00:38 / 09.08.2018
6 195

Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

9 avgust kuni siz har jabhada haq bo‘lib chiqaverishni xohlab qolasiz. Buning uchun yetarli dalillar bor-yo‘qligi sizni umuman qiziqtirmaydi. To‘g‘ri, omad qushi bugun sizning yelkangizga qo‘nadi. Ammo haqligingizni hech qursa oilada ko‘z-ko‘zlamasangiz durust bo‘lardi. Moddiy ahvolingiz esa bugun yaxshi kechmasligi kutiladi. Hatto, bankdan kredit olgan taqdiringizda ham baribir vaziyatni o‘zgartira olmaysiz. Millioner bo‘lishni xohlasangiz, serdaromad ish topishingizga to‘g‘ri keladi. Barakasini bersin!

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun o‘zingizni tutishda, atrofdagilar bilan muloqotlarda jiddiy o‘zgarishlar yasamasangiz bo‘lmaydi. Aks holda dakki yeb qolishingiz mumkin. Muhabbatda, oilaviy hayotda hamrohingizga hamisha o‘zingizni haq qilib ko‘rsata olmaysiz. Bu harakat bilan munosabatlaringizga putur yetishi mumkin xolos. Sal yon berishni ham biling-da. Bugun suv bilan tanani chiniqtirish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingiz mustahkam bo‘lsin!

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

9 avgust kuni do‘stlardan, yaqinlaringizdan bir-bir hol so‘rab qo‘yishni unutmang. Hamisha ish-ish, pul deb chopaverib ularni unutib qo‘ygan ko‘rinasiz. Sizni chin ko‘ngildan sevuvchi insonlarga siz ham xuddi shunday javob qaytaring. Salomatligingiz pand berib qo‘yishini xohlamasangiz, ovqatlanish rejimini qattiq ushlash. Rejimda gap ko‘p. Iloji boricha sutli taomlarni ko‘proq iste’mol qiling. Yo‘lingizni bersin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ish joyingizda kadrlar bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi kutiladi. Lekin bu sizga taalluqli emas. Siz ish joyingizda obro‘yingiz va o‘rningizni allaqachon mustahkamlab ulgurgansiz. Qisqartishlar, lavozimdan chetlatishlar siz uchun emas. Ammo muhabbatda oila qurmaganlar uchun bugun oson kechmaydi. Bo‘lg‘usi juftingiz daf’atan to‘nini teskari kiyib olishiga guvoh bo‘lasiz. Biroq jahlga erk bermang. Barcha vaziyatlarni bosiqlik bilan qabul qilishga urining. Baxtli bo‘ling!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

9 avgustda yaqin insonlar, do‘stlar va tanishlarning ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ochiqko‘ngil va to‘g‘riso‘z bo‘ling. To‘g‘ri, bu barcha sirlaringizni aytishingiz zarur degani emas. Lekin shunday vaziyatlar bo‘ladiki, to‘g‘ri so‘zlashingiz go‘yo mushkul bo‘lib qoladi. Ana shunda istaklaringizdan ustun kela olsangiz bas. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugundan mo‘may daromad kutaversangiz bo‘ladi. Hisob raqamingizdagi mablag‘ bir foydali ish tufayli ikki hissa ortishi mumkin. Bozoringizni bersin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Parizod burjida tavallud topganlar uchun 9 avgust har jabhada omadli kelishi kutilmoqda. Ayniqsa, ijodkorlar, aqliy mehnat kishilarining kuni tug‘adi. Tadbirkorlar ham o‘z ishiga ijodiy yondasha boshlashlari natijasida raqobatchilarni changida qoldirib ketishi hech gap emas. Shaxsiy hayotda juftingizga hadeganda sadoqatingizni, muhabbatingizni eslataverishingiz shart emas. U shundoq ham sizning muhabbatingiz va sadoqatingizga shubha qilmaydi. Qo‘shganingiz bilan qo‘sha qaring!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

9 avgust kuni qora terga tushib ishlashga ham, yotib dam olishga ham yetarlicha vaqt topasiz. Ishni o‘z kuchingizga tayangan holda bajarishingiz esa maqtovlarga loyiq. Kun kech bo‘lmasdan moliyaviy muammolar ham yechimini topadi. Kechqurun xonadoningizda yoki restoran, kafeda do‘stlar, yaqin insonlar, tanish-bilishlar bilan ko‘ngil yozishingiz mumkin. Istirohatingiz chog‘ o‘tsin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar sizga bugundan e’tiboran zararli odatlardan voz kechishni va sog‘lom turmush tarziga o‘tishni maslahat berishmoqda. Organizmingizni shu qadar qiynab tashlagansizki, u iltimos yoki vaqtincha aldovlarga sira ko‘nmoqchi emas. Kunning ikkinchi yarmida yoshlikda qaysi sport turlariga qiziqqaningizni bir eslab ko‘ring. O‘shalarning orasidan eng yoqqanini tanlab olib shug‘ullana boshlasangiz, kam bo‘lmaysiz. Olloh umringizga umr qo‘shsin!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

9 avgust kuni o‘qotar burji ostida tavallud topganlar uchun omadning barcha eshiklari ochiq. Ishlaringiz birin-ketin baroridan kela boshlaydi. Kayfiyatingiz yaxshilangandan yaxshilana boradi. Shaxsiy hayotingizda ham aytarli muammo ko‘zga tashlanmaydi. Faqat juftingizning ko‘nglini ola bilsangiz bas, to kechga qadar oilada sokinlik, ahillik hukm suradi. Moddiy ahvolingiz kechga borib yaxshilansa-da, baribir qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz kerak bo‘ladi. Ishlaringiz baroridan kelaversin!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Sizga atrofda hasad qiladiganlar keragicha topiladi. Lekin ularga e’tibor berib o‘tirmasligingiz kerak. Mayli, hasadi kelsin, faqat o‘ziga ziyon qiladi. Ich-etini yeb ko‘rolmaslik oqibatida kasalga chalinadi. Ish joyingizda rahbarlar olqishiga ham aynan siz sazovor bo‘lishingiz mumkin. Lavozimingizni oshirib qo‘yishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun oila qurishga ulgurmaganlarning ba’zilarini kutilmaganda uchrashuvga chaqirishlari mumkin. Vaqtingiz chog‘ o‘tsin!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

9 avgustda faqat o‘zingiz o‘zingizgagina baho bering, tanqid qilish kerak bo‘lsa ham o‘zingizni tanqid qiling. Birovlarga ortiqcha gapira ko‘rmang. Boshingiz baloga qolib ketishi mumkin. Basharti hozirgi ishingizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, imi-jimida yangi ish qidirib ko‘rsangiz ham bo‘ladi. Moliyaviy masalada serdaromadlilik kutmang. Foydasi yo‘q. Taqdirda boriga shukr qila turing. Kechqurun kimdir sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yishi mumkin. Omadingizni bersin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ko‘nglida kiri yo‘q, sizga faqat havas va do‘stona nazar orqali boqadiganlar bilan xayolot olamingizni, hayotiy tajribangizni o‘rtoqlashsangiz yarashadi. Shu bahonada miyangizga ish bilan bog‘liq yana ko‘plab yangi g‘oyalar quyilib kelishi ehtimoldan xoli emas. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlarni to‘g‘ri baholang. Ularsiz biznesingiz gullab-yashnay olmaydi. O‘zingizni ehtiyot qiling!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?