QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalabdanoq juda chalkash vaziyatlarda qolib ketishingiz kutiladi. Bu vaziyatdan chiqishingizda faqat do‘stlar yordam bera oladi. Olis safarga chiqish fikrida bo‘lsangiz, bu fikrdan voz keching. Bunday safarlar ancha oldin rejalashtirilib, puxta hozirlik ko‘rilishi kerak. Kechqurun vaqtingiz chog‘ o‘tishi kutilmoqda. Salomatligingizni ehtiyotlash ham yodingizdan ko‘tarilmasin. Mehmonga borish niyatingiz bo‘lsa, adashmabsiz, mehmondorchilikda kayfiyatingiz yanada ko‘tarinki tus oladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 avgust kuni eng avvalo ishtahangizni mahkam bo‘g‘ishga, tevarakdagi changlardan ehtiyot bo‘lishga e’tibor qarating. Kimdir sizga quloq tutmasa, sizning yo‘rig‘ingizga yurmasa, zo‘rlik qilishga urinmang. Bu oilangizdagi yaqinlaringiz bilan bog‘liq muammo. Muammoni xotirjamlik vva sokinlikda bartaraf eting. Muhabbatda juftingizni yaxshiroq tushunishga, u bilan zarur bo‘lganda maslahatlashishga harakat qiling. Ehtiroslarni jilovga soling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tadbirkor bo‘lsangiz, raqobatchilar bilan bugun qattiqroq kurashishingizga to‘g‘ri keladi. Bo‘lmasa, ular sizni asabiylashishga majbur etaverishadi. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida tasodifiy tanishuvni boshdan kechirishlari va bu kelgusida romantikaga aylanib ketishi mumkin. Tezlashtiravering to‘yni. Hammasi o‘z qo‘lingizda. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga yaqin sizning foydangizga hal bo‘lishi kutiladi. Sog‘liqni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
4 avgustda tashqi ko‘rinishingiz negadir shubhali tus ola boshlashi mumkin. Buni ishxonadagi hamkasblaringiz payqab qolishadi. Biroz nafas rostlashdan so‘ng o‘tib ketsa ajabmas. Agar shunday bo‘lib chiqsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Darhol navbat kutib turgan yumushlarni qoyillatib bajarib, rohatini ham ko‘rishga ulgurardingiz. Moddiy ahvolingiz ham xuddi shu yumushlarga bog‘liq bo‘lib turibdi. Kechqurun shaxsiy hayotda yaqinlaringiz bilan adi-badi aytishib qolishingiz ehtimoli bor.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Boshqacharoq aytganda, bugun yulduzlar generallikka da’vo qilmasligingizni maslahat berishadi. Amalga oshirishingiz lozim bo‘lgan ishlar tiqilib yotibdi. O‘shalar bilan band bo‘lishingiz shart. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingiz tanigan-bilganlardan kimdir sizga sovg‘a hadya etishi kutiladi. «Qanday sovg‘a ekan?» deb boshingizni qotirib o‘tirmang. Nima farqi bor, to‘g‘ri emasmi?!. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, sovg‘a taqdim etgan inson bo‘lg‘usi yostiqdoshingiz bo‘lib chiqishi ham mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
4 avgust kuni ish joyingizda xuddi askar kabi astoydil ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Malaka masalasida qiynalayotganlar albatta bu muammoni hal etishlari zarur. Shaxsiy hayotda quvonch va muhabbat ummonining tub-tubida suza boshlaysiz. Ruhan dam olasiz. Bunda juftingizning roli beqiyos, albatta. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish, basseynda suzish salomatligingiz uchun juda foydali kechishini unutmang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar albatta ehtiyotlarini qilishlari kerak.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ko‘pchilik nazaridan nari bo‘lishga urinmang. Baribir buning imkoni yo‘q. Xalq qarshisiga chiqing. Orzularingiz haqiqatga aylanishi uchun umumkurashda ishtirok qiling. Ayniqsa, salomatligingizni mustahkamlashga e’tibor qarating. Ovqatdan zaharlanib qolishingiz, immunitet tushib ketishi va shamollash jarayonlari daf’atan boshlanib qolish xavfi bor. Ularning oldini oling. Nima qilsangiz qiling, ammo xastalinishingizga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
4 avgust kuni ish joyingizdagi yumushlarni a’lo darajada, muddatidan oldin bajarib qo‘yishingiz rahbarlarga juda ma’qul keladi. Ulardan maqtovlar eshitishingiz aniq. Qaniydi shu maqtovlar mukofot puliga aylanib ketsa. Sizga hasad qiluvchi hamkasblarga e’tibor bermang. Kimdir ich-etini yeyaveradi, sizga xudo beraveradi. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzlarini qaytarishadi. Bugun olis safarga otlanish muvaffaqiyatli kechadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
O‘ta yirik loyihalarga bugun qo‘l urmang. Oddiyroq, kichikroq ishlarni bajaring. Ular sizga daromad keltiradi. Mavqeni oshirish yo‘lida harakatlar sodir etishga ham hali vaqt bor. Ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf eta borish ham ziyon qilmaydi. Ular haddan tashqari ko‘payib qolgan. Kechqurun ayrimlar yaqin manzilga safar uyushtirishi kutiladi. Bugun kun davomida o‘zingizni ko‘proq seving. O‘zingizni birovlarga xafa qildirib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
4 avgustda ertalabdanoq miyangizga shunday ajoyib g‘oyalar quyilib keladiki, go‘yo shoir tusiga kirib qolgandek bo‘lasiz. Hamkasblar ham bu g‘oyalardan xabar topgach, hayratdan yoqa ushlashlari tayin. Esda tuting, bugun dam olish, nafas rostlashni faqat tushingizda ko‘rasiz. Shunday ekan, belni mahkam boylang-u, ter to‘kavering. Oilada juftingizning qalbini chuqurroq zabt etish payida bo‘ling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugungi kuningiz uzoq yillar yodingizda saqanib qolsa ne ajab. Bir-biridan ajoyib, yoqimli lahzalar to kechga qadar sizga hamrohlik qiladi. Atrofingizni ham qalbi mehr-oqibat hissiga to‘la insonlar qurshab turishadi. Boshliqlar qo‘lingizga mo‘may mukofot tutqazishlari-chi?!. Oila a’zolaringizni yoningizga olib restoranga borsangiz ham yarashadi. Muhabbatda yaqin insoningiz bilan ro‘zg‘or masalasida bahslashish amalini boshqa kunga qoldiring. Baribir yutqazasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
4 avgust baliq burjida tug‘ilganlar uchun ancha og‘ir va mushkul kechishi mumkin. Zimmangizga yuklangan vazifalar to kechga qadar ado etilsa ham tugamaydigandek. Shaxsiy hayotda nimalargadir o‘zgartish kiritishga urinmang. Baribir muvaffaqiyat qozona olmaysiz. Hammasi qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaversin. Safarning har qanday turidan voz keching.
Manba: hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”