23:18 / 25.07.2018
5 994

Munajjimlar bashorati: 26 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun bo‘lar-bo‘lmas xayollarni miyangizdan chiqarib tashlagan holda sarguzashtlarga berilmang. Aks holda omadsizlikka yuz tutasiz. Kunni xotirjam o‘tkazishga harakat qiling. Shunday yo‘l tutingki, hech kim sizga tanbeh bera olmasin. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Bugun hech kimga qarz bermang. Bank orqali birovga pul ham jo‘natmang. Muvaffaqiyatsizlikning hidi kelyapti. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatlikni mustahkamlash payida bo‘ling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

26 iyul kuni ishxonadagi yumushlarni ado etishda nihoyatda sergak bo‘ling. Yo‘qsa, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Agar pul masalasida xasislik qilmasangiz, yaqin do‘stlaringiz ko‘paygandan ko‘paya boradi. To‘g‘ri-da, pul bergan odamga hamma do‘st. Shunday emasmi? Shaxsiy avtomobilingizda yaqin shaharlardan biriga borishingiz kutiladi. Bu safar muvaffaqiyat bilan yakun topadi. Sog‘lig‘ingizni asrang. Ba’zilarni kun davomida bosh og‘rig‘i bezovta qilib o‘tish ehtimoli bor.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ko‘ngilxushlik, quvonchli va sershovqin davralar bugun sizga sira to‘g‘ri kelmaydi. Ma’naviy takomil sari intiling. Shunda atrofda bo‘layotgan yaxshi-yomon ishlarni chuqur tahlil eta olasiz. Muhabbatda bir hodisa yuz beradiki, ko‘zingiz moshdek ochiladi. Lekin xulosa chiqarishga hali erta. Agar uylanmagan yigitlar sevganiga ko‘ngil izhorini yetkaza olishmasa, bu haqda va’da ham bermasliklari kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

26 iyul kuni uzzukun garmoniya qidirib vaqtingiz o‘tishi mumkin. Ammo izlagan joylaringizdan uni topa olmaysiz. Siz oldin atrofingizdagi yovuz niyatli kimsalarni yo‘q qiling. Ana o‘shanda garmoniya o‘zi yuz ko‘rsatadi. Zahiraga deb pul qo‘yish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Xaridlarda tejamkor bo‘ling. Ijod kishilarining kuni qanday kechishi bir jihatdan o‘zlariga ham bog‘liq. Agar haqiqiy ijod namunalarini yaratib, uni muxlislarga yetkaza olsangiz, kuningiz tug‘ardi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Arslon burji vakillari kunning ikkinchi yarmida moddiy tarafdan sal qiynalib, yaqin tanishlarga qarz so‘rab murojaat etishi mumkin. Adashmabsiz. Yaqin tanishlar sizga albatta shunday kunlarda asqotishga hozir-u nozir. Ular sizni aldamaydi, sizga xiyonat ham qilmaydi. Sizni sotmaydi. Oilasizlar bugun romantik lahzalarga boy bo‘lishlari mumkin. Ammo bu haqda hech kimga gullab qo‘ymang. Ko‘z tegishi mumkin. Oilalilar har bir ishda jufti bilan maslahatlashib olganlari ma’qul.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

26 iyul kuni erta tongdanoq yangi va siz uchun juda qimmatli xabarlar quyilib kela boshlaydi. Shu qadar quvonib ketasizki, olamshumush bir ishga qo‘l urgingiz kelib ketadi. Ammo biling, atrofingizdagilarning hammasi ham bu g‘oyangizni qo‘llab-quvvatlayvermaydi. Demak, yolg‘iz harakatlanishga majbursiz. Shaxsiy hayotda har bir detalga e’tibor bilan yondoshing. O‘ylamasdan qadam bosib qo‘ymang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, 27 iyul kuni sodir bo‘ladigan oy tutilishidan salomatligingizni asrash harakatida bo‘ling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz ajoyib, xushchaqchaqlikda o‘tishini yulduzlar bashorat qilgan. Shunchalar optimistga aylanasizki, o‘zingizga ruhan yaqin insonlar bilan uni bo‘lishsangiz ham kamayib qolmaydi. Biznes kishilari raqobatchilardan ehtiyot bo‘lsinlar. Ba’zilari payt poylash bilan ovora. Agar o‘z vaqtida chorasini ko‘rmasangiz, inqirozga yuz tutishingiz ham hech gap emas. Pullaringizni, yangi g‘oyalaringizni o‘zingizdan boshqaga ishonib topshirmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

26 iyulda xohlagancha dangasalikka, zerikishga erk beraverishingiz mumkin. Baribir har bir muammo sizning foydangizga avtomat tarzda hal bo‘ladi. Xotirjamlikka beriling. Mayda-chuyda, arzimas ishlarni bajarib, ko‘proq dam oling. Mayda ishlar yaqin kelajakda sizga mo‘may daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. Agar olis safarga otlanishni yoki xizmat safariga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, boshqa kunga qoldiring. 26 iyul kuni bunday amallar muvaffaqiyat keltirmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Aldanib qolishdan, firib changaliga tushishdan, kissavur muttahamlarning kasriga qolishdan saqlaning. Ehtiyotkorligingizni sirayam qo‘ldan bermang. Xudo ko‘rsatmasin, bu ishlar boshingizga tushsa, vallomati ham sizga yordam bera olmasligi mumkin. Birovdan qarz ko‘tarish, bankdan kredit olish ham bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. O‘z kuchingizga tayanib, xudodan astoydil so‘rab oldinga intilsangiz, Yaratgan hech qachon beraridan qismaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

26 iyul kuni ishdagi, ko‘cha-ko‘ydagi muvaffaqiyatlaringiz haqida duch kelgan odamga gapirib maqtansangiz arziydi. Ko‘z tegib qolishidan cho‘chimang, xudoning o‘zi sizni asraydi. O‘z ishingiz ustasi ekaningizni hamma bilib qo‘ysin! Oilasizlar buning aksini qilishi kerak. Ichki siringizni o‘zingizdan boshqa hech kim bilmasin. Baxtingizga ko‘z tegadi. Yoki yaqinlaringizdan kimdir sevgan insoningizdan sizni sovitishga harakat qilishi mumkin. Kechqurun uy ta’miri bilan shug‘ullanishingiz ehtimoli bor.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar buguningiz ko‘ngildagidek o‘tishini bashorat qilishmoqda. Faqat bir shart bilan. O‘zingizni o‘zingiz tanqid qilishga o‘rganishingiz kerak. Shunda ishlaringiz yanada baroridan kela boshlaydi. Hasadgo‘y, ikkiyuzlamachining yaqiniga ham bormang. Agar sizga hasad qilishayotganini bilib qolsangiz ham musht bilan muammoni hal etishga urinmang. So‘z bilan o‘ch olishga harakat qiling. Muhabbat nafratga aylanib ketmasligi uchun juftingizga nisbatan yanada yoqimli munosabatda bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

26 iyulda baliq burji ostida tug‘ilganlar orzu dengizida suza boshlashadi. Darvoqea, yaqin atrofda suv havzasi bo‘lsa, bir-ikki soat dam olsangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Xayollaringiz ham yangilanib qolardi bahonada. Oilalilar qarama-qarshi jins vakil va vakilalarining xushomadlaridan nari bo‘lsinlar. Oqibatda uyatga qolib ketishlari mumkin. Bosh va oyoq og‘rig‘i to‘xtamayotgan bo‘lsa, vrach ko‘rigiga albatta boring.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?