23:30 / 15.08.2018
7 493

Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun yulduzlar kuningizni romantik kayfiyatda o‘tkazishni maslahat berishgan. Buning uchun ixtiyoringizda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Bu xato siz uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida immunitetni ko‘tarish uchun xizmat qiladigan muolajalarni boshlasangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

16 avgust kuni ish ham, muvaffaqiyat ham bisyor bo‘ladi. Lekin ulgurishingiz extibor. Bu masalada sizga ma’naviy ko‘mak ham zarur bo‘ladi. Basharti professional kasbingiz bilan bog‘liq g‘oyalar ko‘p bo‘lsa, hamkasblar bilan o‘rtoqlashsangiz ham yomon bo‘lmaydi. Xavotir olmang, g‘oyalar sizniki, demak, eng muhimlarini o‘zingizda qoldirasiz, vassalom. Kechki payt stress holatiga tushib qolsangiz, mashina rulini boshqarish tavsiya etilmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bir joyda uzoq vaqt o‘tirib qolishdan saqlaning. Bu ham salomatlikka, ham atrofdagilar bilan kechadigan munosabatlarga faqat ziyon keltiradi. Ko‘proq harakatda bo‘ling, do‘stlar, tanishlar bilan muloqot qiling. Bir so‘z bilan aytganda, hayot qozonida boshqalar bilan baravar qaynang. Mehnat ta’tiliga chiqqanlar uchun ham 16 avgust juda yoqimli kechadi. Imkon bo‘lsa, sayohat masalasini o‘ylab ko‘rsangiz ham yarashadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

16 avgustda oila qurmaganlarga sun’iy tarzda bo‘lsa ham romantik lahzalar o‘ylab topish tavsiya qilinadi. Bu ham kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Yoki shaharda yashaydiganlar qishloqdagi qarindoshlarnikiga mehmon bo‘lib borishsa ham bo‘ladi. Havo almashasiz, salomatlik mustahkamlanadi. Darvoqe, salomatlik xususida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Salomatligingiz bugun kosmonavtlarni ham havas bilan qarashga majbur eta oladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ko‘nglingizga o‘tirishmaydigan, o‘zingizga yoqmaydigan odamlar bilan muloqot qilishdan tiyiling. Ular o‘z yo‘lida ketaversin. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun ajoyib bir loyiha yo‘lingizdan chiqishi kutilmoqda. Bu loyiha sizga yaqin kelajakda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan miqdorda daromad keltirishi mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Kechqurun ayrimlar yoqimli xabar eshitishi ehtimolga yaqin. Xabar shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

16 avgust kuni bor iste’dodingizni qayta namoyish etishdan tiyiling. Aks holda hamkasblardan kimdir oyog‘ingizga bolta urish payiga tushib qolishi mumkin. O‘zingizga tanish bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Baribir bu ishlar siz ko‘zlagan foydani bermaydi. Muhabbatda aytarli o‘zgarishlar yo‘q. Faqat his-tuyg‘ularni jilovda ushlashni unutmasangiz bas. Surunkali xastalikka chalinganlar bugun atmosferada kuchli magnit bo‘ronlari boshlanganini yana bir karra yodga olib qo‘ysinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Anchadan beri dengiz, okeanlar sohilida paydo bo‘lib qolishni orzulardingiz. Baxtga qarshi hozircha bu orzuni tushingizdagina ko‘rishingiz mumkin. Moliyaviy masalada jamiki muvaffaqiyatlar sizniki. Faqat xato qilmasangiz, bo‘shashmasangiz va ikkilanavermasangiz, tavakkalchilikka yon berib qo‘ymasangizgina ular sizga vafo qilishi mumkin. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Bundan tashqari, kimdandir yoqimli xabar ham eshitasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

16 avgustda chayon burjida tug‘ilganlar nima xohlashi va nima bilan mashg‘ul bo‘lishini o‘zlari tanlaganlari ma’qul. Agar mavqeni oshirish niyatida bo‘lsangiz, u holda shaxsiy hayot masalasini ortga surib turishingiz kerak. Oila qurmagan bo‘lsangiz-u, muhabbatni qo‘msay boshlasangiz, ishdan voz kechib turishingizga to‘g‘ri keladi. Aslida og‘ir karvonga aylanib, ikkala ishni ham baravar olib borishga yetmaydi. Moddiy ahvolingiz tushdan keyin yaxshilanishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Muhabbatda ilgari bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatishingiz tavsiya etiladi. Tuzatmas ekansiz, ular urchiyveradi. Mabodo qizishib ketib nimalargadir ko‘proq pul sarflab qo‘ysangiz, afsus chekmang. Bugun moliya masalasida xursand bo‘ladigan kuningiz. Kechqurun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish qidirib ko‘ring. Bu ishda sizga internet yordam bera oladi. Salomatligingizga putur yetkazmaslik uchun terlab turib muzdek ichimlik ichishingiz yoki yelvizakda uxlab qolishingiz qat’iyan taqiqlanishi lozim.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

16 avgust kuni ter to‘kib ishlashingizga zarurat qolmaydi. Undan ko‘ra hech bo‘lmasa tushga qadar tabiat qo‘ynida dam olib qaytganingiz durust. Chunki bugungi kuningiz haddan tashqari faollik talab qilmaydi. Muhabbatda oilasizlar azaliy orzularidan biriga erishishi kutiladi. Hoynahoy, idealingizdagi insonni uchratsangiz kerak. U holda uchrashuv ketidan romantik lahzalarni kutavering. Ular sizdan qochib qutula olishmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kunning birinchi yarmida barcha zarur yumushlarni qoyillatib qo‘ying. Tushdan keyin dangasaligingiz tutib qolishi ehtimolga yaqin. U holda daromadsiz qolib ketishingiz tayin bo‘lib qoladi. Kunninng ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam olish uchun otlaning. 16 avgust kuni olis kelajak uchun rejalar tuzishdan saqlaning. Mavsumdan foydalanib, mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Organizmda zahira vitamin tursa zarar qilmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

16 avgustda o‘zingizga qattiq ishongan holda optimistlarcha ish boshlang. Busiz niyatlar vojib bo‘lmay qolishi mumkin. Har bir ishni bajarayotganda, albatta mavqe oshishi haqida o‘ylang. Moddiy manfaatdorlikka erishish uchun kun davomida huquqshunosdan maslahatlar olishingiz kerak bo‘ladi. Qarzlaringiz bo‘lsa, bugundan qoldirmay to‘lashingiz zarur. Oila qurmaganlarni kechqurun romantik uchrashuv kutib qoladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?