QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz juda omadli kechadi. Hatto, ushalishi mumkin bo‘lmagan orzularingiz ushalishi mumkin. Faqat aldovlarga chuv tushib qolishdan, pul masalasida tavakkal qilishdan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Bu sizni ro‘zg‘or tashvishlaridan qisqa muddatga bo‘lsa-da chalg‘itadi. Qarindoshlaringiz bilan munosabatlarda jiddiy muammolar yuzaga kelish ehtimoli bor.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 avgust kuni yaltiragan buyumning barchasi oltin bo‘lavermaydi degan aqidani bir yodga olishingiz kerak bo‘ladi. Bu shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Juftingizga aslo xiyonat qila ko‘rmang. Aqidani eslang-u, xulosa qiling. Yaqin qarindoshlardan biri sizga moddiy jihatdan ko‘mak berishi kutiladi. Bu ishni meros yoki xususiy mulk sotilishi sababli amalga oshirishi mumkin. Ayrimlar jigar va o‘t qopini ehtiyot qilishlari zarur bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmida ajoyib bir inson bilan uchrashishingiz kutilmoqda. U kelgusida yaqin do‘st, ishonchli hamkorga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Bu tanishuv emotsional holatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi albatta. Ko‘nglingiz shu qadar yorqinlashadiki, quvonchingizning cheki bo‘lmaydi. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz shaxsiy ish bilan yaqin manzilga jo‘nab ketishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 avgust siz uchun omadsiz kechishi mumkin. Muammolar har tarafdan boshingizga yog‘ilishi, qay birini bartaraf etishni bilmay halak bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Lekin ruhni tushirmang. Bu dunyoda hal etib bo‘lmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Masalaga optimist nazari bilan boqa olsangiz bas. Shunday zaylda muhabbat bobidagi muammolarni ham o‘z foydangizga hal eting. Ayollar, qizlar uchun bugun go‘zallik saloniga borish xayrli kechadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Birinchi navbatda emotsiyangizni o‘zingizga bo‘ysundira olishingiz zarur. Aks holda atrofdagilar bilan muloqotda janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. Har bir to‘qnash kelgan to‘siqdan tegishli xulosa chiqarishga harakat qiling. Ish joyingizda tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling. Shunda hamkasblar qarshisidagi hurmatingiz ham ortadi. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Faqat vrach maslahatiga asoslangan holda muolajalar tashkil eting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 avgustda professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda juda ehtiyotkor bo‘ling. Raqobat shu qadar kuchli bo‘ladiki, bo‘shashsangiz, yutqazib qo‘yishingiz hech gap emas. Yaxshiyamki, yoningizda ishonchli do‘stlar bor. Ular o‘z vaqtida yetib kelib muammolarni bartaraf etishda yordam berishlari mumkin. Shu bahonada siz ham depressiyaga tushib qolishdan xalos bo‘lasiz. Muhabbatda har bir gapingizni o‘ylab gapiring, har bir harakatingizni o‘ylab amalga oshiring. Surunkali xastalikka uchragan bo‘lsangiz, organizmni atmosferada boshlanishi kutilayotgan magnit bo‘ronlari xavfidan asrang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Mavqeingiz oshishi aynan bugunga to‘g‘ri kelgan. Azaliy orzularingiz ushalish pallasiga kiradi. Yaqin qarindoshlarga alohida e’tibor qarating. Ular sizning mehringizni, e’tiboringizni anchadan beri intiq kutishadi. Kechqurun shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq kutilmagan sovg‘alardan ko‘nglingiz yorishadi. Ayrimlar ilk muhabbatini tasodifan uchratib qolishi mumkin. Bunday lahzalarda faqat qalb amriga quloq tutishingiz kerak bo‘ladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 avgust kuni chayon burji ostida tug‘ilganlarning aksariyati mehnat ta’tili gashtini surishda davom etishadi. To‘g‘ri-da, bahonada salomatlik mustahkamlanadi. Nafas rostlaysiz. Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Bunga yaqinda topgan qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishingiz hissa qo‘shadi. Salomatligingiz faqat shamollash tufayli pand berishi mumkin. Boshqa xastaliklar sizga xavf solmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning dastlabki qismidanoq astoydil yeng shimargan holda yangi ishga qo‘l uring. Oldiniga bajaradigan ishingiz qiyin tuyulishi mumkin. Lekin aslida unday emas. Bugun orttiradigan pularingizning bir qismini yaxshi kunlar uchun saqlab qo‘ying. Yaqin oylarda oilaviy tarzda safarga otlansangiz, o‘sha pullar asqotishi mumkin. Muhabbatda ehtiyot bo‘ling. Qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan ishq o‘yinlari o‘ynashdan saqlaning. Bu o‘yinlar yuzingizni yerga qaratishdan boshqasiga yaramaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 avgustda butun borlig‘ingizni ishga qarata olsangizgina ko‘zlangan natijaga erisha olasiz. Maqsadlar, niyatlar kayfiyat bilan uyg‘unlashishi lozim. Barchalari omad va muvaffaqiyat manzili tomon qaratilishi talab etiladi. Ana shunda ko‘z ochib yumguncha topshirilgan vazifani a’lo darajada uddalashga erishasiz. Rahbariyat qarshisida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi. Ayrimlar kechki payt xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Oilasizlar bugun kun davomida orzusidagi insonni uchratishlari haqiqatga yaqin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi yarmida zararli odatlardan voz kechish harakatiga tushsangiz, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ular sizga erkin hayot kechirishda, ezgu maqsadlarga yetishda jiddiy xalal beradi. Ortiqcha vazndga ega bo‘lsangiz, sog‘lom turmush tarzi sizga katta yordam bera oladi. Faqat xohish bo‘lsa bas. Sport bilan shug‘ullanish bugun muvaffaqiyatlar garoviga aylanadi inshoolloh. Bugun hech kimni ranjitmang. Hech kimning dilini og‘ritmang. Iloj topsangiz, yetim-yesirlarga yordam qo‘lini cho‘zing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 avgustda oldindan rejalashtirilgan ishlaringizning barchasi a’lo darajada hal bo‘ladi. G‘ayratingiz, muvaffaqiyatlaringizni ko‘rgan hamkasblarning ba’zilari hasad ham qila boshlashi mumkin. Kun davomida tabiat qo‘ynida dam olib qaytish ham ziyon qilmaydi. Kimlardir bosh og‘rig‘i, varikoz va gemorroydan bezovtalanishi kutiladi. Xastalikni xalqona usullar bilan davolashga urinmang.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”