yoqimsiz lahzalar unut bo‘ladi. Shaxsiy hayotda yaqinlaringizga yon bering. Kechki payt uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Tayyor turing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kun mobaynida ramziy ma’noda aytganda, dengizning yanada tubrog‘iga sho‘ng‘ib, eng yaxshi topilmalarga ega bo‘lish haqida bosh qotiring. Oila qurmaganlardan kimdir tushdan keyin bir inson bilan tasodifan uchrashishi va shu inson bir umr qalbiga muhrlanib qolishi mumkin. Basharti sevib qolganingizni chuqur his eta boshlasangiz, buni yangi tanishingizdan sir tutib o‘tirmang. Haqiqatni ayting. Yengil tortasiz. Baxtingizni bersin! Kimdir oyoq va bosh og‘rig‘i, yurak bezovtaligidan azob chekayotgan bo‘lsa, bugun vrach ko‘rigidan o‘tish juda yoqimli va omadli kechadi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?