00:43 / 31.07.2018
6 604

Munajjimlar bashorati: 31 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 31 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun hamma narsadan, har bir vaziyat, holatdan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanishingiz tavsiya qilinadi. Faqat ishxonada hamkasblar bilan muloqotda har bir gapingizni o‘ylab gapirishingiz kerak bo‘ladi. Kechqurun sizni ro‘zg‘or bilan bog‘liq bir talay muammolar kutib turadi. Ayrimlar uy ta’miri bilan shug‘ullana boshlashi mumkin. Nima bo‘lganda ham, salomatlikni ehtiyotlang. Moliyaviy masalada bugun muammo bo‘lmaydi. Istasangiz, yirik xaridlar qilishga ham shaylanishingiz mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

31 iyul kuni muhabbatda ko‘p va’dalarni eshitishingizga to‘g‘ri keladi. Kimlarningdir bo‘lg‘usi jufti qasam ichishgacha borishi ehtimolga yaqin. Tadbirkorlar katta ishga pul tikishni rejalashtirishgan bo‘lsa, bugungi kun juda qulay kechadi. Shaxsiy hayotda yaqinlaringiz va sizning orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Og‘irroq bo‘ling. Asablarni asrang. Ovqatlanishda tartib va me’yorni biling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kuningiz og‘ir kechishi kutilmoqda. Ish ko‘p, ammo ularni muvaffaqiyatli ado etishda jiddiy to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Rahbariyatga miyangizda paydo bo‘lgan yangi g‘oyalarni oshkor eting. Ajab emaski, yengil tortsangiz, mukofotlarga loyiq ko‘rishsa! Moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga hal etishda ham professionallik zarur bo‘ladi. Hatto, o‘zingiz kutganingizdan ham ko‘proq daromadga ega bo‘lishingiz ehtimol emas, aksincha haqiqat.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

31 iyul kuni ish joyingizga kelasiz-u, kuchli ruhiy zarbani qabul qilib olasiz. Siz egallamoqchi bo‘lgan lavozimni boshqasi ilib ketganiga guvoh bo‘lasiz. Bu yo‘lda shunchalar ko‘p ter to‘kkandingizki, alam qilishi tayin. Lekin iloj qancha. Bu dunyoda adolatning o‘zi qolmagan shekilli. Mayli, xudoga yolvorishda davom eting. U sizdek haqiqatparvar bandasidan shafqatini, mehrini darig‘ tutmaydi. Moddiy ahvolingiz har holda yomon bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshirasiz. Sotib olgan buyumingiz uchun katta chegirma belgilaganlari kayfiyatingiz albatta yaxshi tarafga o‘zgarishini ta’minlaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yangi tanishuvlar, muloqotlar, munosabatlardan dam oling. Emotsiyani jilovlang. Bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Ish bajarishda tajriba asosiy rolni o‘ynashini hisobga oling. Eskicha usullar yordamida murodga yeta olmaysiz. Moddiy jihatdan qo‘lingiz yupqalashgani qoladi xolos. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda optimizm hamda hazil-mutoyibaga suyaning. Ular rishtalar mustahkam tortishida katta yordam beradi. Kechqurun kimningdir xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

31 iyul kuni oila qurmaganlarning aksariyati kutilmaganda ko‘nglining bir chetida yuz ko‘rsata boshlagan yoqimli tuyg‘ulardan sarmast bo‘ladi. Siz o‘zingiz orzulagan insonni albatta uchratasiz. Orangizda juda qisqa muddatda romantika paydo bo‘ladi. Shaxsiy biznesi borlar kunning ikkinchi yarmida yangi shartnomani imzolashi, yangi hamkorlar topishi kutilmoqda. Agar ularning rostdan ham tartibli ekaniga ishonch hosil qilsangiz, bemalol hamkorlik uchun katta pul tikaverishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ertalabdan kayfiyatingiz yomon bo‘lishi kutiladi. Bunday kayfiyatda ishlash ham oson kechmaydi. Shunday ekan, tabiat qo‘yniga chiqib, bir-ikki soat bo‘lsa-da, dam olib qaytsangiz, ziyon qilmaydi. Hoynahoy, muhim ishlaringiz bo‘lmasa kerak. Bo‘lgan taqdirda ham biroz kechroqqa sursangiz, osmon uzilib yerga tushmaydi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlardan biri sizga qiziqarli va yoqimli xabar yetkazishi mumkin. Xabar shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Qanday taom iste’mol qilishingizdan qat’i nazar ehtiyotkorlikni qo‘ldan chiqarmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

