QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun istaklaringiz olamini kengaytirishingiz mumkin bo‘ladi. Ammo bu ishni juda ehtiyotkorlik va tartib bilan amalga oshiring. Aks holda miyangizga quyilib kelgan ajoyib g‘oyani kimdir o‘zlashtirib olib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi hech gap emas. Geografik imkoniyatlaringiz ham chegara bilmaydi. Toqqa chiqasizmi, dunyoning boshqa burchaklariga borasizmi, to‘siqlar paydo bo‘lishi kuzatilmaydi. Pul masalasida hayqiriqlarsiz ish tuting.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
3 avgust kuni beixtiyor ish talab qilinmaydigan yoqlarga ketishni xohlab qolishingiz mumkin. Orzuga ayb yo‘q, ammo mehnatsiz yashab ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ixtiyoringizda bor ishlarni ado etib daromad ko‘ring, hayotdan zavq oling. Ishni do‘ndirsangiz, rahbarlarga kirib bemalol mukofot talab qilish imkoniga ham ega bo‘lasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Albatta, u toza bo‘lsa. Sog‘lig‘ingizni hech kimga ishonmang. Uni avaylab-asrang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
O‘zingizni tutishingizda, atrofdagilar bilan muloqotlarda muammolarga duch kelmaysiz. Taqdirning o‘zi sizni bunday vaziyatlardan olib chiqadi. Faqat siz ham og‘ir-bosiqlikka e’tibor bergan holda harakatlar sodir eting. Kimdir kunning ikkinchi yarmida lotereya o‘ynab katta pul yutib olishi mumkin. Yana kimlardir qilgan ishi uchun rahbarining mo‘may mukofotiga ega chiqadi. Kechqurun uyingizga mehmonlar, ketidan yoqimli xabarlar tashrif buyuradi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
3 avgustda o‘zingiz bilmagan holda atrofdagilar ko‘z o‘ngida qahramonga aylanishingiz mumkin. Bugun ma’naviy yetuklik sari intiling. Shunda turli toifadagi odamlar bilan bemalol suhbat qurish, hatto, bahslasha olish imkoniga ega bo‘lasiz. Shaxsiy hayotingizni yo‘lga qo‘yishga harakat qiling. Samoviy orzular qurshovida bo‘lishga hali ulgurasiz. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Salomatligingiz pand bera boshlasa, muammoni xalqona usullar yordamida hal eting.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz shu qadar unumli kechadiki, bir soniya vaqtni ham behuda sarflamaysiz. Hamkasblaringizdan ancha oldin yuqori natijalarga erisha olganingiz uchun mukofotini ham oldinroq olasiz albatta. Asosiysi, taltayib, gerdayib ketmay, tez-tez yerga ham ko‘z tashlab turing. Aks holda birdan turtinib ketishingiz mumkin. Mas’uliyat va javobgarlikdan cho‘chimang. Xudo ish masalasida ham, moliyada ham yo‘lingizni to‘g‘rilab qo‘yadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
3 avgust kuni o‘zingiznin juda-juda baxtli his eta boshlashingizdan yig‘lagilaringiz kelib ketadi. Mayli-da, agar bu yoshlar haqiqatan sevinch yoshlari bo‘lsa, ularni qancha ko‘p to‘ksangiz arziydi. Moliya masalasida muammolarga duch kelasiz. Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz, bu muammo ham o‘z yechimini topadi. Kechqurun qo‘lingizga katta pul tushish ehtimoli bor. Biroq uni o‘zgalar bilan bo‘lishmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Muhabbatda muammolar bo‘lishini yulduzlar bashorat qilgan. Juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizning sizga bo‘lgan munosabatlarida sovuqqonlikni payqab qolasiz. Lekni bunday fojia yasab o‘tirishga asos yo‘q. U albatta iliydi va ko‘ngil rishtalari qaytadan bog‘lanadi. Bardoshli bo‘ling. Mavqeni oshirishda u qadar baland bo‘lmagan masofaga sakrang. Birdan yuqori cho‘qqini baribir zabt eta olmaysiz. Kechqurun sizga bir talay yangi xabarlarni yetkazishadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
3 avgustda uyqudan juda toliqqan, bo‘shashgan, lanj holda uyg‘onishingiz kutilmoqda. Balki kuni kecha quyosh tig‘ida ko‘p yurib qo‘ygandirsiz? Albatta buni mutaxassisga tekshirtirib oling. Qo‘lingizga o‘zi kelib tushadigan imkoniyatlardan hech qachon yuz burmang. Agar tajriba va bilimni oshira borsangiz, bir kun kelib oy-u yulduzlarni zabt eta olar darajaga yetasiz. Sog‘liqni ham yoddan chiqarib qo‘ymang. Katta shaharda yashasangiz, kun davomida o‘g‘ri va firibgarlar nazariga tushishdan saqlaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda emotsiyangizni jilovda tuting. Yo‘qsa, ularning ko‘nglini ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Shaxsiy hayotingizda aytarli shov-shuv qilsa bo‘ladigan voqea sodir bo‘lmaydi. Faqat har bir vaziyatga tanqidiy nazar bilan boqishingiz talab etiladi. Mavqeingizni oshirishda va moliyaviy masalada boobro‘ tanishlaringizdan biri yordam beradi. Lekin o‘zingiz ham harakatda bo‘lmog‘ingiz zarur. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
3 avgust kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda sergak bo‘ling. Natijasi bo‘lmaydigan yumushlar bilan band bo‘lib qolmaslikka harakat qiling. Siz arzimagan mayda-chuyda ishlarni bajarish orqali moddiy manfaat ko‘rasiz. Suyukligingiz bilan janjallashib qolish uchun bahona qidirmang. Unga nisbatan ochiq ko‘ngil bilan munosabat yuriting. Salomatligingizni mustahkamlash payti yetdi. Vrach maslahatini olib bir qator vitaminlar iste’mol qilishingizga to‘g‘ri keladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ruhiy zarbalardan qochishingiz shart. Aks holda bu sizning ruhiy tizimingizni izdan chiqaradi. Qaysarlik, prinspiallikdan nari bo‘ling. Ezgu maqsadlar yo‘lida olg‘a boravering. Yo‘lingizda hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Faqat bu yo‘lda bilim va tajribani qurol qilib oling. Kunning ikkinchi yarmida ish bilan boshqa bir shaharga yo‘l olishingiz kutiladi. Salomatligingiz pand bermaydi. Ovqatlanishda rejim va me’yorga ega bo‘lishingiz talab etiladi xolos.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
3 avgust kunning birinchi yarmida g‘ayratingiz jo‘shadi. Eskiliklarning barchasini chetga itqitib, yangi hayot, yangi tartiblar o‘rnatish payida bo‘lasiz. Faqat bu yo‘lda yolg‘iz harakatlanmang. Suyukli insoningizni hamroh qilib oling. Shaxsiy hayotingizda barcha muzliklar erib, o‘rnini bo‘ronli ehtiroslar egallashiga guvoh bo‘lasiz. Suygan kishingizning muhabbatini qadrlang. Salomatlikni yomonlashtiradigan mahsulotlar yeyishdan saqlaning.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”