00:32 / 29.07.2018
5 913

Munajjimlar bashorati: 29 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 29 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun mayda-chuyda ishlarga o‘ralashib qolishdan saqlaning. Ular sizga o‘zingiz kutgan ijobiy natijani bera olmaydi. Qolaversa, yirik loyihalarga asoslangan ishlargina moddiy jihatdan talabingizni qondira oladi. Oila a’zolaringiz bilan janjallashib qolishni istamasangiz, bugun dam olish kunidan foydalanib sayrga chiqib ketsangiz ham yomon bo‘lmaydi. Ular hadeganda prinsiplaringizni o‘zgartirish harakatida bo‘lishlari mumkin. Muhabbatda haqqoniy ish tuting. Shunda romantika faqat sizniki bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

29 iyul kunning birinchi yarmidayoq o‘zingizni o‘zingiz jiddiy nazorat qiling. Atrofdagilar qarshisida o‘zingizni sipo va diplomatlarcha tuta olsangiz, do‘stlar, sizga hayrixohlar soni ortadi. Birovlarning ishiga aralashib maslahat berishga urinmang. Janjal kelib chiqishi mumkin. Yaqin qarindoshlar bilan ham muloyim munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam olishingiz kutiladi. Bu salomatlik uchun juda kerak albatta. Kechqurun ko‘cha yoki birovlar pishirgan taomlarni iste’mol qilmang. Zaharlanib qolishingiz xavfi bor.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yaqinlaringizning injiqliklarini, zarda va kinoyalarini bardosh bilan qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Janjaldan, baqir-chaqirdan foyda chiqmaydi. Qolaversa, qondoshlar hech qachon janjallashmasliklari zarur. Aks holda uydan baraka qochadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun 29 iyul juda qulay va xayrli kechishi kutilmoqda. Siz uchun jonini berishga tayyor insonlar yo‘q emas. Ularga ham bugun keragicha mehr-oqibat ko‘rsating. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

29 iyulda kunni negadir asabiy boshlashingiz kutiladi. Arzimagan gap yoki vaziyat ham sizni g‘azabga keltira boshlaydi. Do‘stlar bilan bahslashmaslikka harakat qiling. Qanchalar asabiy bo‘lmang, ularni ranjitmasligingiz kerak. Yo‘qsa, ish mushtlashishgacha boradi. Kimga yaxshi, kimga yomon. O‘ylab ko‘ring. Yaqin manzilga tushdan keyin safar qilishingiz mumkin. Bu safar siz uchun muvaffaqiyatli kechishi sezilmoqda. Agar shaxsiy avtomobilda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Tashqarida havo aynib, jala quysa-da, sizning qalbingizni quyosh tafti isitishdan bo‘shamaydi. Kun davomida yaqin insonlar sizga kutilmagan sovg‘alar tayyorlaganiga guvoh bo‘lasiz. Aqlingiz yetadigan har qanday ishni ikkilanmasdan amalga oshiravering. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Moliyaviy masalada ham zafar quchasiz. Ammo pulni bo‘lar-bo‘lmasga sarflab qo‘ysangiz, tang ahvolda qolib ketishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizga alohida vaqt topib e’tibor qarating.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

29 iyul kuni tog‘ni urib tolqon qilar darajada kuchli va omadli ekaningizni yana bir karra anglab yetasiz. Lekin istak degan narsa vujudingizda kamroq bo‘lib chiqishi mumkin. Agar har bir qadamingizni reja asosida bosa bilsangiz, xatolarga yo‘l qo‘yishdan yiroq bo‘lasiz. Pulingizga pul qo‘shiladi. Kim oldinga intilishingizga xalal bersa, o‘sha lahzadayoq joyiga o‘tqazib qo‘ying. Niyati buzuq, ko‘ngli qora odamlarga bugun qarz bermang. Surunkali xastalik bezovta qila boshladimi? Tezlik bilan dorilarni iching va parhez tutishda davom eting.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz xayrli va omadli kechishini yulduzlar bashorat qilgan. O‘zingiz oldindan ko‘z tikkan ishlarni a’lo darajada ado etish uchun barcha imkoniyatlar bor. Orzularingiz ketma-ket ushala boshlasa, qo‘rqib ketmang. Bugun sizga barcha ezguliklarning nazari tushgan. Organizmni yoshartirish, muolajalar olish kabi amallar ham muvaffaqiyatli kechadi. Agar haqiqiy professional vrachga yo‘liqsangiz, muammo juda tez bartaraf etiladi. Ba’zilar kechqurun safarga otlanishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

