QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar kuningiz agressiv tarzda boshlanishini bashorat qilgan. Lekin uyqudan turiboq o‘zingizni o‘zingiz xursand qilishga harakat qilsangiz, yulduzlarning bashorati yo‘qqa chiqishi mumkin. Xarakteringiz jihatidan optimistsiz. Demak, bo‘lar-bo‘lmasga achchiqlanaverish sizga xos emas. Tadbirkorlardan kimdir o‘zi anchadan beri taniydigan inson bilan foydali shartnomaga imzo qo‘yishi kutiladi. Kechqurun dam olishga alohida e’tibor qarating. Juda bo‘lmaganda, oilaviy bayram uyushtiring. Bu ham kayfiyatingizni ko‘tarib, ruhan dam olasiz.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 iyul kuni muhabbat bobida omadingiz chopadi. Bu oila qurishga ulgurmagan insonlar uchun desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Siz taqdirdoshingizni uchratasiz. Oilalilar esa juftining ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida ishda yuqori cho‘qqilarni zabt etishlari mumkin. Moliyaviy jihatdan ahvolingiz qoniqarli. Faqat pulni bo‘lar-bo‘lmasga ishlatavermasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda maoshgacha qarzga botishingiz mumkin. Kechqurun yumshoq, tez hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning. Salomatligingiz birinchi o‘rinda turgani ma’qul-da!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Birovlarga tashqi ko‘rinishi, odatlariga qarab baho berishdan tiyiling. Oldin o‘zingiz ahillik va barqarorlik sari qadam tashlab ko‘ring. Shunda sizga hamsuhbat bo‘lgan odamning aslida qandayligini bilib olishingiz yengil kechadi. Ishxonada ham o‘zingizni tutish masalasida chuqurroq o‘ylab ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Rahbarlar bilan jiddiy masalada suhbat qurishingiz ham tasodif emas. Suhbat bahonasida professionalizmni ularga yana bir bor namoyish etishingizga to‘g‘ri keladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 iyulda qarama-qarshi jins vakili yo vakilasining muvaffaqiyatlaridan unumli foydalanishingiz kutiladi. Shubhasiz, u o‘zingizga yaqin inson. Oila qurmaganlar uchun 28 iyul bir umr esda qoladigan kun bo‘ladi shekilli. Siz bo‘lg‘usi juftingizni uchratib tanishishingiz mumkin. Ba’zilar kechki payt olis safarga otlanishlari kutiladi. Qo‘lingizda bor pullarni joy-joyiga ishlatishga harakat qiling. Salomatligingizni asrang. Yaqinlaringizni ardoqlang. Kam bo‘lmaysiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun qay ishga qo‘l ursangiz ham to‘siqlar deyarli bo‘lmaydi. Aksincha, har jabhada muvaffaqiyat qozonishingiz haqiqatga yaqin. San’at va rassomchilik bilan shug‘ullanadiganlar 28 iyul kuni ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan zafarlarni quchishlari mumkin. Aynan bugun hayotingiz davomidagi eng go‘zal asarni o‘zingiz sezmagan holda yaratib qo‘yasiz. Ko‘z tegishidan o‘zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan keladi inshoolloh. Kasbingiz muallim bo‘lsa, kun mobaynida kamroq asabiylashishga harakat qiling. Asabiylashishga hali ulgurasiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 iyulda qay masalada bo‘lmasin, to‘g‘ri qaror chiqarishingizga to‘g‘ri keladi. Shunday qaror qabul qilingki, keyin afsuslanmaydigan bo‘lsin. Bu ishga ham, muhabbatga ham baravar bog‘liq. Kechqurun oilali do‘stlarimizni ro‘zg‘or ikir-chikirlari kutib turadi. Bundan tashqari, kechqurun bolalar tarbiyasi va uy ta’miri bilan ham band bo‘lishingiz mumkin. Immunitetni ko‘tarishda sovuq suvda badanni chiniqtirish amali foyda beradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun uy va o‘zg‘or tashvishlari bilan band bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Ammo buni deb hayotingizda sodir bo‘lishi kutilayotgan eng yorqin vaziyatlarni ham o‘tkazib yubormasligingiz kerak. Oila qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari shundoq uyining ro‘parasida bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratib qolish ehtimoli bor. Bu haqiqatan o‘zingiz uchun kutilmagan baxtga aylanadi. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling. Juftingizga iliq munosabatda bo‘ling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 iyul kuni o‘zingizni yaxshi his etishingiz kutiladi. Shu narsa faolligingizni ham oshiradi. Natijada kasbingiz bilan bog‘liq eng muhim ishlarni do‘ndira olasiz. Omadingiz kelib qilgan ishlaringiz uchun pulini ham sanab berishmoqchi. Yolg‘izlar rosmana ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirishlari mumkin. Oilalilardan kimnidir o‘zi anchadan beri birga ishlaydigan odam birgalikdagi sayohatga taklif etishi kutiladi. Atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlaridan o‘zingizni saqlang. Quyosh tig‘ida uzoq qolib ketish sizga faqat ziyon yetkazadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ertalabdanoq vujudingizdagi kuch va imkoniyatlar shu qadar ko‘pchilikni tashkil etadiki, ularga suyangan holda Everest cho‘qqisini ham zabt eta olasiz. Lekin Everestga chiqish shart emas. Oldinda sizni azaliy orzularni haqiqatga aylantirishi mumkin bo‘lgan ishlar kutib turibdi. Sovg‘alar xarid qilish, tantanali tadbirlarda ishtirok etish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Biznes bilan shug‘ullanuvchilar bugun boshqa paytlardagiga nisbatan ikki hissa ko‘proq daromad ko‘rishlari mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 iyul kuni juftingiz bilan oradagi munosabatlar rishtasini mustahkamlashga e’tibor qarating. Bu ishni syurprizlar yoki shirin so‘zlar, xushomadlar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Orzularingiz yo‘lida olg‘a bosing. Xudo xohlasa, bu harakatlar sizni zararli energeya xavfidan saqlaydi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal qilishda yaqin qarindoshlar yordam beradi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qilish bilan kifoyalaning. Omadingizni bersin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ish bajarishda, harakatlar sodir etishda o‘tmishga qaytishdan tiyiling. Yangi boshlagan ishlaringiz bugunniki bo‘lib qolaversin. Tavakkalchilik, yoki ikkilanish ham ishlaringiz baroridan kelishida to‘siq vazifasini o‘tashi hech gap emas. Muhabbatda kamtar va ruhan tetiklikka e’tibor qarating. Chunki juftingiz yoki bo‘lg‘usi yoringiz sizdan faqat qat’iyatlilik kutadi. Kechqurun olis safarga borishingiz kutilayotgandi. Faqat moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi emasligi safarni boshqa kunga qoldirishga majburlashi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 iyul kuni baliq burjida tavallud topganlar atrofdagilarga muloyim munosabatda bo‘lishlari lozim. Hech kim bilan janjallashish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Xudo ko‘rsatmasin, bu janjal sizni depressiya holatiga tushirib qo‘yishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda omad sizga kulib boqadi. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan shug‘ullaning. Yoshi ulug‘ qondoshlar bo‘lsa, ular holidan xabar oling va savobga ega bo‘ling.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi