00:32 / 25.07.2018
7 031

Munajjimlar bashorati: 25 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Ba’zi hamkasblarga alohida e’tibor bilan munosabat yuriting. U sizga kun davomida o‘zi bajarishi kerak bo‘lgan ish mas’uliyatini ham yuklab qo‘yishni mo‘ljallagan. Ammo janjal ko‘tarmang. Masalani sukut saqlagan holda imi-jimida hal qiling. Kechqurun muhabbatda oila qurmaganlardan kimdir aldanib qolishi mumkin. Bu restoran yoki kafega taklif etish amali bilan boshlanadi. Kechqurun yolg‘iz qolib dam oling. Oilasiz bo‘lsangiz, hali juftingizni topa olmagan chiqsangiz, xavotirga o‘rin yo‘q. Ajoyib kunlarning birida albatta uni uchratasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

25 iyul kuni hayotingizda ba’zi voqealar sizga zerikarlidek tuyila boshlaydi. Biroq aslida unday emas. Kayfiyatingiz kechirishingiz lozim bo‘lgan kunga moslashishi zarur. Shunda bu tuyg‘u sizni tark etadi. Moliyaviy masalada ko‘proq ter to‘king. Shunda pulsiz qolmaysiz. To‘g‘ri, siz xaridlar qilishni xush ko‘rasiz. Lekin bugun tejamkorlik birinchi o‘rinda turishi kerak.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ertalab ishxonadami, ko‘chadami g‘alati bir odam bilan tanishib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo bu odam kelgusida sizga juda kerakli shaxsga aylanishi mumkinligini unutmang. Moliyaviy muammolarni hal etishingiz jarayonida do‘stlar yoki tanishlar tarafidan oyog‘ingiz ostiga to‘siq qo‘yish kabi yoqimsiz holatlar o‘ylab topilishi mumkin. Bugun muhim hujjatlarga imzo chekishda juda ehtiyotkor bo‘ling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

25 iyulda ishxonangizda hamkasblar ajoyib iste’dodingizga yana bir karra qoyil qolishlari kutiladi. Bu rahbariyatga yetib borsa, mukofotning kattasi o‘zingizniki deyavering. Shaxsiy hayotda ko‘ngilsizliklarga duch kelmaslik uchun sabrli va xotirjam bo‘lishingiz talab etiladi. Iloji boricha uydagilarga muloyim munosabat yuriting. Kechqurun olisdan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ish joyingizda negadir boshi berk ko‘chaga kirib qola boshlaganingizni sezasiz. Bu moliyaviy jihatdan muammal bo‘lmaganingiz intihosidir. Zudlik bilan qo‘shimcha daromadli ish topmasangiz, navbatdagi yoqimsiz holat inqiroz bo‘lib chiqishi hech gap emas. Pullaringizni ehtiyot qiling. Ayniqsa, jamoat transportida harakatlanish jarayonida firibgar va kissavurlarga yo‘liqishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

25 iyul kuni parizod burjida tug‘ilganlar juda mushkul vaziyatda qolib ketishlari kutiladi. Bu vaziyatdan o‘z kuchingiz bilan chiqa olishingiz dargumon. Kimdir sizni nima bilandir aybdor qilishga urinib ko‘radi. Bunday vaziyatdan do‘stlar va tafakkur ko‘magidagina chiqib keta olasiz. Muhabbatda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga aslida tuyg‘ularingiz chin va kuchli ekanini yana bir bor isbotlashingiz uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Salomatlikka e’tiborni susaytirmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Tarozining ikki pallasi teng bo‘lishiga erishish uchun intiling. Shunday ishlarga qo‘l uringki, six ham, kabob ham kuymasin. Suygan insoningiz o‘zining shirin so‘zi va harakatlari bilan o‘zingizga bo‘lgan ishonch ortishida katta yordam beradi. Uni ranjitishni o‘ylay ham ko‘rmang. Moliyaviy muammolaringizni qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishgina ijobiy hal eta oladi. Bu ish yana sizga ma’naviy rohat ham bag‘ishlashi ehtimoldan xoli emas.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

25 iyulda moliyaviy jihatdan jar yoqasida qolishni xohlamasangiz, o‘z kuch va imkoniyatlaringizni astoydil ishga soling. Aqlni peshlang. O‘tgan kunlarda ishlab topilgan pullarni tejang. Bugun eng muhim xaridlarnigina amalga oshiring. Surunkali xastalik bilan og‘riganlarning navbatdagi muolajalari biroz ortga surilishi mumkin. Mutaxassis bilan yaxshilab maslahatlashgach, muolaja boshlashingiz kerak bo‘ladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish joyingizda yumush bajarish masalasida chalkashliklarga duch kelishingiz kutilmoqda. Bu chalkashliklarni hamkasblar yordamisiz bartaraf eta olmaysiz. Shaxsiy hayotingizga o‘zingizcha yangiliklar kiritishga urinmang. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz, bu xato juda qimmatga tushishi mumkin. Sevgan insoningiz uchun kun davomida birozgina vaqt ajrating. Romantik lahzalar o‘ylab toping. Shu bahonada munosabatlar yanada mustahkamlanadi. Kechqurun ayrimlar safarga otlanishi kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

25 iyul kunning birinchi yarmida oilangizdagilar yoki do‘stlar bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Ajablanarlisi, bu janjalda sizni ayblay boshlashadi. Hoynahoy, haqiqatan o‘zingiz qandaydir xatoga yo‘l qo‘ygansiz-u, oqibati janjal bilan tugayotgan bo‘lishi ham mumkin. Tadbirkor bo‘lsangiz-u, hamkorlar psixilogiyasidan yaxshi xabardorligingiz haqiqat bo‘lsa, biznesda omadingiz chopgani o‘sha. Pulning o‘zi sizni qidirib kelaveradi. Muhabbatda suyganingiz bilan ehtiyot bo‘lib muloqot qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Qayerda bo‘lmang, yurish-turishingizni, emotsiyani nazorat qila biliingiz zarur. Hatto toqqa borib dam olsangiz ham o‘zingizni juda ehtiyotkor tuting. Oila qurmaganlar bugun tasodif tufayli o‘zining bo‘lg‘usi turmushdoshini topishlari mumkin. Basharti ayrimlar hozircha yolg‘iz yashashni ma’qul ko‘rayotgan bo‘lsalar, o‘zlariga havola. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar atmosferada boshlangan navbatdagi magnit bo‘ronidan ehtiyot bo‘lishlari tavsiya etiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

25 iyulda tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan kelishuvlar va xizmat safari omadli kechadi. Ammo samolyotda uchish bugun muvaffaqiyatsiz kechishi mumkin. Uyingizga u qadar uzoq bo‘lmagan yerga borib dam olsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Qarindosh-urug‘lar bilan uchrashib suhbatlashish sizga muammolardan qisqa vaqtga bo‘lsa-da chalg‘ishda yordam beradi. Bugun pul jamg‘arish yaxshilik keltirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?