29 iyul kuni chayon burji ostida tug‘ilganlar oldin hayotda nima xohlayotganlarini bir tahlil qilib ko‘rishlari lozim bo‘ladi. Omadingiz chopa qolmayotgan bo‘lsa, atrofdagilarni ayblamang. Ular sizga yomonlik qilmoqchi emas va qilmaydi ham. Juftingiz bilan yo rashk, yo ro‘zg‘ordagi muammolar tufayli janjallashib qolishingiz mumkin. Agar organizmingizga ziyon yetkazishi mumkinligini ko‘nglingiz sezsa, unday taomlardan keskin yuz buring. Erkaklar ko‘chada qarama-qarshi jins vakilalarining sirtmog‘iga tushib qolishdan saqlansinlar.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ertalabdan kayfiyatingiz ham tushunarsiz holatda bo‘lishi mumkin. O‘zingizni go‘yo ikki dunyo oralig‘ida qolib ketgandek zaif his eta boshlaysiz. Bu vaziyatdan astoydil ter to‘kib ishlasangizgina chiqib keta olasiz. Shaxsiy hayotingizda ba’zi vaziyatlarni qaytadan qurishingizga, hayot tarzingizga o‘zgartishlar kiritishingizga to‘g‘ri kelishi kutiladi. Oila qurmaganlar uchun bugun muhabbat va romantikaning barcha eshiklari lang ochiq. Omad kelganda foydalanib qolsangiz, keyin afsus chekmaysiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

29 iyulda kunni faqat yangi ishdan boshlang. Shunda pul ham, obro‘, hurmat-izzat ham bo‘ladi. Bu oilaviy hayotingiz bilan bog‘liq. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, bir joyda o‘tirib qolsangiz, puldan quruq qolasiz. Kechqurun esa juftingiz bilan qizg‘in suhbatlar qurish katta foyda beradi. Sog‘liqni ham unutib qo‘ymang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Agar bo‘sh vaqt topib bir necha o‘n daqiqa yashil rangga tikilib tursangiz, ko‘rish qobiliyatingiz yanada yaxshilanishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Qovg‘a burjida tavallud topganlarning oilada ham hurmati ortishiga sababchi bo‘la oladigan vaziyatlar yuzaga keladi. Ijodkorlar bugungi dam olish kunidan unumli foydalanib qolishlari kerak. Ertalabdan kayfiyatingiz ijodga moyil bo‘ladi. Demak, siz tarixda qoladigan ajoyib asar yaratish pallasidasiz. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek asrang. Agar bosh og‘rig‘i yoki allergiyadan qiynalayotgan bo‘lsangiz, albatta mutaxassisga uchrashingiz zarur. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

29 iyul baliq burji ostida tug‘ilganlar uchun me’yorida, sokin kechishi kutilmoqda. Ammo bekor qolib ketishni orzu ham qila ko‘rmang. Uy yumushlari qalashib yotibdi. Qarindoshlar bilan munosabatlaringizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Ortiqcha vazndan bezorlar alohida ratsion asosida parhez tutishlari kerak. Shokoladdan saqlaning, ko‘proq harakatda bo‘ling. Shunda sog‘lig‘ingiz tobida bo‘lishi tayin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 29 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?