00:32 / 08.08.2018
6 877

Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Har bir yuzaga keladigan vaziyatdan o‘z manfaatingiz yo‘lida foydalanib qolishga harakat qiling. Chunki bunaqasi har kuni ham ko‘zga tashlanavermaydi. Qulay vaziyat ishda ham, muhabbatda ham kuzatilishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy masalada ham qulay imkoniyatlarga guvoh bo‘lasiz. Kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, charchoqqa yo‘ymang. Yaxshisi, vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Salomatligingizni bersin!

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

8 avgust kuni atrofdagilarning aksariyati siz bilan ko‘rishganidan, suhbatlashganidan nihoyatda mamnun bo‘lib, bu mamnuniyatini ochiq namoyish eta boshlaydi. Hatto, ish joyingizdagi rahbarlar ham ularning orasidan joy olishi mumkinligiga nima deysiz. Oilalilarning ayrimlarini kechqurun kutilmagan sovg‘a bilan siylashlari mumkin. Ba’zilarning xonadonida bo‘lg‘usi merosxo‘rning yig‘isi jaranglashi kutiladi. Umri bilan bergan bo‘lsin!

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Oilasizlar ertalabdan bir ish xususida bosh qotira boshlaydi. Ya’ni, o‘ziga yoqqan insonni uchratgan-u, tanishishga yuragi betlamagan. Endi qanday tadbir o‘ylab topsa, u insonni o‘ziga qaratishi mumkinligi haqida o‘ylashyapti. Buni o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘plardan so‘rang. Albatta javob olasiz. Rahbarlar tanqidiga uchrashni istamasangiz, ular ko‘z o‘ngida telefon orqali birovlar bilan uzoq gaplashmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

8 avgust kuni taqdir siz bilan ramziy ma’noda bekinmachoq o‘ynashga qaror qilgan ko‘rinadi. Bu oila a’zolaringiz bilan o‘zaro munosabatlarda ko‘zga tashlanishi mumkin. Agar bosiqlik bilan ish tutmasangiz, orangizda katta janjal yuzaga kelishi hech gap emas. Yangi tanishuv, do‘stlar bilan bo‘ladigan suhbatlarni boshqa kunga qoldiring. Bugun sizga ma’naviy hordiq chiqarish ko‘proq foyda beradi. Buning uchun yo yogani, yo uyquni tanlasangiz bo‘ladi. Xudo quvvat bersin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun arslon burjida tavallud topganlar kutilmagan tanaffuslarga tayyor turishlari kerak. Moliyaviy ahvolingizdan bugun shikoyat qilmaysiz. Hammasi a’lo darajada bo‘lishi kutilmoqda. Agar safarga shaxsiy avtomobilingizda chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Salomatlik bilan esa jiddiy shug‘ullanmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Xudo sizdan o‘z inoyatlarini darig‘ tutmasin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

8 avgustda parizod burjida tug‘ilganlar shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ya boshlashlari kutiladi. Yo‘q, ish bunday bo‘lmabdi. Shoshma-shosharlik kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda to‘siq vazifasini o‘tay boshlashi mumkin. Muhabbatda ham intilishlaringiz sust bo‘lsa, baxt va omad haqida orzulamasangiz ham bo‘ladi. Juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingiz tartibni, muloyimlik va saxiylikni istaydi. Baxtli, saodatli bo‘ling!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ertalab kun davomida qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzib oling. Ishlarni ham puxta rejalashtirish yodingizdan ko‘tarilmasin. Mayli, ish kam bo‘lsa ham buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Dam olishni ham rejaga kiritib oling. Shunda jismoniy zo‘riqish kabilardan xoli bo‘lasiz. Muhabbatda xushomadlarga aslo yo‘l qo‘ymang. Bu sizga ziyon yetkazadi. Oila qurmaganlar tanlagan insonining tuyg‘ularini yaxshilab elakdan o‘tkazishlari lozim. Chunki tuyg‘ular ham aksar holatlarda sun’iy bo‘lib chiqishi mumkin. Omadingizni bersin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

8 avgust kuni bilim olish hamda bilim berish masalasiga e’tibor qarating. Anchadan beri qo‘lingizga kitob yoki qo‘llanma olmagan bo‘lsangiz, mashg‘ulot ayni siz uchun ekanini unutmang. Ishda ham malakani oshirib olish fursati yetdi. Ayrimlar hamkasblardan biri bilan ishqiy sarguzashtlarga andarmonlik pallasida bo‘lishsa, ko‘zlarini kattaroq ochishlariga to‘g‘ri keladi. Bu ishingiz aslida to‘g‘rimikan? Xudo sizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Atrofingizga yaxshi odamlarni ko‘proq jalb etish niyatida bo‘lsangiz, harakatchan va kuyinchak bo‘ling. Shunday qilingki, sizning har bir so‘zingizga odamlar ishonsin, oratorlik qobiliyatingizni ko‘rib hayratdan yoqa ushlashsin. Oilalilar bugun itoatkor, tinglovchilik kabi rollarni ijro qilishlari kerak. Shunda baxtingiz to‘kin, kuningiz sokin o‘tadi. Ajrashish, munosabatlarga nuqta qo‘yish kabi xayollarni miyangizdan itqitib tashlang. Yaratganning o‘zi sizga bardosh ato etsin!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

8 avgustda ba’zilar siz bilan qaltis o‘yin o‘ynamoqni ixtiyor qilishi mumkin. Bu holat asosan ish joyingizda kuzatiladi. Ehtiyot bo‘ling. Ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Hammasini bugunning o‘zida ado etishga harakat qiling. Ulgurmasangiz, hamkasblarni yordamga chorlang. Bilingki, kechqurun bularning mukofotini albatta olasiz. Ba’zilar kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishi ham ehtimoldan xoli emas. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bugun ichki sirlaringizni, ayniqsa, erishayotgan muvaffaqiyatlaringizni birovlarga ko‘z-ko‘zlashdan tiyiling. Bu yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Kamtarlikda kunni o‘tkazing. Moddiy ahvolingiz xuddi ertaklardagidek sehrli kechadi. Salgina qimirlab qo‘ysangiz bas, pulning o‘zi sizni qidirib keladi. Boyligingizga boylik qo‘shilaversin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

8 avgust kuni kimlardir sizning tarjimai holingiz bilan qiziqib qolishi mumkin. Mayli, izn bering. Agar shu bilan xursand bo‘lsa yo‘lni bo‘shating. Faqat sergak turing. Tag‘in u odamning ko‘ngli qora bo‘lib chiqmasin. Bugun ishlaringiz keragidan ko‘pchilikni tashkil etadi. Mukofoti ham shunga yarasha bo‘ladi albatta. Ovqatlanish rejimi va me’yorlariga amal qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?