00:12 / 12.08.2018
7 044

Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Qanday qilib bo‘lmasin, barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solgan holda oilangizda sokinlik hukm surishini ta’minlang. Garchi kimdir asabingizga tegib, janjal ko‘tarishga majbur etsa-da, e’tibor qilmang. Moliyaviy muammolaringiz bugun to‘laqonli hal bo‘lmasligi mumkin. Lekin puldan qiynalmasligingiz aniq. Sog‘liqni, asablarni juda ehtiyot qiling. Kunning ikkinchi yarmida ish bilan yaqin manzilga borib kelishingiz kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

12 avgustda nafaqat ishda, balki atrofdagilar bilan munosabatlarda sergak turing. Kimdir kimnidir mensimasligi yoki arzimagan bahona bilan janjal chiqishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Ishda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erishishingiz kutiladi. Shuning uchun ham bugun moliyaviy ahvolingiz hammanikidan yaxshi bo‘lishiga umid bor. Kechqurun olisdan kutilmagan xabar eshitishingiz ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun xayolotning domiga tushishdan saqlanishingiz kerak. Aks holda miyangizga bo‘lar-bo‘lmas xayollar o‘rlab, turli ko‘ngilsizliklarga duch kelasiz. Ish bajarishda, muhim hujjatlarga imzo chekishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Shaxsiy biznesi borlar bugundan ko‘p narsa umid qilmasalar ham bo‘ladi. Ayniqsa, yaqindagina bu ishga qo‘l urganlar muvaffaqiyatli lahzalarni biroz kutib turishlariga to‘g‘ri keladi. Lekin shunga qaramay, kelgusida hamkorga aylanishi mumkin bo‘lgan ajoyib inson bilan tanishishingiz mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

12 avgust kuni bilib-bilmay sevgan insoningiz qalbiga sovuqchilik tushirishingiz mumkin. Bu ishga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Nima qilib bo‘lsa ham o‘zingizni, emotsiyani nazorat qilishga urinib ko‘ring. Kun mobaynida do‘stlardan biri bilan ham sen-menga borib qolishingiz xavfi sezilmoqda. Moliyaviy masalada omadingiz kuladi. Hatto, yirik xaridlarga ham hozirlik ko‘ravering. O‘tgan kunlardagi bajargan ishlaringizning mukofotini ham bugun olishingiz haqiqatga yaqin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Me’yor va xohishlar o‘rtasida sezilarli masofa saqlashingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda bugun ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishishingiz mushkul bo‘lib qoladi. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida hamkorlar bilan qiziqarli va muvaffaqiyatli uchrashuvni boshdan o‘tkazishadi. Agar safar qilish, konferensiyada ishtirok etish, foydali shartnomalar imzolashga to‘g‘ri kelsa, zinhor bosh torta ko‘rmang. Kun davomidagi yagona omad shularda o‘z aksini topishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

12 avgustda emotsiyangiz sizga sal qursa pand berib qo‘yay deydi. Shuning orqasidan katta janjallarga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Yashash uchun jiddiy xalal berayotgan yoqimsiz vaziyatlarni oldindan sezsangiz, darhol yo‘q qiling. Sezish uchun esa qalbingizga quloq tutgan holda harakatlar sodir etishingiz kerak bo‘ladi. Sayohatning barcha ko‘rinishlari sizga omad keltiradi. Faqat bu safarni oldindan puxta rejalashtirgan bo‘lishingiz lozim.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Shaxsiy hayotda juftingizga nisbatan haddan tashqari talabchan bo‘lmang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Mayli, shu kunga qadar nazorat sizning qo‘lingizda bo‘lgani rostdir. Lekin bugun vaziyatni o‘zgartiring. Tushkun kayfiyatingiz atrofdagilarga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Kechqurun yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Ishoning, bu safar sizga bir dunyo romantika hadya etadi. Ba’zilar kechki payt shamollash va bosh og‘rig‘idan bezovtalanishlari xavfi bor. Muolaja tadorigini ko‘rib qo‘ying, ziyon qilmaysiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

12 avgust kuni eski qadrdonlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolishingiz kutilmoqda. Bu uchrashuv sizga a’lo darajadagi kayfiyatni baxsh etadi. Tadbirkorlar ham ish yuzasidan bir qator uchrashuvlarni boshdan kechirishlari ehtimoldan xoli emas. Iloji bo‘lsa, spirtli ichimlik iste’mol qilmang. Ro‘zg‘oringiz bilan bog‘liq xushxabarlarni kechki payt eshitasiz. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling. Zararli odatlardan voz kechish harakatini boshlasangiz ham bo‘ladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar sizga bugun g‘alatomuz bir kunni va’da qilishgan. Qanaqadir ishni boshlaysiz-u, hadeganda natijasi ko‘rina qolmaydi. Balki kimdir bu ishni bajarishingizga xalal berar? Ehtiyotkorlik bilan atrofingizni ko‘zdan o‘tkazing. Birovlarga dalillarsiz ayb qo‘ya ko‘rmang. Muhabbatda ham aytmoqchi bo‘lgan gaplarni suyganingizga to‘liq ayta olmay qiynalishingiz mumkin. Bularning barchasi o‘tkinchi. Qayg‘uga botmang. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan saqlaning.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

12 avgustda o‘zingizni qo‘lga olib, azaliy iste’dodingizni ishga solsangiz, tog‘larni tolqon qilishga qodir bo‘lasiz. Muammolarni ijobiy hal etishda ayni shu iste’dodingiz asqotadi. Pul kamchilligi yuzaga kelsa, tashvish chekmang. Moliyaviy muammolaringiz kechga qadar bartaraf etilishi haqiqatga yaqin. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a kutib qoladi. Bardam bo‘ling. O‘zingizni ehtiyot qiling. Hasadgo‘ylar, g‘iybatchi va ko‘ngli qoralardan ehtiyot bo‘ling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz og‘ir kechishi kutilmoqda. Shu tufayli sevimli kasbingizga ham vaqtincha bo‘lsa-da, qiziqishlaringiz yo‘qolishi mumkin. Imkon doirasida kayfiyatingizni ko‘tarinki holatga keltirish payida bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri mo‘’jizadan-da ahamiyatliroq yaxshilik qilishi mumkin. Agar shu do‘stingizga quloq tutgan holda ish yuritsangiz, yuksak cho‘qqilarni zabt eta olishingiz tayin bo‘ladi. Kechqurun sportning hech qaysi turi bilan shug‘ullanmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

12 avgust kuni iste’dodingizni, hammadan yaxshi va jasurligingizni isbotlash uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Shu kungacha kamtarlik sabab bo‘lib bu ishni amalga oshirmay kelgandingiz. Endi kamtarlikni bir chetga surib qo‘yishingiz kerak. Mavqe oshishi, tadbirkor bo‘lsangiz, pulni yanada ko‘paytirish uchun harakat qiling. Zahiradagi mablag‘ni arzimas narsalar uchun sarflashdan tiyiling. Tejamkorlikni shiorga aylantiring.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?