31 iyul kuni tushga qadar moliyaviy muammolarni ijobiy hal eta olsangiz, marra sizniki. Faqat qaltis yo‘lni tanlamang. Inqirozga uchrashingiz hech gap emas. Muhabbatda sokinlik hukm suradi. Bo‘ronli lahzalarni istagandingiz. Baxtga qarshi bunday bo‘lmaydi. Salomatlikni mustahkamlash payida bo‘ling. Shunda tinch bo‘lasiz. Aksi bo‘lsa, biror xavfli infeksiyani yuqtirib olishingiz turgan gap. Immunitetingiz esa tobida bo‘lmaydi. Ana shuning uchun sog‘liqni mustahkamlashingiz shart.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kun davomida asosiy vaqtingizni toza havoda kechirishga harakat qiling. Ishni katta tezlikda ado eta bilsangiz, keyingisini boshlaguncha bemalol sayr qilib kelishingiz mumkin bo‘ladi. Xizmat safariga chiqiishingiz kerak bo‘lsa, bosh tortmang. Bu safar sizni moddiy jihatdan baquvvatlashtiradi. Oila qurmaganlar hayotida kechqurun muhabbat izhoriga o‘xshash yoqimli vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Uyquga yotishdan oldin odatga ko‘ra yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

31 iyulda atrofdagilardan eng og‘riq jihatlaringizni sir tutishingiz lozim bo‘ladi. Aks holda ko‘nglingizga og‘ir botadigan gaplar gapirilishi yoki harakatlar sodir etilishi mumkin. Siz bo‘lsangiz, to‘g‘ri tarbiya topgansiz. Yomonga yomonlik bilan javob qaytarishga andisha qilasiz. Ishga ijodiy yondashing. Boshqalarga nisbatan iste’dodli ekaningizni isbotlash vaqti keldi. Olg‘a bosing!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kimlargadir nisbatan qalbingizda nafrat tuyg‘usini tuya boshlaysiz. Shu kayfiyatdan chiqa olmay, ancha vaqtga qadar ich-etingizni yeyishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Iloj qancha?.. Hasadgo‘ylar iblisdan boshqasini tan olishmaydi. Undaylar iblisgagina sig‘inishadi. Iloji bo‘lsa, yolg‘iz qoling. Balki shu sizga yordam berar. Izlaning, albatta yo‘lini topasiz. Chunki nafratni ezgulik haqidagi xayollar bilan almashtirishning minglab usullari bor. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

31 iyul kuni ish joyingizda har bir yumushga nisbatan o‘ta mas’uliyatli bo‘lishga intiling. Rahbarlaringiz sizdan yangi g‘oyalar kutishmoqda. G‘oyalarni ularga topib bera olasiz. Shaxsiy hayot haqida vaqtincha qayg‘urishni bas qiling. Baribir hech narsa o‘zgarmaydi. Sport, ovqatlanish rejimi sizga faqat foyda beradi. Qanchalar mushkul kechmasin, sog‘lom turmush tarzini tanlang. Kam bo‘lmaysiz. Bosh og‘rig‘idan bezovta bo‘layotganlar vrachga uchrashishlari zarur. Migren bo‘lib chiqsa, uzoq vaqt muolajalarsiz yurib bo‘lmaydi, ishoning.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 31 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?