Bir odam aqliy zaiflik kasalligiga duchor bO‘libdi. U O‘zini sigir deb o‘ylab, sigirlarga o‘xshab titib ovqatlanar va murar edi. Bemorning holati kundan-kunga og‘irlashibdi va qassobga borib, uni qurbon qilishlarini aytibdi.
Uni davolashda hech qanday xiyla kor qilmas ekan. Oxiri Ibn Sino «sigir»ni davolashga qaror qilib, uni bog‘lashga buyuribdi. So‘ngra uni so‘yish uchun o‘tkir pichoq keltirishlarini aytibdi. Bemor esa qurbonlik qilinishi uchun taslim bo‘lib yotib olibdi.
Ibn Sino parishonxotir bo‘lib turgan odamlarning huzurida o‘tkir pichoqni qo‘liga olib, bemorga yaqinlashibdi. Shunda bemorga bir nazar tashlgandek bo‘lib, debdi:
— Bu sigirga nima bo‘lgan o‘zi? Juda zaif va nimjon ekan. Och qolganidan ovoziyam chiqmayapti, yog‘iyam yo‘q. U qurbonlikka yaramaydi, — debdi.
Shunda bemor javob berib debdi:
— So‘yavering, so‘yavering. Qurbonlik xayrlidir.
— Yeb semirmaguningcha va to taom uchun sendan biron bir xayrli narsa chiqmagunicha seni so‘ymayman.
— Aytganlaringizni qilganimdan keyin meni so‘yasizmi?
— Ha, so‘yaman.
— Unda men nima qilay hozir?
— Semirguningcha odamga o‘xshab ovqatlanasan. So‘ngra sigirga o‘xshatib seni so‘yib tashlayman.
Shundan so‘ng bemor ovqatga rioya qila boshlabdi. Ibn Sino esa to komil shifo topib ketmagunicha, uning taomiga dorilar qo‘shib beraveribdi. Bemor sog‘ayib ketgach, Ibn Sino u bilan ko‘rishib so‘rabdi:
— Semirgan sigirning xoli ne kechdi?
Bemor javob beribdi:
— Unga aql kirdi!
Manba: "Hordiq"
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”