01:00 / 05.08.2018
5 911

Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kimgadir nimanidir va’da qilgan bo‘lsangiz, va’dangizning ustidan chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Yoki sizdan ko‘p narsa talab qiluvchilardan nariroq bo‘ling. Muhabbatda bo‘lg‘usi juftingizning o‘ta mag‘rurligi tufayli yoqimsiz lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ovqatlanishda ishtahani sal bo‘g‘ibroq qo‘yishingiz kerak. Yo‘qsa, ortiqcha vaznga ega bo‘lib qolishingiz hech gap emas. Ba’zilar kechqurunga borib angina yoki shamollashdan bezovtalanishlari kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 avgust kuni eng yaqin do‘stlaringiz davrasi ham sizga begonadek tuyula boshlaydi. Kayfiyatingizda salbiy o‘zgarishlar seziladi. Tog‘ yon-bag‘irlariga chiqib keting. Bunday mahal havo almashtirish juda qo‘l keladi. Salomatligingiz ham shu bahonada mustahkamlanib qoladi. Muhabbatda ko‘ngil izhorlaringizga ishonishlari uchun ko‘ksingizga urib o‘tirishingiz, tuyg‘ularingiz haqiqatligini isbotlashga urinishingiz shart emas. Yaqin insoningizni kechki ovqat uchun restoran yoki nufuzli kafega taklif qiling. Romantika hamisha sof tuyg‘ularning qo‘riqchi farishtasi ekanini unutmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Tadbirkorlik yoki boshqa bir moliyaviy masala bilan bog‘liq katta ishni amalga oshirishingiz kutilmoqda. Bunday ishlarni huquqshunos maslahatisiz amalga oshirmaganingiz ma’qul. Ro‘zg‘or yumushlarini bajarishda organizmni jismoniy zo‘riqtirishdan saqlaning. Muhabbatda oshig‘ingiz olchi. Atmosferadagi jami kislorod faqat sizga atalgan. Uylanmagan yigitlarning ayrimlariga tanlagani «ha» javobini aytadi. Demak, to‘yni tezlashtiraversangiz bo‘ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 avgust kunning birinchi yarmida aldanib qolishingiz xavfi bor. Bu shaxsiy hayot bilan ko‘proq bog‘liq. Kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lasiz. Kechki salqinda yaqin manzilga borib kelishingiz ehtimoli bor. Oila qurishga ulgurmaganlar kechqurun orzusidagi insonni uchratishlari va yaqindan tanishishlari kutiladi. Pulni xaybarakalla darajasida sarflamang. Ertangi kunni ham o‘ylang. Undan ko‘ra yaxshi kunlarga deb pichadan pul jamg‘arsangiz, koringizga yaraydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ijodkorlar bugundan ko‘p yaxshiliklarni kutsalar bo‘ladi. Ilhom parilarining keti uzilmaydi. Bahonada yana bir shedevr asar dunyo yuzini ko‘rsa ajabmas. Boshqalar hayotida tushdan keyin yoqimli lahzalar yuzaga keladi. Do‘stlar bilan xursandchilikda dildan suhbatlar qurasiz. Yoki kafega borib kimningdir tug‘ilgan kunini nishonlaysiz. Agar kimdir yangi mehmon kutayotgan bo‘lsa, bugun kechqurun do‘ppisini osmonga otaversin. Yangi mehmonning jarangdor yig‘isi ayni siz yashaydigan xonadonda avj pallaga kiradi. Muborak bo‘lsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 avgustda sevimli insoningizga tuyg‘ularingiz sofligini isbotlashga urinaverib charchashingiz mumkin. Yaxshisi, buni amalda isbotlang. Shunday isbotlangki, butun umr sadoqatingizga ishonishdan bo‘lak chora topa olmasin. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda do‘stlardan biri yordam qo‘lini cho‘zadi. Kimdir qarzini ko‘tarib kelib qolishi ham ehtimoldan xoli emas. Salomatlikka jiddiy e’tibor bilan yondashing. Parhezda bo‘lsangiz, to‘xtatib qo‘yishingiz tavsiya etilmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kunning birinchi yarmidayoq tuyg‘ularingiz, ichki olamingizga obdon nazar solib qo‘yishni unutmang. Shundan keyingina juftingizning yuziga sira tap tortmasdan tik qarayversangiz bo‘ladi. Kun davomida boshi berk ko‘chaga kirib qola boshlaganingizni payqasangiz, vaziyatga qarab ish tutavering. Qarzingiz bo‘lsa, kechki payt moddiy ahvolingiz yaxshilanganidan foydalanib, egalariga qaytaring. Keyingi safar qarz so‘rasangiz, og‘rinishmaydi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

5 avgustda birinchi qiladigan ishingiz sportning yengil va faol turlari bilan shug‘ullanishdan iborat bo‘ladi. Ayniqsa, velosport sizga katta yordam berishi mumkin. Bahonada ruhan ko‘tarinki holatga kirasiz. Tushdan keyin tabiat qo‘yniga chiqib qushlarning yoqimli sayrashlariga quloq tutsangiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi, tushkunlik holatidan chiqib ketasiz. Kechqurun yoqimli his-tuyg‘ular qurshovida qolishingiz kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kun avvalidanoq qalban yengillashgan holda olg‘a qadam tashlayvering. Sizni oldinda bir olam yoqimli daqiqalar kutib turibdi. Kimlardir daromadiga daromad qo‘shish ilinjida kun bo‘yi ter to‘kishi mumkin. Lekin sarf-xarajatga kelganda, bosiqroq bo‘ling. Pul tejamkorlikni xush ko‘radi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish ekan deb me’yorni unutib qo‘ymang. Sog‘lig‘ingiz haqida ko‘proq qayg‘uring. Bu masalada yoshi ulug‘, tajribasi ko‘proq insonlar bilan maslahatlashib olsangiz ham ziyon qilmaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

5 avgust kuni avvalo salomatligingiz bilan jiddiy shug‘ullaning. Qiz-juvonlar tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratib olsalar ham ortiqchalik qilmaydi. Ozishni xohlayotgan bo‘lsangiz, diyetolog bilan bamaslahat ish ko‘ring. Sport bilan shug‘ullaning, ko‘proq piyoda yo‘l bosing. Bugun malaka oshirish bilan bog‘liq amallar xayrli kechadi. Kechqurun xonadoningizga yaqin do‘stlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari kutilmoqda.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz ancha og‘ir kechishi mumkin. Tashvishlar, nimalardir to‘g‘risida qayg‘uraverishingiz kayfiyatingizga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Shaxsiy hayotda ham tashvishlarning keti uzila qolmaydi. Oila qurishga ulgurmaganlar bo‘lg‘usi juftining tuyg‘ulariga shubhalana boshlashsa, munosabatlarni to‘xtatib qo‘ya qolganlari ma’qul. Moddiy jihatdan bugun sizga yetadigani bo‘lmaydi. Bozor aylanib, o‘zingizga yoqqan buyumlarni xarid qilsangiz ham bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

5 avgust kuni ilgarigidek kuch va g‘ayratga to‘lib-toshmaysiz. Shunday ekan, uy yumushlarini qarindoshlar bilan teng bo‘lishib olganingiz durust. Moliyaviy masalada oqsashlar kuzatilishi mumkin. Shu muammoni ham sizdan boshqasi ijobiy hal eta olmaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, o‘zingizga yaxshi tanish bo‘lmagan loyihalar uchun pul tikib qo‘yishdan saqlaning.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?