15:30 / 16.08.2018
7 542

Kimni sevishingizni bilasizmi? Ikkilanyapsizmi? Unda bilib oling

Kimni sevishingizni bilasizmi? Ikkilanyapsizmi? Unda bilib oling
SEVGI NIMA?

Siz kimni sevasiz?
Hozirok bilishni istaysizmi? Unda eslang, kimga ko‘prok rahmingiz keladi? Kimni o‘z himoyangizga olgingiz keladi? Kimni mahkam bag‘ringizga bosgingiz keladi? Kimni kulishini sog‘inasiz? Kimni ovozini eshitgingiz keladi? Kimdan xavotirlandingiz? Kimga yordam qo‘lini cho‘zgingiz keldi?
Ha! Siz uni sevasiz!

Sevgi sizga kuch bag‘ishlaydi.
Siz yanayam go‘zal bo‘lgingiz keladi, yanayam ishonchiga kirgingiz keladi, sizda yangi maqsadlar paydo bo‘ladi, g‘ayratingiz, mehringiz toshib ketadi.
Sevgingiz o‘zingizni o‘ylashdan kechib, boshqa bir insonni baxtli qilish yo‘lida harakat qilishga undaydi.

SEVGI — bu faqat hissiyot emas!
Sevgi bu rahmdillik yo‘lida harakatlar bajarish. Shu harakatlarni bajarishga paydo bo‘lgan kuch — bu sevgi kuchi, qalb kuchidir.
Ona bolasiga bo‘lgan rahmini unga xizmat qilib ko‘rsatadi. Boshliq xodimlarga bo‘lgan rahmini, ularga yaxshiliklar taqdim qilib ko‘rsatadi.
Siz kimnidir sevasizmi?
Demak, siz kuchlisiz. Sizga rahm qiladigan insonlar ko‘pmi? Demak, siz ko‘plarga rahm qilgansiz. Sizni sevishlarini istaysizmi? Unda o‘zingiz hoziroq kimdadir rahm tuyg‘usini paydo qiling.

SEVADI… Sevmaydi! Sevadi! Sevmaydi!
SIZNI SEVIShADIMI YoKI YO‘QMI BILIShNI ISTAYSIZMI?

Siz bir insonni sevib qoldingizmi? Yoki boshqa bir inson sizni sevadimi? Bu savolga aniq javobni bilishni o‘rgataymi?
Kimga rahm ko‘zi bilan qarayapsiz? Kimning og‘riqlarini o‘zingizniki qilmoqchisiz? O‘sha kimsa sizning qalbingiz egasidir. Sizning muammoyingizni yechish, siz uchun og‘rig‘ingizni olish — rahm qilish holatida bo‘lgan, sizni sevgan odamingizdir. Mana haqiqiy sevgi nima degani: uning g‘ami, sizning g‘amingizni yeyishdir. Agar bu narsani topolmasangiz oddiygina tashxis ko‘ying: Siz uni sevmaysiz!
U sizni sevmaydi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kimni sevishingizni bilasizmi? Ikkilanyapsizmi? Unda bilib oling